Bobur g`azallarida qofiya tizimi



Yüklə 31,92 Kb.
səhifə1/3
tarix22.05.2023
ölçüsü31,92 Kb.
#119505
  1   2   3
Bobur g`azallarida qofiya tizimi



Bobur g`azallarida qofiya tizimi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabiyoti universiteti o`zbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich 202-guruh talabasi Nurbadalova Bo`ritosh Begali qizi
+99893 423 00 25 (Tg);
buritosh.nurbadalova@gmail.com
O`zbek adabiyotida durdona asarlari bilan nom qoldirgan Javohirlal Neru so`zi bilan aytganda ,dilbar shaxs – Zahiriddin Muhammad Bobur – buyuk podshoh,mumtoz shoir,yirik adabiyotshunos olim bo`lgan.
Bobur Hindistonda 332 yil hukmronlik qilgan boburuiylar sulolasining asoschisi sifatida tarixda mashhur
Boburning lirik merosi va ilmiy asarlari yillar davomida o`zbek va jahon olimlari tomonidan o`rganib tadqiq qilib kelinmoqda.
Bobur ijodi bilan xorijiy olimlardan U.Erskin, S.M.Edvards, A.Bereviy, X.Bereviy, R.M.Kalkedot, Ch.Stori, E.Xolden, L.King, F.J.Talbot, D.Ross, J.Elfiniston, I.Mano, Z.Mansuriy, R.Sharma, A.Samaylovich;
O`zbek olimlaridan esa Abdurauf Fitrat, Begali Qosimov, Porso Shamsiyev, Vahob Rahmonov, Hamidulla Boltaboyev kabilar shug`ullanganlar.
O`zbek adabiyotida Oybek ,Pirimqul Qodirov, Xayriddin Sultonov, Xurshid Davron Boburga bag`ishlab roman, qissa va dostonlar yaratgan ijodkorlar hisoblanadi.
Boburning lirik merosi rang-barang. She`rlarining umumiy hajmi 400 dan ortiq.

Bobur ijodida g`azal, ruboiy, tuyuq, qit`a, fard, muammo, masnaviy kabi janrlar yetakchi.


Boburning qofiyadan foydalanish mahoratini g`azallari misolida ko`rib chiqamiz.
Qofiya deganda misralar oxiridagi qo`shimcha, so`z va so`z qo`shilmalarining o`zaro ohangdosh bo`lib kelishini tushunamiz. Qofiya shoirning mahoratini ko`rsatuvchi, she`rning yoqimli ohagini, o`qishliligini belgilab beruvchi unsur hisoblanadi.
Qofiya tuzilishiga ko`ra mutlaq qofiya va muqayyad qofiya kabi turlarga bo`linadi. Agar mumtoz qofiya raviy bilan tugasa,muqayyad, raviydan so`ng tovushlar davom etsa,mutlaq turiga mansub bo`ladi.
Bobur g`azallarining 60% ga yaqin qismini mutlaq qofiya, 40% ini esa muqayyad qofiya tashkil qiladi.
Mutlaq qofiyaning go`zal namunasi sifatida “Chun falak qo`ymas meni...”, “Hajr o'lturdi meni..”,”Yo qoshing yanglig'...”,”Ne xush bo'lg'ayki...”,”Ne vafo umrimda...” deb boshlanuvchi va “Arzimas”,”Topilmas”,”Dey” radifli g'azallarini keltirib o'tishimiz mumkin.
Masalan:

Ne xush bo'lg'ayki,bir kun uyquliq baxtimni uyg'otsam,


Kechalari tori mo'yidek beliga chirmashib yotsam.

Ushbu baytda “uyg'otsam”, ”yotsam”so'zlari qofiyani yuzaga keltirgan. Bunda raviy “t” undoshi hisoblanadi. Qofiya raviy bilan tugamaganligi uchun ham ushbu baytdagi qofiyalarni mutlaq qofiyaga mansub deb qaraymiz.


Muqayyad qofiyaning namunasi sifatida esa “Yana ko'z uyida ma'vo qilibsen...”, “G'urbatda ul oy...” deb boshlanuvchi va “Berur”, “Mushkuldir”, “Topilmas” kabi radifli g'azallarini keltirib o'tishimiz mumkin.

Agarchi sensizin sabr aylamak ,ey yor ,mushkildir,


Sening birla chiqishmoqlik dag'i bisyor mushkildur.
Bu baytda esa “yor” va “bisyor” so'zlari o'zaro qofiyadosh bo'lib kelgan. Baytda “r” tovushi raviy hisoblanadi. Qofiya raviy undoshi bilan tugaganligi uchun muqayyad turiga mansub.
Qofiyaning o'zak tarkibiga ko'ra esa 4 turi farqlanadi.

Yüklə 31,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin