Xalmatova b. T. Boboyeva u. R



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/30
tarix23.02.2017
ölçüsü5,01 Kb.
#9547
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30

 
 
DAMINOV T.A.,   
XALMATOVA B.T. 
BOBOYEVA U.R.
Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun 
o'quv adabiyoti 
BOLALAR    
KASALLIKLARI 
     
 
Toshkent – 2012 
 

 


 

Tibbiyot Oliy o'quv yurtlari uchun o'quv 
adabiyoti 
 
 
DAMINOV T.A.,   
XALMATOVA B.T. 
BOBOYEVA U.R. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
BOLALAR    
KASALLIKLARI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2012 y 
 
 
 

 

O'ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  SOG'LIQNI  SAQLASh VAZIRLIGI 
TIBBIY  TAЪLIMNI   RIVOJLANTIRISh  MARKAZI 
TOShKENT   TIBBIYoT  AKADEMIYaSI 
 
 
        "TASDIQLAYMAN"                                       "KELIShILGAN" 
O'zR SSV Fan va o'quv muassasalari                   O'zR SSV tibbiy ta'limni              
Bosh boshqarmasi Boshlig'i                                 rivojlantirish markazi direktori 
prof. Ataxanov Sh.E.                                            Yusupova M.S. 
_______________________                          ___________________________ 
 
"___" ________________ 2009 y                 "___" ___________________2009 y 
 
Bayonnoma № ______                                     Bayonnoma № ______ 
 
 
 
 
 
 
BOLALAR  KASALLIKLARI 
 
 
Tibbiyot institutlarining davolash, tibbiy-pedagogika, stomatologiya va tibbiy-
profilaktika fakultetlari 4-5 kurs talabalari uchun darslik 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2012y 
 
 

 

Tuzuvchilar: 
 
1.Daminov  T.A.  -  Toshkent  Tibbiyot  Akademiyasi  "Infeksion  kasalliklar  va 
pediatriya" kaf. mudiri, O’zR FA akademigi, t.f.d, professor   
 
2.Xalmatova  B.T.  -    Toshkent  Tibbiyot  Akademiyasi  "Infeksion  kasalliklar  va 
pediatriya" kaf. professori, t.f.d. 
 
3.  Boboyeva  U.R.  -  Toshkent  Tibbiyot  Akademiyasi  "Infeksion  kasalliklar  va 
pediatriya" kaf. assistenti, t.f.n. 
 
 
Taqrizchilar: 
 
1.  Karimdjanov  I.A.  -  Toshkent  Tibbiyot  Akademiyasi  "UASh  pediatriya"    kaf. 
mudiri, t.f.d, professor,. 
 
2.  Axmedova  D.I.  -  Toshkent  Pediatriya  Medisina  instituti  "Neonatologiya"  kaf. 
professori, t.f.d., professor   
 
 
 
"Bolalar kasalliklari" darsligi tibbiyot institutlarining davolash, tibbiy-pedagogika, 
stomatologiya va tibbiy profilaktika fakultetlari talabalari  uchun mo’ljallangan  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

MUNDARIJA 
 
 1 qism. Bolalar kasalliklari propedevtikasi 
Pediatriyaga kirish....……………………………………………………………….6 
Pediatriya bo'yicha qisqacha tarixiy ma'lumotlar..…………………………………6 
Bolalik davrlari.................………………………………………………………. .11 
Pediatriyada tibbiy etika va deontologiya xususiyatlari........……………………..21 
Bolalarni klinik tekshirish.......................................................................................29 
Umumiy ko'rik. . Tana tuzilishi...…………………………....................................30 
Jismoniy rivojlanish. Antropometriya...………………………………..................34 
Jinsiy rivojlanish…………………………………………………………………..37 
Bolalarda asab sistemasining xususiyatlari..……………………………………...39 
Sezgi organlari…………………………………………………………………….46 
Bola terisining anatomo-fiziologik xususiyatlari. O'zgarishlar semiotikasi............47 
Suyak-mushak sistemasining anatomo-fiziologik xususiyatlari.  
O'zgarishlar semiotikasi ..……………………………………………………… ..51 
Nafas olish a'zolarining anatomo-fiziologik xususiyatlari. 
Zararlanish semiotikasi va tekshirish usullari…………………………………….54 
Homila va chaqaloqlarning  qon aylanish sistemasi. Zararlanish semiotikasi va  
Yurak-tomir sistemasini tekshirish usullari...........................…………………….67 
Hazm qilish sistemasi. Zararlanish semiptomlari va tekshirish usullari....……….73 
Bolalarda siydik hosil qilish va chiqarish a'zolarining xususiyatlari......................92 
Sog'lom bolalarda qon yaratish sistemasini tekshirish xususiyatlari...……….…..99 
Bolalarni rasional ovqatlantirish prinsiplari.…………………………………….103 
 
2 qism. Xususiy patologiya  
Bolalarda ovqatlanishning buzilishi......................................................................118 
Konstitusiya anomaliyalari.......………………………………………………… 126 
Raxit……………………………………………………………………………..131 
Spazmofiliya……………………………………………………………………..137 
Bronxitlar………………………………………………………………………...140 
Pnevmoniyalar..……………………………………………………………….....146 
Bronxial astma........……………………………………………………………...158 
Norevmatik karditlar.......………………………………………………………..168 
Kardiomiopatiyalar...……………………………………………………….........179 
Infeksion endokardit.......………………………………………………………...181 
Yurak tug'ma nuqsonlari......……………………………………………………..183 
Revmatik isitma..............………………………………………………………...188 
Orttirilgan yurak nuqsonlari……………………………………………………..201 
Bolalarda aritmiyalar..……………………………………………………...........205 
Yuvenil revmatoid artrit…...............…………………………………………….208 
Gastritlar, gastroduodenitlar..……………………………………………………211 
Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligi...........……………………..218 
Surunkali nospesifik enterokolit.............………………………………………...224 
O't yo'llari diskineziyasi.................……………………………………………...226 

 

Surunkali virusli gepatitlar.....………………………………………...................229 
Jigar sirrozi...…………………………………………………………………….238 
Siydik chiqarish yo'llari infeksiyasi...…………………………………………....239 
Sistit……………………………………………………………………………...243 
O'tkir glomerulonefrit......………………………………………………………..245 
Surunkali glomerulonefrit....…………………………………………………….247 
O'tkir pielonefrit..………………………………………………………………..249 
Surunkali pielonefrit........………………………………………………………..251 
O'tkir buyrak yetishmovchiligi......……………………………………………....253 
Surunkali buyrak yetishmovchiligi........…………………………………………255 
Temir tanqisligi anemiyasi..……………………………………………………..257 
Folievotanqislik anemiyasi.....…………………………………………………...260 
Testlar……………………………………………………………………………262 
Holatiy masalalar………………………………………………………………...277 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

KIRISh 
Pediatriya    yunoncha  "pedos"  -  bola,  "uatriya"  -  davolash  so'zlaridan  kelib 
chiqqan  bo'lib,  bolalarning    rivojlanish    qonuniyatlarini,  kasalliklarning  sabablari 
va  mexanizmi,  davolash  va  oldini  olishni  o'rganadi.  Katta  odamlardagi  ko'p 
kasalliklarning  kelib  chiqishi  go'daklik  yoshiga  borib  taqaladi.  Shuning  uchun, 
bolalik  davri,  rivojlanish  sharoiti  va  bola  tarbiyasi  qanday  o'tgan  bo'lsa,  katta 
odamning sog'ligi holati xuddi    shunday bo’ladi.  
  
Pediatriya  bolaning  o'sish  va  rivojlanish  davrlarini,  bola  hayotining  har  bir 
yosh bosqichlariga xos alohida morfologik, fiziologik va psixologik o'zgarishlarni 
o'rgatadi. Shu sababli bolaning klinik anatomiyasi to'g'risidagi bilimlar o'z vaqtida 
tekshirish  usullarini    o'tkazish  va  olingan  natijalarni  baholashga  asos  bo’ladi. 
Bundan tashqari, asosiy  anatomo-fiziologik xususiyatlarni hisobga olish, bolaning 
kun tartibi va hayot muhitini aniq  tashkillashtirishga asos bo’ladi. Pediatr bola va 
uning  ota  -  onasi  bilan    doimiy  muloqotda  bo’ladi.  Bolalar  shifokori  yaxshi 
psixolog  va  pedagog  bo'lishi    kerak.  Bu    unga  ota  -  ona  va  bemor  oldida  o'z 
obro'sini ko'tarishga yordam beradi, natijada  bolani  tezroq tuzalishiga  olib keladi.  
Bola  organizmi  nozik  bo’ladi,  shuning  uchun  bolani  parvarishlash  tartibi 
buzilsa,  bola  tez-tez  kasallanadi.  Bola  injiq,  yig'loqi  bo'lib  qoladi,  sizga 
ko'rinishdan bosh tortadi. Ammo siz bolani chuqur ko'rikdan o'tkazishingiz, to'g'ri 
tashhis qo'yishingiz va davolashingiz shart.  
Bola  organizmi  kattalarnikidan  o'zining  yoshiga  xos  anatomo  -  fiziologik 
xususiyatlari  bilan  yaqqol  farq  qiladi.  Bolalar  kasalliklari    propedevtikasi 
pediatriyaning asosi hisoblanadi. 
Bolalar kasalliklari propedevtikasida quyidagilar o'rganiladi:  
1.  Bolalarning  yoshiga  xos  anatomo  -  fiziologik  xususiyatlari  va  parvarishlash 
tartibi.  
2. Bolani ko’rish va anamnez yig'ish.  
3. Kasal bolalarning umumiy semiotikasi.  
4. Sog'lom bolalarning yoshiga qarab, ovqatlantirish texnikasi, sog'lom bola uchun 
ovqat tayyo’rlash va parez tuzish.  
 
PEDIATRIYaNING QISQAChA TARIXI 
 Bola  haqidagi    ilmlarni  o'rganish  bizning    eramizdan  oldingi    IV-  asrlarga 
borib  taqaladi  va    tabobat  ilmining  otasi  Gippokratning  "Bola  tabiati  hakida" 
yozgan kitobi vaqtlariga  to'g'ri  keladi. Gippokratdan keyin, bolaning parvarishi va 
tarbiyasi haqida  Sels, Galen va  Soran  ma'lumot qoldirishgan. 
 O'rta  asrlarda  Sharq  davlatlarida  ijtimoiy  madaniyat  munosabatlarini  
hisobga olib, bir  qancha yangiliklar  barpo  etilgan, tabobat  oldinga  siljigan.  
1066  yilda  Bog'dod,  Damashq,  Astrabod,  Xamadon,  Buxoro,  Samarqandda 
kasalxonalar  tashkil  qilingan.  Samarqandda  "Tabobat  ilm  maskani"  madrasasi 
ochilgan.  Tabobat  bilan  shug'ullangan,  taniqli  olimlar  fanni  yoritishga  o'zlarini 
bilimlarini  olib  kirganlar.  
Roziy Abu Bakir Muhammad ibn Zakariyo ibn Yaxyo Ar Roziy (865 - 925) 
 sharqning  qomusiy olimi, tabobat bilan shug'ullangan, kimyo, falsafa fanlarining  
rivojlanishiga  asos  solgan. Ovro'pada Roziy nomi bilan tanilgan olim bo'lgan.  

 

Roziy    Eronda  tug'ilgan,  u  yerda  tibbiy  shifoxonaga  rahbarlik  hilgan.  Bu 
kasalxonada birinchi bo'lib "Kasallik tarixi" tashkil etgan. Uning 36 ta tibbiy asari 
bizgacha  yetib  kelgan.  O'sha  vaqtlarda  uning  chaqaloqlarni,  go'dak  yoshdagi 
bolalarni  ovqatlantirish  va  parvarishlash  haqida  bir  nechta  asarlari  yozilgan. 
Roziyning "Bola  tarbiyasi haqida" va "Bolalar kasalliklari" asarlari ko'pgina xorij 
tillariga    tarjima    qilingan.  Bu    asarlar    Sharq  va  garb  tibbiyoti  uchun    ilmiy 
qo'llanma  bo'lib  hisoblangan.  
Abu  Ali  Ibn  Sino  (980-1037)  -  sharqning  ulug'  qomusiy  olimi,  Ovro'pada 
Avisenna  nomi  bilan  mashhur  olim.  Abu  Ali  Ibn  Sino  ham  pediatriyaning 
asoschilaridan  biri  hisoblanadi. O'sha vaqtlarda Ibn Sino bola organizmi faqatgina 
xajmi  bilan emas, balki o’zining xususiyatlari bilan ham farqlanishini ta'kidlagan. 
Ibn  Sino  ko'pgina  asarlar  yozgan,  bu  asarlarida  bola  tarbiyasi, parvarishi, sutning 
xususiyatlari  haqida ta'kidlagan, shuningdek  ko'pgina bolalar kasalliklari va ularni 
davolashni  organgan,    bu  bilan  u  tibbiyot  rivojlanish    tarixiga  o'z  xissasini  olib 
kirgan. Roziy va Ibn Sino davrlarida  va undan keyin tabiblar bolalar kasalliklarini  
va bu  kasalliklar  yechimini  topish  vazifalarini  o'rganishgan.  
Solix  Ibn  Muhammad  Hondaxoniy  -  Xirotda  tug'ilgan.  Buxoroda  tabobat 
bilan  shug'ullangan.  U  o'z  asarlarida  "Tuxvat  al  Shoista"  (Muvofiq  sovg'a)  va 
"Tuxvat  al    Ma'lumiy"  (Gunohsizlarga  sovg'a)  asarlarida  bola  organizmi 
xususiyatlari  haqida to'liq xarakteristika bergan.  
1994  yilda  A.A.Qodirov    o'z  fikrlarini  bayon  etganda,  tabib  Solix  ibn 
Muhammad Hondaxoriy birinchi pediatr bo'lgan deb  ta'kidlagan. Xorazmlik tabib 
Jafar  xo'ja  Xazaraspiy    "Tabobat  ilmlarining  to'plamasi"  kitobida  yuqumli 
kasalliklar, aynan qizilcha kasalligi  haqidagi  savollarga to'xtalgan. Pediatriya juda 
yosh fan va  uning  boshlanishi,  
XIX  asr  ortalariga  to'g'ri  keladi.  Parijda  birinchi  bo'lib,  1802  yilda  bolalar 
kasalxonasi  ochilgan.  Keyinchalik  shunga  o'xshash  tibbiyot  muassasalari 
Olmoniya, Vena, Berlinda ochilgan. 
XIX  asrning  ikkinchi  yarimlarida  shunga  o'xshash  pediatriya  davolash 
markazlari Amerikada, Angliya, Italiya, Shvetsiya va Skandinaviyada ochilgan.  
XIX  asr  o'rtalarigacha  Rossiyada  va  boshqa  xorij  davlatlarida,  tibbiyot 
oliygohlari  talabalari  akusherlik predmetini organish bilan birga, chaqaloq bola va 
bir yoshgacha bo'lgan  bola tarbiyasi  haqida o'rganishgan.  
1831 - 1847 yillarda akusher - ginekolog Stepan Fomich Xatovisskiy tibbiy - 
xirurgiya  akademiyasi    talabalariga    pediatriya  to'liq  kursi  bo'yicha  ma'ruza 
o'qigan.  
1847  yilda  Rossiyada  S.F.Xatovisskiy  birinchi  bo'lib,  "Pediatriya"  bo'yicha 
original o'quv qo'llanma chiqargan, shuning uchun u birinchi rus pediatri  
hisoblanadi.  
XIX  asrning  oxiri  XX  asr  boshlarida  Rossiyada  pediatriyaning  rivojlanish      
davri                boshlandi.    Uning  rivojida  F.N.Filatov  va  N.P.  Gundobin  katta  xissa 
qo'shdilar.  
N.F.Filatov  (1847  -  1902)  1891  yildan  umrining  oxirigacha  Moskva 
Universitetida "Bolalar kasallik"lari kafedrasida professor bo'lib ishlagan.  

 

N.F.Filatov    yetakchi  olim  va  juda  yaxshi  klinisist  bo'lgan.  U  birinchi  bo'lib, 
qizamiq, qizilcha, skarlatina,  infeksion  mononukleoz simptomlarini aniqlagan.  
Peterburg harbiy tibbiyot akademiyasi professori  
Nikolay  Petrovich  Gundobin  (1860  -  1908)  o'zining  shogirdlari  bilan  bola 
organizmining  anatomo  -  fiziologik  xususiyatlarini  yoshga  mosligini  qisqa  vaqt 
ichida o'rganib chiqgan. U 112ta  ilmiy asarlar yozgan.  
 
O'ZBEKISTONDA   PEDIATRIYaNING   RIVOJLANIShI 
XIX  asr  oxiri,  XX  asr  boshlarida  O'rta  Osiyo  aholisiga  tibbiy  xizmat 
ko'rsatish,  ayniqsa  ayolllar  va  bolalarga,  eng  past  darajada  bo'lgan.  XIX  asr  oxiri 
butun  Turkiston  bo'ylab    faqatgina  8  ta  ayollar  va  bolalar  ambulatoriyasi,  5  ta 
bolalar  uyi  va  2ta  yasli  mavjud  edi.  Asosan  shahar  aholisiga  tibbiy  xizmat 
ko'rsatilgan.  Bolalar  kontingenti  o'rtasida  eng  ko'p  uchragan  kasalliklar:  bezgak, 
o'lat, chin chechak va qutirish bo'lgan.  
Erta  yoshdagi  bolalarda  quyidagi  kasalliklar  ko'p  uchragan  -  ovqat  hazm 
qilish  tizimi,  nafas    olish  a'zolari  kasalliklari,  leyshmanioz,  skarlatina  va  ko'k 
yo'tal.  Bolalar  bir  yil  ichida  bir  necha  marta  kasallanganlar,  1000ta  tug'ilgan 
bolalardan  400-330tasi  bir  yoshgacha  nobud  bo'lgan,  yarmisi  4  yoshgacha  ham 
yashamagan.  
1920  yilda  Turkiston  komissiariati  qoshida  respublikamizda  Sog'liqni 
saqlashda    "Ona  va  bolani"  muxofaza  qilish  bo'limi  ochilgan,  uning  vazifalariga 
davolash  va  profilaktik    xizmat  kirgan.  1922  yilda  Toshkentda  100  o'ringa 
moljallangan  Roza  Lyuksemburg  nomli  kasalxona    va  2ta  bolalar  maslahatxonasi 
ochilgan.  
   
 Bu  vaqtlarda  nafaqat  aholini  sog'ligini  saqlash,  balki  birinchi  navbatda 
bolalar  aholisi  sog'ligini    saqlashga    ham  katta  e'tibor    berilgan.  Uning  natijasida 
tibbiyot  kadrlariga  -  shifokor  -  pediatrlarga  talab  oshgan.  1920  yilda  Toshkentda 
birinchi  bolib,  Turkiston  Davlat  Universitetida    Birinchi  O'rta    Osiyo  medisina 
fakulteti  ochilgan.  O'shandan  boshlab,  Respublikamiz    o'z  medisina  kadrlarini 
tayyorlay boshlagan.  
1920  yilda  Toshkent  Medisina  institutida  birinchi  bolalar  kasalliklari 
kafedrasi MDU dosenti A.N.Ustinov tomonidan tashkil qilingan va 1922 yilgacha 
u rahbarlik hilgan.  
1922  yildan  1924  yilgacha  kafedraga  Vasiliy  Ivanovich  Lisenko  (1885  - 
1946 yil)  tibbiyot fanlari doktori, professor rahbar bo'lgan.  
1927  -  1930  yil  kafedraga  Nikolay  Ivanovich  Osinovckiy  -  t.f.d.  professor 
rahbarlik  hilgan.  Uning  asosiy  ishlari  singa,  skarlatina,  serebro  -  spinal  meningit, 
oshqozon - ichak tizimi kasalliklari klinikasi va diagnostikasiga qaratilgan.  
1930 - 1960 yillarda kafedraga R.S. Gershenovich rahbarlik hilgan. 1935 
yilda  talabalar  sonining  ko'payishi  sanitariya  -  gigiena,  davolash  fakultetlarida 
bolalar  kasalliklar  kafedrasini  alohida  tuzishga  ehtiyoj  tug'dirgan.  1935  -  1966 
yillarda bu kafedrani K.G.Titov boshqargan. 
1966  -  1967  yil  va  1975  -  1990  yillarda  M.A.Mirzamuxamedov,  1968  - 
1972  yillarda    O.S.  Maxmudov  raxbarlik  hilgan,  1972  -  1975  yillarda  kafedra 
mudiri  vazifasini  dosent  Yeleskaya  Valentina  Pavlovna  bajargan.  Bu  vaqtda 

 
10 
ToshDavTI  klinikasi  bolalar  bo'limi  qoshida  yangidan  sanitariya  -  gigiena  va 
stomatologiya  fakultetlari  uchun  bolalar  kasalliklari  kafedrasi  tuzilgan,  unga  
professor M.R.Nuriddinov raxbarlik hilgan.  
1931  yilda  Turkiston  Davlat  universiteti  qoshidagi  medisina  fakulteti  O'rta 
Osiyo  medisina    o'quv  dargohiga  aylantirilgan,  u  erda  "Ona  va  bola"  sog'lig'ini 
muhofaza qilish fakulteti ochilgan. 1935 yilda u  pediatriya fakulteti nomini olgan, 
bu vaqtda  mamlakat  medisina kadrlarini kerakligini  his  hilgan. 1945 yil sentyabr 
oyida  pediatriya  kafedrasi asosida uchta  kafedra  ochilgan. Bu bolalar kasalliklari  
propedevtikasi,  fakultativ    pediatriya  va  gospital  pediatriya  kafedralari.  Bu 
talabalar sonini ko'payishiga olib kelgan. 1963 yilda Samarqand medisina instituti, 
1965  yilda  esa  Andijon  medisina  institutida  pediatriya  fakultetlari  ochilgan. 
O'zbekiston  respublikasi shifokor - pediatrlarni tayyo’rlashga muhtoj edi.  
 
O'zbekistonda pediatriyaning rivojiga xissa qo'shgan olimlar: 
1. Rafail  Samuilovich Gershenovich (1888 - 1960) t.f.d. professor xizmat 
ko'rsatgan fan arbobi, Berlin va Parij pediatrlar jamiyatining a'zosi. U 1907  
yilda  Parij  universiteti  medisina  fakultetini    tugatgan.  150ta  ilmiy  ishlar  muallifi, 
ovqat  -  hazm  qilish  tizimi  kasalliklari,  pellagra,  bolalar  sili,  leyshmanioz,  qon 
kasalliklarini tashhislash va davolashini o'rgangan. 
2. Konstantin Gerasimovich Titov (1898 - 1970 yil) t.f.d. professor, xizmat 
ko'rsatgan fan arbobi. 65 ta ilmiy ishlar muallifi, ilmiy ishlari bolalardagi o'pka va 
qon kasalliklarini o'rganishga bahishlangan.  
3.  Mannop  Atamatovich  Mirzamuxamedov  (1920  -  2002  yil)  -  t.f.d. 
professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan shifokor. 150dan ortiq ilmiy ishlar  
muallifi, ilmiy ishlari ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari tashhisoti va davosiga 
bag'ishlangan.  
4.  Aziz  Maqsudovich  Maqsudov  (1907  -  1959  yil)  dosent,  1945  yildan 
boshlab,  ToshTI,  pediatriya  kafedrasini  boshqargan  va  1947  yildan  boshlab 
respublikada  bosh  pediatr  bo'lgan.  Uning  ilmiy  izlanishi  ko'p  qirrali  va 
medisinaning    quyidagi  bo'limlarini  o'z  ichiga  olgan:  oshqozon  kasalliklari, 
leyshmanioz, podagra, toksik kasalliklarni geliotrop bilan davolash.  
5.  B.U.  Qoraxo'jaev.  SamMI  bolalar  kasalliklari  kafedrasi  mudiri.  1950  - 
1954, 1987 - 1977 yillarda uning rahbarligida malyariya, leyshmanioz, revmatizm, 
go'dak  yoshidagi  bolalarda  moddalar  almashinuvi  va  uning  surunkali  buzilishi 
kasalliklariga qarshi kurash olib borilgan. U nafaqat pediatr, balki olim bo'lgan.  
6.  Sayfiddin  Shamsievich  Shamsiev    (1914  -  1995)  fanlar  akademiyasi 
korrespondent a'zosi, professor. 1951-1972 yillarda ToshMI, keyin ToshPMI  
bolalar kasalliklar kafedrasi, 1973 yildan to umrining oxirgacha bolalar kasalliklari 
propedevtikasi  kafedrasida  rahbarlik  hilgan.  1984  yildan  professor  bo'lgan.  U 
respublikada  pediatriyaning  rivojiga  va  bolalar  sog'liqini  saqlashga  katta  hissa 
shgan.  Medisina  kadrlari  va  ilmiy  shogirdlar  tayyo’rlash  bilan  shug'ullangan. 
150tadan  ortiq  ilmiy  qo'lyozmalari  mavjud.  Olim  tomonidan  quyidagi  kitoblar 
yozilgan. 
"Bolalar 
klinik 
elektrokardiografiyasi", 
"Bolalar 
klinik 
fonokardiografiyasi",    "Bolalarda  o'tkir  pnevmoniyalar",  "Uchastka  pediatrlari 

 
11 
uchun  qo'llanma".  Uning  rahbarligida 10dan  ortiq  tibbiyot  fanlari  doktori  va  40ta 
tibbiyot fanlari nomzodi chiqarilgan. 
7.  Salomat  Nazarovna  Yo'ldosheva  (1913  -  1988yy).  O'zbek  xalqidan 
chiqgan  birinchi  professor    ayol.  1960  -  1972  yillarda  ToshMI,  1972  yil  SamPI 
fakultativ  pediatriya  kafedrasiga  rahbarlik  hilgan. S.N.Yo'ldosheva  o'z shogirdlari  
bilan "Bolalarda revmatizm" kasalligi muammosi bilan shug'ullangan.  
8.  Orxon  Sirojiddinovich  Maxmudov  (1927  yilda  tug'ilgan),  tibbiyot 
fanlari doktori professor, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi, Abu Rayhon 
Beruniy nomli Davlat mukofoti laureati. 300 tadan ortiq ilmiy ishlar rahbari, ilmiy 
ishlari  bolalardagi  yuqumli  kasalliklarning    dolzarb  muammolariga  qaratilgan. 
1966  -  1968  yillarda  sanitariya  -    gigiena  fakulteti  dekani,  1968  -  1972  yillarda 
institut  ilmiy  ishlar  bo'yicha  prorektori    bo'lgan.  1976  -  1983  yil  Pediatriya  ITI  
direktori.  1983  -  1984  yillarda  O'zbekiston  Sog'liqni  Saqlash  Vaziri  o'rinbosari 
bo'lib ishlagan.  
9.  Moyitdin  Rasulovich Nuritdinov  (1927  - 1996 yillar)  - tibbiyot  fanlari 
doktori  professor,  O'zbekistonda  xizmat  ko'rsatgan  shifokor.  100dan  ortiq  ilmiy 
ishlar  muallifi.  Ilmiy  ishlari  bolalar  gematologiyasi  va  revmatologiyasiga 
bag'ishlangan.  
Bizning  respublikamiz  mustahil  bo'lgandan  so'ng  Prezidentimiz  rahbarligi 
ostida,  bir  qancha  kamchiliklar  bartaraf  etildi  va  xalqimizning  ham  moddiy,  ham 
ma'naviy saviyasi ortdi.  
 
Bizning  respublikamizda  sog'lom  avlodni  tarbiyalashga  alohida  e'tibor 
beriladi.  1993  yil  4  mart  kuni    O'zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  tomonidan 
"Sog'lom avlod  uchun" I va II darajali,  ko'krak  nishoni  tasdiqlangan. Bu orden 
bilan  iqtidorli  avlodlarni  tarbiyalagan  insonlar  taqdirlanadilar.  
Prezident  I.A.Karimov  qaroriga  asosan,  o'sib  kelayotgan  yosh  avlodni 
sog'lom bo'lishi uchun hamma sharoitlar yaratilmoqda.  
O'z  navbatida  O'zbekiston  Respublikasi  Sog'liqni  Saqlash  vazirligi 
tomonidan  o'sib  kelayotgan  yosh  avlod  sog'lig'ini  tiklash  maqsadida  katta  ishlar 
amalga  oshirilmoqda.  Bu  maqsadda  O'zbekiston  Respublikasi  Sog'liqni  Saqlash 
vazirligi tomonidan yangi konsepsiya qabul qilindi:  
a) Aholi sog'ligini saqlash uchun pul mablag'larini aholiga va tibbiy muassasalarga 
berish:  
b)  Tibbiy  muassasalarningasosiy  maqsadi  profilaktik  yo'nalish  bo'lganligini 
inobatga  olib,  ambulatoriya,  poliklinikalarda  tibbiy  xizmatlarni  yaxshilash  va 
tibbiy  xizmat  ko'rsatish  bo'yicha  yangi  medisina  shakllarini  tuzish,  kunduzgi 
stasionar,  uydagi  shifoxona,  ambulatoriya  komplekslari,  maxallada  davolash 
punktlari  ochish  ko'zda  tutilgan.  Kadrlar  sonini  emas,  balki  sifatini  yaxshilashga 
e'tibor berish lozimligi ko'rib chiqildi. Buning uchun talabalar bilimi amaliyot bilan 
bog'liqlikda  va  pog'ona  shaklida  tuzildi.  Tibbiyot  oliygohlariga  talabalar  qabul 
qilish soni kamaytirildi va xalqaro normativ ko'rsatgichlariga yaqinlashtirilmoqda. 
Institutlarga  talabalar  qabul  qilish  tanlov  asosida,  test  sorovlari  bo'yicha  olib 
borilayapti.  1999  yildan  boshlab,  hamma  tibbiyot  oliygoxlari  yangi    o'qitish 
dasturini oldi. hamma tibbiyot muassasalari aholi sog'ligini tiklashga yo'naltirilgan, 

 
12 
oxirgi  yillarda  yangi  konsepsiya  bo'yicha  ishlash  ijobiy  natijalar  berdi.  Bizning 
respublikamizda bolalar o'limi ko'rsatgichi kamaydi.  
Ambulatoriya,  poliklinika,  kunduzgi  shifoxona,  maxsus  ambulatoriya 
komplekslari xizmatlari yaxshilanishi  o'lim kursatgichi kamayishiga sabab bo'ldi. 
1998  yil  10  noyabrda  Prezidentimiz  I.A.Karimov  buyrug'iga  asosan  "O'zbekiston 
Respublikasida    Sog'liqni  Saqlashni  tashkil  etish  davlat  dasturi"  qabul  qilindi  va 
O'zbekiston Respublikasida Sog'liqni Saqlashning  yangi yo'nalishi ko'rib chiqildi. 
Bu dastur  pediatriya  xizmati  uchun asosiy hisoblanadi, chunki u o'sib kelayotgan 
avlod  sog'lig'ini  ta'minlashga qaratilgan. qabul qilingan davlat dasturida sog'lom, 
barkamol  avlodni  tarbiyalab  voyaga  etkazish ko'zda  tutilgan.  
 
 
BOLALIK    DAVRLARI 
Bolalik tug'ilganda  emas, homiladorlik  davridan  (ko'payishdan)  boshlanadi. 
Bolalarning  organ  va  tizimlari  kattalarga  nisbatan  morfologik  strukturasi  va 
funksiyasi bilan farqlanadi. Bola organizmi o'suvchi va rivojlanuvchi bo'lib, o'ziga 
xos  anatomo  -  fiziologik  xususiyatlarga  ega,  bolaning  o'sish  davri  o'ziga  xos 
xarakterli  o'zgarishlarni    o'z    ichiga  oladi.  Bola  tug'ilganidan  boshlab,  katta 
bo'lganga  qadar,  organ  va  to'qimalarning  rivojlanish  jarayoni  to'xtovsiz  davom 
etadi va shu vaqtning o'zida alohida organ va tizimlarning rivojlanishi bir tenglikda 
bormaydi. 
 Bolaning    o'sishi  va  rivojlanishi  ma'lum    davr  va  bosqichlarni  o'tadi,  shu 
davrda bolaning anatomo - fiziologik xususiyatlari o'zgaradi. Shu bilan birga tashqi 
muhit sharoitiga qarab, bola xarakteri va kasalliklarning kechishi o'zgaradi.  Bir xil 
kasalliklar,  masalan,  pnevmoniya  chaqaloqlarda  va  maktabgacha,  maktab 
yoshidagi  bolalarda  har  -  xil  kechadi.  Erta  yoshda  uchraydigan  ba'zi  kasalliklar, 
katta  yoshdagi  bolalarda  uchramaydi.  Bolalardagi  bu  yoshga  oid  xususiyatlar 
kasallik  profilaktikasi  va  uning  davosiga  differensial  yondoshishni  talab  qiladi.  
Individual  yondoshishni  yengillashtirish  uchun  butun  bolalikni  alohida  davrlarga 
bo'lishga  ehtiyoj  tug'iladi,  ular  aniq  darajada  bir  -  biridan  farqlanadi.  Bolalikni 
davrlarga bo'lish har bir yosh davrlari uchun xarakterli bo'lgan morfofunksional va 
fiziologik  xususiyatlarga  asoslanadi.  N.P.Gundobin  taklif  etgan  va  A.F.Tur 
qo'shimcha hilgan bolalik davrlari sxemasi asos hisoblanadi. 
Bolalik  davrlari  homila  ichi  va  homiladan  tashqari  davrlarga  bo'linadi, 
boshqacha  aytganda  antenatal  va  postnatal  bolalik  davrlari.  Onasida  tug'ruq 
jarayoni  boshlanishi  bilan  bola  tug'ilishigacha  bo'lgan  davr  internatal  davr 
deyiladi.  Bola  rivojlanishi  homila  ichi  davri  "homiladorlik  bolaligi"  10  oy 
(akusherlik  oyligi)  davom  etadi  yoki  o'rtacha  270  -  280  kun  va  bu  davr  o'z 
navbatida quyidagilarga bo'linadi: 
a) embrional (embrion) rivojlanish fazasi, 2 - oygacha davom etadi. 
b) yoldosh (homila) rivojlanish fazasi, 3 - oydan 10 - oygacha.  
 
homiladan tashqari bolaning rivojlanish davri quyidagilarga ajratiladi:  
1. Chaqaloqlik davri - 3-4 xaftagacha; 
2. Ko'krak  yoshi davri  va kichik yasli yoshi, 3-4 xaftadan 1 yoshgacha davom 
etadi;  

 
13 
3. Maktabgacha (yoki yasli) davri 1 yoshdan 3 yoshgacha; 
4. Maktab oldi - 3-7 yosh; 
5. Kichik maktab yoshi 7-11 yosh; 
6. Katta maktab yoshi (pubertat davr) 12 yoshdan 17-18 yoshgacha.   
 
Homila ichi rivojlanish davri 
Bu  davrga    tez  o'sish  va  ona  organizmi  hisobiga  oziqlanish  xarakterlidir. 
Birinchi  2  oylikni  o'z  ichiga  olgan    embrional  rivojlanish  fazasida  organlarning 
barpo bo'lishi, homilaning   shakllanishi va homila qobiqlarining - suvli (amnion), 
tukli (xorion), sariq  pufak va allakteksning rivojlanishi  kuzatiladi. Oziq moddalar 
bilan  ta'minlanish  sariqlik  pufagi  ichidan  o'tuvchi  tomirlar  orqali  bajariladi.  Bu 
sariqlikdagi qon aylanish deyiladi. Oziq moddalar  zahirasi  bu yerda ko'p emas va 
juda tezda yo’qoladi, bu oziqlanish o'rnini yo'ldosh (plasenta) qon aylanishi oladi.  
Birinchi  oyning  oxirida    embrion  uzunligi  1  sm,  vazni  1  grammga  teng 
bo’ladi.  Ikkinchi  oyning  oxiriga    kelib,  embrion    uzunligi  4  smga,  vazni  5 
grammga oshadi. Birinchi 2  oylikda embrion tashqi ko'rinishi xayvon embrionidan 
farqlanmaydi,  lekin  2-chi  oyning  oxirida  boshchasi  aniq  bilinadi  va    homila 
uzunligining  1/2  ni  tashkil  qiladi,  avval  burun,  lablari,  jag',  ko'zlari  hosil  bo’ladi. 
Oyo´q - qo'llarida kaftlarni  farqlash mumkin va barmoqlarning bilinar - bilinmas 
shakllanishi    kuzatiladi.  Embrional  davrning  oxiriga  kelib,  homila  o'zining  tashqi 
ko'rinishidan odam  qiyofasini eslatadi va homila nomini oladi.  
3  oylikdan  boshlab    homila  o'sadi,  ona  organizmidan  yo'ldosh  orqali 
olayotgan  ozuqa  moddalar  va  kislorod  hisobiga  rivojlanadi.  Yo'ldosh,  homila 
uchun  muhim,  hayoti  uchun    kerakli  organdir.  Yo'ldosh  orsali  ozuqa  moddalarni 
yetarli  darajada  kelmasligi  homilaning  normal  o'sish  va  rivojiga  ta'sir  ko'rsatadi. 
Shuningdek,  yo'ldoshda  gaz  almashuvining  buzilishi  ona  va  homilaning  holatiga 
ta'sir  qiladi.  Misol  uchun,  homiladorlikda  anemiya,  isitma  holatlari,  shuningdek 
o'pka to'qimasi funksiyasi pasayishi kasalligi (pnevmoniya) oksidlanish jarayoni va 
normal  gaz  almashinuvi  buzilishiga  sabab  bo’ladi,  bu  esa  homilada  rivojlanishni 
buzilishiga olib keladi, homila ichi asfiksiyasiga va homila nobud bo'lishiga sabab 
bo’ladi.  
Uchinchi  oyning  oxiriga  kelib,  homila  uzunligi  8  -  9  sm,  vazni  20  -  25 
grammga  yetadi.  Oyog-  qo'l  barmoqlari  aniq  farqlanadi,  tashqi    jinsiy    a'zolar 
bilinadi. 
To'rtinchi  oyning  oxirida  homila  15  -  16  smga,  vazni  100  -  120  grammga 
kattalashadi,  homilaning  jinsi  aniq  bilinadi.  4  oylikda  kalla  suyagi  shakllana 
boshlaydi. Oyog - qo'llarida aktiv harakatlar paydo bo’ladi, 4-5 oyligidan boshlab, 
harakatlar kuchli bo’ladi, onasi sezadi - bu homilaning  birinchi harakati deyiladi. 
Teri  osti  yog'  qatlami  bu  vaqtda  hali  bo'lmaydi,  terisi  yupqa,  tiniq,  mushak  va 
tomirlar  teridan  bilinib  turadi.  Homila  ichagida  birinchi  najas  -  mekoniy  to'plana 
boshlaydi.  
Beshinchi  oyning  oxiriga  kelib,  homila  uzunligi  25  sm,  vazni  ortacha  300 
grammga  yetadi.  Bu  vaqtda  boshida  sochlar  va  tanasida  tukchalar  paydo  bo’ladi. 
Yog to'planishi boshlanadi va asosan bo'yin va dumbada teri osti yog' qavati hosil 
bo’ladi. Yog' bezlari  faoliyati boshlanadi va homila terisi asta - sekin yog'simon 

 
14 
qoplamga  ega  bo’ladi.  Ona  qorni  devori  orqali  homila  yurak  urishini    eshitish 
mumkin.  
Homiladorlikning  oltinchi  oyi  oxiriga  kelib,  homila  uzunligi    30  sm,  vazni 
600 - 700 grammga yetadi. Agar homila bu muddatda tirik tug'ilsa,  oyog - qo'llari 
harakatlanadi, lekin  tezda nobud  bo’ladi. Ba'zi hollarda  750  - 800  gramm  vaznda 
chala  tug'ilgan  chaqaloqlar  yaxshi  muhit,  alohida  parvarish  bo'lsa  yashashi 
mumkin. 
Homiladorlikning  yettinchi  oyi  oxirida  homila  uzunligi  35  sm,  vazni  1200 
grammga yetadi. Terisi xali  bujmaygan, homila ko'rinishi qariyaga o'xshaydi. Bu 
muddatda homila tirik tug'ilishi mumkin, nafas oladi va sekin ovozda yig'laydi. Bu 
yoshda  homila  yashashi  mumkin,  lekin  yaxshi  rivojlanmaganligi  sababli,  tashqi 
muhitga moslashinishi qiyin, alohida parvarish qilinishiga qaramasdan, homilaning 
ko'pchiligi nobud bo´ladi.  
Sakkizinchi  oyning  oxiriga  kelib,  homila  uzunligi  40  sm  vazni  -  1800  g  - 
2100g. Bu oyda tug'ilgan homila chala bo'lishiga haramay, yaxshi parvarish qilinsa 
yashaydi.  
To'qqizinchi  oyning  oxirida  homila  uzunligi  45  sm,  vazni  2500  g.  O'ninchi 
oyning  oxiriga  kelib,  homila  yetuk,  bo'yi  48-52  sm,  vazni  3200-3600  g.  Bosh 
aylanasi  33-34  sm,  ko'krak  aylanasi  32-33  sm,  teri  osti  qatlamining  yaxshi 
rivojlanishi  hisobiga,  teri  bujmayishi  yo'qoladi  va  homila  qariya  ko'rinishini 
yo'qotadi.  Qizg'ish  rangdagi  teri  oqaradi  va  pushti  -  qizil  yoki  pushti  rangda 
bo’ladi. Yelkada, ko'kragining yuqori qismida tuklar saqlanadi.  
Boshining balandligi tana uzunligining ¼  qismini tashkil qiladi. Homila ichi 
rivojlanishida tana vazni 6,000 marta (0,6 mg dan 3500 g gacha), tana uzunligi esa 
5000 marta (0,1mm dan 50 sm gacha) ko'payadi. Homilaning to'g'ri rivojlanishiga 
onaning  sog'ligi,  ovqatlanishi,  hayoti,  ruhiy  va  jismoniy  zo'riqshi,  homiladorlik 
kechish  davri,  homiladorlik  toksikozi  ona  va  bola  rezus  -  omili  mos  kelmasligi 
ta'sir qiladi.  
Embrionning nuqsonlari homiladorlikning birinchi 3 oyligiga rivojlanadi, bu 
embrional rivojlanish  fazasiga to'g'ri keladi va embriomutasiya deyiladi.  
Embriomutasiya  infeksiya  ta'sirida,  oziqlanishning  buzilishi,  moddalar 
almashinuvi  buzilishi,  immun  jarayonlar  gipoksiyasi,  nurlanish  ta'sirida  vujudga 
keladi.  Misol,  ona  homiladorlikning  birinchi  uch  oyligida  virusli  infeksiya  bilan 
kasallansa, masalan  qizilcha, u xolda  embrionda tug'ma nuqsonlar paydo bo’ladi. 
Bola qorinchalararo va bo'lmachalararo to'siqning nuqsoni, ichki quloq zararlanishi 
va sut tishlari shakllanishi  nuqsoni bilan tug'iladi.  
Homila  ichi  rivojlanishining  4-oyligidan  boshlab,  homilaning  kasalligi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin