133
Ko’rsatish olmoshili qo’shma gaplarni sodda gaplarga aylantirish mumkin. M-n:
Shunisi aniqki, hamma darsga kelgan. – Hamma darsga kelganligi aniq.
5- topshiriq: Bosh gap tarkibidagi ko’rsatish olmoshini toping va ular qaysi gap
bo’lagi bo’lib kelayotganligini aniqlang.
1.Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan. 2.Shunga
ishonchim komilki, qasd qilganlar, albatta, past bo’ladi. 3.Shuni angladimki, inson
qobilyati cheksiz ekan. 4.Shunday ne’matlar borki, ularni pul birligida o’lchab
bo’lmaydi. 5.Odam borki, odamlarning naqshidir, Odam borki, hayvon andin
yaxshidir. 6.Esdan chiqarmaslik lozimki, aqlsizga so’z uqtirgandan ko’ra yelkada
tosh tashish afzal. 7.Baxtim shu bo’ldiki, seni uchratdim. 8.Shunisi quvonarliki,
sinfdagi o’quvchilarning hammasi bir-biri bilan juda ahil.
6.Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplar. Ergash gap tarkibida qo’llanuvchi
kim, nima, qancha, qanchalik, qanday kabi so’roq
olmoshlariva bosh gap
tarkibida unga javob bo’lib keluvchi
shu, o’sha, shuncha, shunchalik, shunday
kabi olmoshlar bir-biriga nisbatan qo’llanganligi, biri ikkinchisini talab qilganligi
uchun nisbiy so’zlar hisoblanadi.Bunday gaplarda ergash gaining kesimi shart
mayli shaklidagi fe’llar bilan ifodalanadi.M-n:
Kimning ko’ngli to’g’ri bo’lsa,
uning o’zi ham to’g’ri bo’ladi.
Nisbiy so’zli ergashgan qo’shma gaplarni ham sodda gaplarga aylantirish mumkin.
M-n:
Kim ko’p o’qisa, u ko’p biladi. – Ko’p o’qigan ko’p biladi.
6-topshiriq: Nisbiy so’zlarni toping va ularning gapdagi vazifasini aniqlang.
1.Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq o’shaniki bo’ladi. 2.Sen birodaringni
qanchalik yaxshi ko’rsang, Tangri ham seni shuncha yaxshi ko’radi. 3.Kim
birovga choh qazisa, o’zi yiqiladi. 4.Qayerda ish to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa,
o’sha yerda rivojlanish bo’ladi. 5.Kimning aqli ko’p bo’lsa, ayblari yashirin va
do’stlari ko’p bo’ladi. 6.Kimki shoshilmay, aql-u tadbir bilan ish tutsa, o’z
maqsadlariga oson erishadi.7.Bu Vatanni jon bilan saqlashga, Cho’lpon, hozir o’l,
Kimki qasd etsa anga, kiysin pushaymondin kafan!
Ergash gapli qo’shma gaplarning turlari
Ergash gapli qo’shma gaplarning quyidagi turlari bor:
1.Kesim ergashgapli qo’shma gap.
2.Ega ergash gapli qo’shma gap.
3. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap.
4. To’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap
5.Hol ergash gapli qo’shma gap.
1.Kesim ergash gapli qo’shma gap. Bosh gap tarkibidagi kesim vazifasida
qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash gapga kesim
ergash gap deyiladi.Kesim ergash gapli qo’shma gapimiz ko’rsatish
olmoshi yoki
nisbiy so’zli bo’lishi mumkin. M-n:1.
Baxtim shuki, hayotda o’z o’rnimni topdim
(ko’rsatish olmoshili). 2.
Kim g’olib chiqsa, yutuq o’shaniki (nisbiy so’zli)
2.Ega ergash gapli qo’shma gap. Bosh gap tarkibida ega vaifasida qo’llangan
ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab kelguvchi ergash gapga ega ergash gap
deyiladi. Ega ergash gapli qo’shma gapimiz ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli
134
bo’lishi mumkin. M-n: 1.
Shunisi aniqki, hamma baxtiyor (ko’rsatish olmoshili).
2.
Kim izlansa, u maqsadiga yetadi (nisbiy so’zli).
3.Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap. Bosh gap tarkibidagi aniqlovchi
vazifasida qo’llangan ko’rsatish olmoshining ma’nosini izohlab keluvchi ergash
gapga aniqlovchi ergash gap deyiladi. Aniqlovchi ergash gapli qo’shma gaplar
ko’rsatish olmoshili yoki nisbiy so’zli bo’lishi mumkin.M-n:1.
Shunday
Dostları ilə paylaş: