Bo’g’in va uning turlari O‘pkadan chiqayotgan havo to‘lqiniga bir zarb berish bilan aytiladigan tovush yoki tovushlar yig‘indisi bo‘g’in deyiladi: ki-tob-lar, o-i-la. Unli tovush bilan tugagan bo‘g’in ochiq, undosh bilan tugagan bo‘g’in yopiq bo‘g’in deyiladi. Yopiq bo‘g’in: daf-tar, gul-don. Ochiq bo‘g’in: o-i-la, to-la. Har bir bo‘g’in tarkibida unli tovush bo‘lishi shart, demak, so‘z tarkibida nechta unli tovush bo‘lsa, shuncha bo‘g’in bo‘ladi. Bo‘g’in tarkibida undoshlar qatnashmasligi ham mumkin: u-ka, o-na. O‘zbek tilida quyidagi bo‘g’in shakllari mavjud: bir undoshli: ot, bu; ikki undoshli: ost, non; uch undoshli: to‘rt, shart; to‘rt undoshli: sport, start. Bo`g`in tiplari. - O`zbek tilida bo`g`inlarning quyidagi tiplari mavjud:
- Bir unlidan iborat bo`g`in: Chizmasi V (V lotincha «vokalis» unli, S «consonant» undosh degan ma`noni bildiradi) o-na,
- Bir unli bir undoshdan iborat bo`g`in: SV yoki VS ol-ma…
- Bir unli ikki undoshdan iborat bo`g`in: SVS, VSS, SSV suv-lar, ayt, erk, ilm, ost, sta-kan, pre-zi-dent…
- Bir unli uch undoshdan iborat bo`g`in: SVSS, SSVS stol, stul, fikr, hukm, qasr….
- Bir unli to`rt undoshdan iborat bo`g`in: SSVSS, SVSSS, VSSSS – punkt, trans-port, tekst, front, ernst…
- Aytib o`tish kerakki, sanalgan bo`g`in tiplaridan V, SV, VS, SVS largina o`zbekcha so`zlar tarkibida uchraydi. Qolganlari tilimizda qo`llanadigan o`zlashma so`zlar tarkibida kuzatiladi.
Bo`g`inning ahamiyati. - O`zbek tilida bo`g`in muhim ahamiyat kasb etadi. Uning ahamiyati savod chiqarishda, she`riyat o`lchovlarini tartibga solishda, satrga sig`may qolgan so`z qismlarini so`nggi satrga ko`chirishda ko`rinadi.
Bo‘g’inning amaliy ahamiyati Bo‘g’inning amaliy ahamiyati quyidagilarda namoyon bo‘ladi: 1) yozuvda bir satrga sig‘may qolgan so‘z keyingi qatorga bo‘g’in asosida ko‘chiriladi; 2) birinchi sinf o‘quvchilarini o‘qish va yozishga o‘rgatish bo‘g’in asosida amalga oshiriladi; 3) she’riy misralarda bo‘g’inlar soni teng bo‘ladi. Urg‘u va uning turlari So‘z bo‘g’inlaridagi unli tovushlardan birining yoki gap tarkibidagi ayrim so‘zning boshqalariga nisbatan kuchliroq ovoz bilan aytilishi urg‘u deyiladi. Urg‘u yozuvda (‘) belgisi bilan ifodalanadi: bola, paxta, yumshoq. So‘zning urg‘u tushgan bo‘g’ini urg‘uli bo‘g’in, qolganlari urg‘usiz bo‘g’in deyiladi. Urg‘u ikki xil bo‘ladi: So‘z urg‘usi so‘z tarkibidagi ayrim unli tovushning kuchliroq aytilishidir: qalam – qalamdon – qalamdonda. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi, asosan, so‘zning oxirgi bo‘g’iniga tushadi. So‘zlarga qo‘shimcha qo‘shila borishi bilan urg‘u ham ko‘cha boradi: g‘alla, g‘allakor, g‘allakorlar, g‘allakorlarga. O‘zbek tilida so‘z urg‘usi birinchi va o‘rta bo‘g’inlarga tushadigan so‘zlar ham bor: hamma, kimdir, albatta, afsuski, hatto kabi. Urg‘usi turli bo‘g’inga tushadigan ko‘p so‘zlar tilimizga kirib, o‘zlashmoqda: ruchka, gazeta, matematika, respublika va boshqalar. Urg`u so`z oxiriga tushmaydigan holatlar. - O`zbek tilida urg`u, yuqorida aytilganidek, so`zning oxirgi bo`g`iniga tushadi. Ammo tilimizda urg`u oxirgi bo`g`inga tushmaydigan so`zlar ham uchraydi. Ayrim qo`shimchalar borki, urg`u qabul qilmagani bois, urg`u oldingi bo`g`inlarga tushishi ham mumkin. Bu bilan bog`liq quyidagi holatlarni qayd etish mumkin:
- Aslida o`zlashma bo`lib, bugungi kunda tilimizga nihoyatda o`zlashib ketgan quyidagi so`zlarda: ammo, lekin, albatta, afsuski, chunki, hamma, hozir, barcha….
- Ayrim olmoshlarda: har bir, har qaysi, kimdir, qancha, qani, allakim….
- Alohida ohang bilan aytilgan buyruq fe`llari, ayrim sonlarda: gapir, o`tir, o`yna, yuring, olti, sakson…
- Qo`shma sonlarda: o`n bir, yigirma uch…
- Takroriy so`zlarda: katta-katta, issiq-issiq…
Urg`u quyidagi belgilariga ko`ra tasnif qilinadi: - Erkin urg`u va bog`liq urg`u
- Dinamik urg`u va musiqaviy urg`u
- So`z bo`g`inlaridan bo`g`inlarga ko`chib uning ma`nolarini farqlash uchun xizmat qiladigan urg`u erkin urg`u deyiladi: hozir – ravish, hozir – sifat, yangi – ravish, yangi – sifat, yozma – fe`l, yozma – sifat.
- So`zning oxirgi bo`g`iniga tushadigan urg`u bog`liq urg`u deyiladi.
- Іavo oqimining kuchi bilan ifodalangan urg`u dinamik urg`u deyiladi. O`zbek, rus, tojik tillarida urg`u dinamik xarakterli bo`lib, urg`uli bo`g`in kuchli talaffuz qilinadi.
- Ton, ohangning bir xil chiqishi bilan ifodalangan urg`u musiqiy urg`u deyiladi. Xitoy, yapon, serb, litva tillarida urg`u musiqiy xarakterli bo`lib, urg`uli bo`g`in baland ohang bilan aytiladi.
O‘zlashma so‘zlardagi urg‘u O‘zlashma so‘zlardagi urg‘u tushgan o unlisi aniq talaffuz qilinadi: futbol, volleybol. Motor, fontan, vodoprovod kabi so‘zlarning urg‘usiz bo‘g’inidagi o unlisi a tovushiga yaqin talaffuz qilinadi. Traktor, doktor kabi so‘zlardan so‘z oxiridagi urg‘usiz o unlisi i unlisiga yaqin talaffuz qilinadi: traktir, doktir. Urg‘u so‘z ma’nolarini farqlash uchun ham xizmat qiladi: olma (meva) – olma (harakat), yangi (sifat) – yangi (ravish), qishloqcha (ot) – qishloqcha (ravish). Gap (mantiqiy, logik, ma’no) urg‘usi gap tarkibidagi ayrim so‘zlarning kuchliroq aytilishidir; urg‘u olgan so‘z har doim kesim yonida joylashadi: Bugun maktabga bordim. Maktabga bugun bordim. E’tiboringiz uchun rahmat
Dostları ilə paylaş: |