10 yoshdan keyin tana vaznining I.M.Voronsov formulasi bo'yicha aniqlash
mumkin:
10 yoshdan katta bola tana vazni = yoshi x 3 + oxirgi yoshi soni
Tana yuzasi maydonini aniqlash
Tana yuzasining maydoni (м²)= √tana vazni (kg) x bo'yi (sm) : 3600
Bosh va ko'krak qafasi aylanasi. Tug'ilganda yetuk chaqaloqlarda bosh
aylanasi 33 - 37,5 sm, u ko'krak qafasi aylanasidan 1-2 sm dan oshmasligi kerak.
Birinchi 3-5 oyligida har oyda 1-1,5 sm, keyingi oylarda 0,5-0,7 sm qo'sqiladi. Bir
yoshda bosh aylanasi 10-12 sm ortadi va 46-48 sm ga yetadi. 1-3 yoshda bolaning
bosh aylanasi bir yilda 1 sm ga ortadi. 4 yoshdan bosh aylanasi har yili 0,5 sm ga
ko'payadi. 6 yoshda 50-51 sm, keyingi yillarda 5-6 sm ga ortadi.Chaqaloqlarda
ko'krakqafasi aylanasi 33-35 sm. hayotining birinchi yilida har oyda qo'sqilishi
o'rtacha 1,5-2 smni tashkil qiladi. Bir yoshda ko'krak qafasi aylanasi 15-20 smga
ortadi, keyin bu ko'rsatkich intensiv oshishi pasayadi va maktabgacha yoshdagi
davrda 3 sm, maktab yoshida 1-2 sm yilida ko'payadi. Ko'pchilik yetuk tug'ilgan
chaqaloqlarda ko'krak qafasi oldi - orqa o'lchami, ko'ndalang o'lchamdan kichik
yoki unga teng. hayotining birinchi yili oxirida ko'ndalang o'lchami orqa - oldi
o'lchamidan kattaroq bo´ladi va ko'krak qafasi shakli kattalar konfigurasiyasiga
yaqin bo´ladi, ya'ni kengayadi.
Jismoniy rivojlanishni baholash va monitoring qilish uchun ma'lum vaqt ichida
bolani o'lchab turish zarur:
tana vazni va qo'sqilish tezligi;
bo'y o'sish tezligi
bosh aylanasi va o'sish tezligi;
37
psixomotor va aqliy rivojlanishi.
Tana vaznini qaysi vaqtlarda va necha marta o'lchash kerak?
Birinchi o'lchash
tug'ilganda
Ikkinchi
15 kunlik
Uchinchi
30 kunlik
Har oyda
Bir yoshgacha
Har 3 oyda
1-3 yosh
Har 6 oyda
3-5 yosh
Har yili
Keyingi yoshlarda
Bolaning xronologik yoshi yillarda va oylarda ko'rsatiladi. Masalan:
O'lchangan vaqti: 2003, 30 aprel=03.04/12
Tugilgan vaqti: 2001, 29 mart=01.03/12
Xronologik yoshi: 03.04/12- 01.03/12=02.1 (2 yosh 1 oy)
Jismoniy rivojlanish monitoringini o'tkazish orqali o'sishning orqada
qolishini klinik belgilar yuzaga kelishidan oldin aniqlash mumkin.
hamma bosqichlarda bolada o'tkaziladigan o'lchashlar - bo'yi, tana vazni, bosh
aylanasi standart diagrammada nuqta ko'rinishida belgilanadi va jismoniy
rivojlanishning (egri chiziq) grafigi tuziladi, diagrammaning o'zi bolaning
rivojlanish kartasida bo'lishi kerak.
Har bir grafikda 5 ta egri chiziq bo'lib, ulardan asosiylari - mediana 0, -2 va
+2 standart og'ish (SO) hisoblanadi.
Bo'yi va vazni -2SO va +2SO ga to'g'ri kelgan bolalarning jismoniy
rivojlanishi normada hisoblanadi.
-2SO dan past va -3SO gacha bo'lgan, +2SO dan yuqori va +3SO gacha bo'lgan
natijalar past va normadan yuqori xisoblanadi va bunday bolalar ozish va
semirishga moyil bo'lgan bola sifatida alohida e'tiborni talab qiladi.
-3SO dan past va +3SO dan yuqori ko'rsatkichli bolalar yomon ko'rsatkichli
hisoblanadi.
Bola rivojlanishi proporsionalligini baholash uchun ba'zi antropometrik
indekslardan foydalaniladi.
Chuliskiy indeksi (Oziqlanishni baholash indeksi):
3 x yelka aylanasi, + son aylanasi+ boldir aylanasi - tana uzunligi.
Bir yoshgacha bolalarda 20 - 25 sm, 2 - 3 yoshda - 20sm, 6 - 7 yosh 15-10 sm.
Erisman indeksi. Ko'krak aylanasi (sm) - yarim bo'yi (sm).
Bolaning ko'krak qafasi rivojlanishi va oziqlanishini xarakterlaydi.
Ko'krak qafasi aylanasi bir yoshgacha bolalarda bo'yining yarmidan 10-13,5
sm ga ortiq, 2-3 yosh - 9 - 6 sm, 6 -7 yosh 4 - 2 sm, 8 -10 yosh - 1 smdan katta
yoki 3 smdan kichik. Bolaning jismoniy rivojlanishini individual baholashda shu
region uchun maxsus ishlab chhilgan antropometrik ko'rsatgichlarni normativ va
standartlar bilan taqqoslash, bolaning klimatogeografik yashash sharoitini hisobga
38
olish lozim. Taklif qilingan normativlar bilan bola rivojlanishini morfofunksional
baholash, sigmal regression yoki sentil usullarda bajarilishi mumkin.
Tishlari. Bir yoshdan keyin (14 - 16 oylarda) kichik ildizli tishlar yorib
chiqadi (oldingi tishlar), 16 - 20 oylarda yon tishlar, 20 - 24 oylarda orqa kichik
ildizli tishlar chiqadi. Bola 2 yoshligida 20 ta sut tishlari bo´ladi. Sut tishlari sonini
aniqlash uchun, bola 2 yoshgacha bo'lishi kerak, hayotini oylari sonidan 4 ayiriladi.
Misol, 1 yoshda bolani (12 - 4) - 8 ta tishi bo´ladi, 18 oylarda (18 - 4) - 14
tishi va boshqalar.
BOLALARNING JINSIY RIVOJLANIShI
Jismoniy rivojlanish ko'rsatgichida jinsiy farqlanish - jinsiy yetuklik paydo
bo'lishi bilan yaqqol yuzaga chiqadi. Organizm biologik yetuklikka yetgan davr
pubertat davri deb ataladi va ikkilamchi jinsiy belgilar paydo bo'lishi bilan
xarakterlanadi. Ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo'lish vaqti sog'lomlik holati,
ovqatlanish tartibi, iqlim sharoiti va genetik xususiyatlarga bog'liq.
Bolalarning jinsiy rivojlanishi 3 davrga bo'linadi:
1. Pubertatgacha bo'lgan davr - 6-7 yoshgacha, gormonal jimlik vaqti.
2. Pubertat oldi davri - 6 dan 9 yoshgacha qiz bolalarda va 7 dan 10-11 yoshlarda
o'g'il bolalarda, gipotalam - gipofizar - gonad tizim faollashadi.
3. Pubertat davr 9 - 10 dan 14 - 15 yoshgacha qiz bolalarda, ko'krak bezlari o'sishi,
qovuq va qo'ltiq ostiga tuklanishi, dumba va tos shakli o'zgarishi, hayz kelishi, va
11-12 dan 16-17 yoshgacha o'g'il bolalarda, genitaliy o'sishi kuzatiladi, tuk chiqishi
erkaklar turiga xos, ovoz yo'g'onlashuvi, spermatogenez, eyakulyasiya yuzaga
keladi.
Jinsiy yetilishni baholash
Jinsiy yetilish bosqichida ikkilamchi jinsiy belgilar yaqqol aniqlanadi. Qiz
bolalarda, jinsiy bezlar konfigurasiyasi, qovuq sohasi tuklanish darajasi va
xarakteri yaqqol ifodalanadi. O'g'il bolalarda jinsiy yetilish mezoni bo'lib, tashqi
jinsiy a'zolar o'lchami va qovuqni tuklanishi hisoblanadi. Odatda oddiy ko'rik
o'tkazish yetarli, lekin o'smirlarda pubertat davrining oldingi bosqichlaridi sut
bezlari yoki tuxumdon palpasiyaqilinishi kerak.
Qiz bolalarning jinsiy rivojlanish davri (J.M.Tanner)
Bosqichlar
qovuq tuklari
Ko'krak bezlari
1
Pubertat oldi
Pubertat oldi
2
siyrak, yengil pigment- lashgan,
tori, mayin, yumshoq, lablar
bo'ylab (11,5)
Ko'krak
va
so'rg'ich
ko'tarilgan, areola diametri
kattalashgan (11,0)
3
Ancha qalinlashgan, o'ralish
boshlangan (12,5)
Ko'krak
va
areola
kattalashgan,
umumiy
konturga ega (12,0)
4
qattiq,
o'raluvchan,
lekin
kattalarga nisbatan kam, sonda
bo'lmaydi (13,0)
Areola va so'rqich ko'krak bezi
konturidan
chiqib turadi (13,0)
39
5
Katta ayollarga xos uchburchak,
sonning ichki yuziga tarqalgan
(14,5)
Etilgan ko'krak bezi, so'rqich
chiqib turadi,
areola - umumiy konturning
yarmiga teng (15,5)
O'g'il bolalarning jinsiy rivojlanish bosqichlari J.M.Tanner
Bosqichlar qovuq tuklari
Jinsiy a'zo, urug'don
1
yo'q
Pubertat oldi
2
siyrak,
uzun,
kam
pigmentlashgan,
yumshoq
(13,5)
Jinsiy olat kattaligi o'rtacha,
moyak
katta,
to'q
rangda,
burmali
(11,5)
3
Ancha tuk, o'ralish boshlangan,
ko'p emas, olat asosida (14,0)
Olat
uzunligi
kattalashgan,
moyak va urug'don
kattalashgan (13,0)
4
qattiq, o'raladi, kattalar tipida,
lekin kamroq, sonda yo'q
(14,5)
Olat
kengaygan, moyak
va
urug'don kattalashgan,
terisi to'q rangda (14,0)
5
Kattalar ko'rinishida, sonning
ichki yuzasida, lekin gorizontal
chegarada (15,0)
Kattalarnikidek o'lchamida
(15,0)
6
Kindikkacha tarqalgan
*qavs ichida bosqich boshlanishi ko' rsatilgan (yoshda);
Jinsiy rivojlanishda qiz bolalar o'g'il bolalarga nisbatan 2 yil oldin yetiladi,
bu geteroxronlik yetilganlik hisoblanib, shu yoshdagi jinslarning o'zaro aloqasida
muammolar keltirib chiqaradi. Bir xil jinslarning yetilishiham xar-xil bo'lishi
mumkin. Psixologlarning kuzatuvi ko'rsatadiki, rivojlanishi o'rta yoshga to'g'ri
kelgan qizlar o'zini baholashi ijobiy, kech yetilgan kizlarda esa erta yetilganlarga
nisbatan o'zini baholash ancha yuqori turadi. O'g'il bolalar esa aksincha, kech
rivojlanganda qayg'uradi, ularning o'zini baholashi tushib ketadi, kattalarga tobe
bo'lib qoladi va tengdoshlaridan o'zini olib qochadi, ota-onalariga bog'liq bo'lib
qoladi. Erta yetilgan o'g'il bolalar ancha o'zini ustun qo'yadi va rahbarlik qilishga
moyil bo´ladi. Agar o'smir bolada urug'donlarning (pubertatli) kattalashishi 13,5
yoshda kuzatilmasa yoki jinsiy rivojlanishning 3- bosqichi ikkinchi bosqichi
boshlangandan keyin to'rt yil davomida yuzaga kelmasa bunday holatlarda, jinsiy
yetilishning ortda qolishi haqida fikrlash mumkin.Ko'pgina qizlar hayz ko'rishmasa
xavotirga tushadilar. Agar ko'rikda jinsiy a'zolarning anatomik nuqsoni
kuzatilmasa, JBE ning 3 bosqichi boshlangan qizlarda yetilish normada
ketayotganidan va yaqin oradahayz ko'rishidan darak beradi. Agar 13 yoshli qiz
bolalarda ko'krak bezlarining kattalashuvi kuzatilmasa yoki pubertat o'zgarishlar
boshlanishidan hayz ko'rgunicha oradan 5 yil o'tsa, bunday hollarda jinsiy
40
yetilishdan orqada qolish xaqida o'ylash mumkin. Agar jinsiy yetilish ortda qolsa,
endokrin statusni tekshirish lozim.
O'SMIRLIK YOShI DAVRLARI
Xronologik yosh va JBE yetarli mezonlari yordamida pubertat
o'zgarishlarning erta, o'rta yoki kech davrlarini aniqlash mumkin. Har bir davr bir-
biridan belgilari bilan farq qiladi.
Erta davr. O'smir bu davrda tanasidagi o'zgarishlar bilan band bo´ladi. Ularning
ideal tana tuzilishi haqida o'z fikrlari bor. Pubertat davrning boshida o'smirlar
ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishini qiziqish bilan kuzatadilar. Ular oz ota-
onalariga yangichasiga qarashadi va birinchi marotaba to'g'ri tarbiya olganlarmi,
ota-onalari hurmatlimi, hamma havas qiluvchi obrazga to'g'ri keladimi yoki
yo'qmi deb o'ylaydilar.
O' rta davr. Bu davr taxminan 1,5 yil davom etadi, qiz bolalarda 13-15 yosh va
o'g'il bolalarda 16 yoshlarda. O'smirlar o'z qobiliyatining o'sishiga qarab erkin
bo'lishga harakat qiladi. qarama-qarshi jinsga nisbatan qiziqish uyg'onadi. Aqliy
rivojlanish ortadi, abstrakt tushunchalarni o'ylash hosil bo´ladi, gipotezalar
tuqiladi, kelajakhakida o'ylaydi.
Kechki davr. Ko'proq kelajakda kim bo'lib yetishish va qayerda o'qish haqida
o'ylaydi. Bu davrda osmirlar ko'proq o'ziga ishonish hissi paydo bo´ladi va jinsiy
aloqa qilishda o'ziga qat'iy ishonch hosil bo´ladi. Aqliy rivojlanish davom etadi,
logik o'ylash, fikrlash ustun turadi.
BOLALARDA ASAB TIZIMI XUSUSIYaTLARI
1.
Bolalarda asab tizimining anatomo - fiziologik xususiyatlari
Chaqaloqlarda bosh miyaning o'lchami nisbatan katta bo´ladi. O'rtacha vazni
o'g'il bolalarda 390 g (340 - 430 g), qiz bolalarda 355 g (330-370 g), ya'ni
tananing 12-13% qismini tashkil qiladi (kattalarda 2,5%). Kattalarnikiga qaraganda
chaqaloqlarda miya vazni tana vazniga nisbatan 5 barobar katta va 1/8
munosabatda aniqlanadi (kattalarda esa 1:40). Bola hayotining 1 yoshligini oxiriga
kelib, miya vazni 2 barobar ortadi, 3-4 yoshda esa 3 barobar ortadi. Keyinchalik (7
yoshdan so'ng) miya vazni sekin osadi va 20-29 yoshlarda maksimal darajaga
yetadi (erkaklarda - 1355 va ayollarda 1220 g).
Bola tug'ilgandan keyin bosh miyaning rivojlanishi tugallanmaydi. Miyaning
katta yarim sharlari yoshga xos xususiyatga ega: egatlar, kichik balandlik va
chuqurlikga ega bo'lgan yirik bursharlardan tashkil topgan. Mayda bursharlar oz,
ularning soni bola hayotining birinchi oylarida ko'payadi. Kattalarnikiga
qaraganda, peshona bo'lagi o'lchami kichik, ensa bo'lagi - aksincha katta bo´ladi.
Miyacha yaxshi rivojlanmagan, uning yarim sharlari kichik o'lcham va kenglikda,
egatlari yuzaki. Yon qorinchalar keng, tortilgan. Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda
filogenetik rivojlanishda miyaning boshqa qismlari yaxshi rivojlangan bo´ladi.
Miya o'zagining vazni 10,0-10,5 g, bu tana vaznining 2,7 % ni tashkil qiladi
(kattalarda 2 %), miyacha esa - 20g (tana vaznining 5,4% ni tashkil etadi). Bola
hayotining 5 oyligida miyacha vazni 3 barobar ortadi, 9 oyligida 4 barobar oshadi
(bola tik turadi, yuradi). Miyacha yarim sharlari intensiv rivojlanadi.
41
Chaqaloqlarda oraliq miya ham yaxshi rivojlangan. Bosh miyaning peshona
qismi sezilarli chiqgan va unchalik katta emas. Chakka bo’laklari yuqori. Orolcha
bo’laklari chuqur joylashgan. Bola hayotining 4 yoshigacha bosh miya kengligi,
uzunligi va balandligi teng o'sadi, keyinchalik miya o'sishida balandlik ustunlik
qiladi, peshona va tepa bo'laklari tez o'sadi.
Yangi tug'ilgan chaqaloqlarda bosh miya yarim sharlari yuzasida burshar va
egatlar bo´ladi. Asosiy egatlar (markaziy, lateral va boshqalar) yaxshi rivojlangan,
asosiy egatlar shoxchalari va kichik egatchalar kuchsiz rivojlangan. Keyinchalik,
bola yoshining ortishi bilan, borozdalar chuqurroq, ular o’rtasitdagi egatchalar
relefli bo´ladi. Asab to'qimalarining mielinizasiyasi filogenetik rivojlanishida
miyaning asosiy qismlarida miyaning yangi qismlariga nisbatan erta boshlanadi va
tugallanadi. Bosh miya po'stlog'ida asab to'qimalari mielinizasiyasi erta
boshlanadi, bu esa sezishning har xil turlariga olib keladi. Miyacha yadrolar bilan
bog'lanadi. Afferent to'qimalar mielinizasiyasi 2 oyligidan boshlanadi va 4-5
yoshda tugallanadi. Efferent to'qimalar esa keyinroq, 4-5 oydan 7-8 yoshgacha
rivojlanadi.
Kul rang moddani oq moddadan farqlash qiyin, mielin qobig'i bo'lmaydi.
Bola tug'ilganda gipotalamus yadrosi, piramidal yo'l, qadoksimon tana yaxshi
rivojlanmagan va funksional sust bo´ladi. Chaqaloqlarda po'stloq osti markazi
barcha organlar faoliyatini boshqaradi. Chaqaloqlarda asab tizimi nisbatan sust
rivojlanishiga qaramasdan, uning asab sistemasi shartsiz tug’ma reflekslarni
ta'minlaydi, bir tomondan ovqatlanish, atrof muhit bilan muloqot, himoya
vazifasini
o'tasa,
boshqa
tomondan
keyinchalik
murakkab
jarayonningtakomillashuviga
asos
bo´ladi.
Chaqaloqlarda
burshar
va
egatchalarning kalla suyagi va choklar bilan o'zaro bog'liqligi kattalarnikiga
nisbatan bir oz boshqacharoq. Markaziy yo'lakcha tepa suyagida joylashgan. Bu
yo'lakchaning pastki - lateral qismi kranial - tangachasimon chokdan 1,0 - 1,5 sm
joylashgan. Chakka - ensa egati lyambdosimon chokdan 12 mm oldinda
joylashgan. Miyaning burshar, egatlari va choklarning tuzilishi 6-8 yoshlarda
xuddi kattalarnikidek bo´ladi.
Chaqaloqlarda qadoqsimon tana yupqa, qisqa, bosh miyaning katta yarim
sharlari rivojlanishi va kengayishi bilan qadoqsimon tana kranial va kaudal
yo'nalishlarda o'sadi, oraliq miyaning bo’shlig’i ustida joylashadi (III qorincha
ustida). Katta yarim sharlar rivojlanishi bilan qadoqsimon tana kengligi ortadi
(kattalarda 1 sm gacha) qadoqsimon tana aylanasi (valik) 2 sm gacha, komissural
asab to'qimalarining ko’payishi bilan bog'liq (kattalarda 200 - 300 ml ).
Bola hayotining birinchi kunidanoq barcha sezgi organlari faoliyat korsatadi.
Chaqaloqlarda reaksiyalar nodifferensial xarakterga egaligi va generalizasiyaga
moyilligi bilan xarakterlanadi. U yo’ki bu reseptorlar qo'zg'alishi, lokal emas, balki
tarqoq reaksiyalarni chaqiradi.
Bolalarda miya, kattalarga nisbatan yaxshi qon bilan ta'minlanadi, bu
kapillyar to'rning boyligi bilan tushintiriladi. Miyaning to'liq qon bilan
ta'minlanishi, tez o'sayotgan nerv to'qimasining kislorodga bo'lgan yuqori talabini
ta'minlaydi. Bir yoshgacha bo’lgan bolalarda qon oqimi bosh miyada
sekinlashgan, chunki diploid venalar lihildog'larning yopilishidan keyingina hosil
42
bo´ladi. Bu bir yoshgacha bolalarda infeksion kasalliklarda toksik moddalar va
buzilgan metabolizm mahsulotlarining akkumulyasiyaga uchrashi natijasida
neyrotoksikoz bilan asoratlanishiga moyillik yuqoriligi tushintiriladi. Bunga
yana, gemato - ensefalik barerning yuqori o'tkazuvchanligi ham sabab bo´ladi.
Asab sistemasining rivojlanishi bola tug'ilgandan pubertat davrgacha davom
etadi. Bosh miyaning eng intensiv o'sishi va rivojlanishi bola hayotining birinchi
yiliga to'g'ri keladi. Postnatal davrda asab sistemasining turli bo'limlari har - xil
muddatlarda rivojlanishdan to'xtaydi. Birinchi yarim yillikda piramidal yo'llar -
ko'ndalang yadrosi shakllanishi tugaydi. Shu sababli mushaklar tarangligi
to'xtaydi, tartibsiz harakatlar tartibli harakatlar bilan almashiniladi. Miyacha
intensiv o'sadi va hayotining ikkinchi yarim yilligida rivojlanadi, 2 yoshda uning
rivojlanishi tugaydi. Miyacha rivojlanishi bilan harakat koordinasiyasi shakllanadi.
Asab - ruhiy rivojlanish muammolaridan biri, tartibli koordinasiyalashgan
harakatlarning rivojlanishi hisoblanadi. Asosan, po'stlog'ning rivojlanishi, peshona,
chakka, tana sohalarining rivojlanishi bilan bog'liq, neyronlar proliferasiyasi bir
yilgacha davom etadi.
Bosh miyaning anatomik xususiyatlari:
-
Bosh miyaning o'lchami yangi tug'ilgan bolada nisbatan katta bo´ladi
(kattalarnikiga nisbatan)
-
Yirik burshar va egatlar yaxshi rivojlangan bo´ladi, lekin chuqurligi kichik
bo´ladi.
-
Mayda egatlar oz, ular bola hayotining birinchi yilligida paydo bo´ladi.
-
Peshona bo'lagi o'lchami kichik, ensa bo'lagi, aksincha katta bo´ladi.
-
Miyacha yaxshi rivojlanmagan, keng emas, yarim sharlar o'lchami kichik va
egatlar yuzaki.
-
Yondosh qorinchalar bir oz tortiladi.
-
qattiq miya qobig'i chaqaloqlarda yupqa bo´ladi.
-
Venoz bo'shliqlar yupqa devorli.
-
Chaqaloqlarda miyaning yumshoq va o'rgimchak qobiqlari yupqa, subdural
va subaraxnoidal bo'shliqlar kichraygan.
-
Miya asosi sisternalari nisbatan yuqoriroq.
-
Silviev jo'mragi kattalarnikiga nisbatan keng.
-
O'tkazuvchi yo'llar mielinizasiyasi 3 - 5 yoshda tugaydi.
-
Lihildoqlarni yopilishi bilan diploid venalar hosil bo´ladi.
-
Gematoensefalik barer o'tkazuvchanligi yuqori.
Orqa miyaning anatomik xusisiyatlari.
-
Orqa miya tug'ilganda bosh miyaga nisbatan yaxshi rivojlangan.
-
Chaqaloqlarda bo'yin va bel kengliklari aniqlanmaydi, 3 yoshdan keyin
bilinadi.
-
Orqa miya vazni va o'lchami o'sish tezligi bosh miyaga nisbatan sekin
kechadi.
-
Orqa miya uzunligiga nisbatan sekin rivojlanadi (umurtqa pog'ona
uzunligiga nisbatan, shuning uchun orqa miyaning pastki uchi yosh o'tgan sari
yuqoriga qarab suriladi, yupqa bo´ladi).
43
Bolalarda ruhiy - motor funksiyalarning shakllanishi.
Tarbiyaning o'rni, imprinting
Bola hayotining birinchi kunidayog barcha sezish organlari o'z faoliyatini
boshlaydi.
Chaqaloqlarda
farqlanadigan
xususiyati
shundan
iboratki,
generalizatsiyaga moyilligi bo'lgan barcha reaksiyalar nodifferensial xarakterga
ega. Bir necha reseptorlarni qo'zqatish lokal reaksiyalarni emas, balki tarqoq
reaksiyalarni chaqiradi. Etuk tug'ilgan bolada bir qancha tug'ma yo’ki shartsiz
reflekslar bo´ladi. Ularga so'rish, yutish, qovog'ini yumish, yo'tal, aksirish, siydik
ajralishi, defekasiya va boshqalar kiradi. Ular organizmning atrof - muhitga
moslashuvini ta'minlaydi va bola hayotining birinchi yilida evolyusiyaga uchraydi.
Shartsiz refleks shaklidagi tug’ma reaksiyalar bola hayotining birinchi
kunlaridayo’q dunyoga kelganini harakterlaydi. Keyinchalik bolaning hayotida
orttirilgan reflekslar rol o’ynaydi, organizmning tashqi muhit bilan o'zaro ta'sirini
ta'minlaydi.
Birinchi oyning oxirida, 2 oy boshlarida bolada oddiy, nisbatan turg'un shartli
reflekslar shakllanadi.
Quyida rudimentar, tranzitor shartsiz reflekslar keltiirilgan.
1. Moro refleksi: bola yotgan stol ustiga tukullatilganda, bola qo'llarini yonga
yozadi keyin xuddi quchoqlaganday birlashtiradi.
Normada bu refleks 4 oyda yo'qoladi.
2. Robinson refleksi: bolaning kaftiga biron narsani berilsa qattiq ushlab oladi.
Normada 2-4 oyda yo'qoladi.
3. Kaft-og'iz refleksi (Babkin refleksi): barmoq bilan bolaning tenerlariga
bosilganda uning og'zi ochiladi. 3 oyda yo'qoladi.
4. Emaklash refleksi (Bauer refleksi): bola qornida yotganda tovonlariga qo'llarni
qo'yib turilsa, u oldinga harakat qiladi. Normada 4 oylarda yo'qoladi.
5. Kernig refleksi: bolani oyoglari tos son bo'g'imiga to'g'ri burchak ostida
bukilganda, bola oyoglarini tizza bo'g'imiga to'liq uzata olmaydi. Normada bu
refleks 4 oydan keyin yo'qoladi.
Uchinchi oyning oxirlarida bolada murakkab, differensiyalashgan reflekslar
paydo bo´ladi, ular bosh miya po'stlog'ining analizator funksiyasi rivojlanishini
ko'rsatadi. Oliy asab faoliyatining taraqqiy etishi, ya'ni shartli reflekslarning
yuzaga kelishi, bola hayotining birinchi yilida tez shakllanadi. Kattalarga nisbatan
bolalar tashqi muhit bilan shartli bog'liqlarni yengil vujudga keltiradi va ular
bolalarda turg'unroq bo´ladi. Bolalar o'zini tutish va ko'nikmalarni tezda o'rganadi
va butun hayoti davomida saqlanib qoladi. Bola hayotida nutq katta ahamiyatga
ega. Nutqning shakllanishi bosh miyaning funksional shakllanishi va sensor
tizimning funksiyasi tiklanishiga bog'liq. Shuni esda tutish lozimki, nutqning
rivojlanishi bolalarning kattalar bilan muloqotda bo'lishi, tarbiyaviy faollikning
natijasi hisoblanadi. Bolaning rivojlanishi va tarbiyasi kun tartibi, unga o'rgatilgan
muhim ko'nikmalar, sharoit yaratishdan iboratdir. Bu esa o'z navbatida bolaning
jismonan barkamol rivojlanishi, kayfiyati yaxshi bo'lishiga olib keladi. Bola
hayotining ikkinchi yilida ruhiy motor va jismoniy rivojlanishi intensivlashadi.
Shartli reflekslar bu yoshda tez shakllana boshlaydi. Bolada harakatlar juda faol,
o'zini tutishida ijobiy emosiya yaqqol ko'rinadi, ular ko'pgina ovoz va so'zlarni
44
keltiradi, tez - tez va qattiq kuladi, atrofdigilarga qiziqish uyg'otadi. hayotining 2
yoshligi, birinchi yarim yilligida yura boshlaydi, nutq va harakat koordinatsiyasi
yaxshilanadi, so'z boyligi ko'payadi.
Ikkinchi yarim yilligida o'ynashni yaxshi ko'radi, bolalar bir - birlari bilan
o'ynashga harakat qiladi, kattalarning talablarini bajaradi. O'zini tutishni elementar
talablariga o'rganadi. Bola hayotining 3 yoshligida motor ko'nikmalari shakllanishi
davom etadi. Atrofdagilar bilan kirishuvchan, nutqi mukammallashadi, ko'proq
o'ynaydi.
4 - 5 yoshlarda bolada o'ziga xonlik paydo bo´ladi. Ular faqatgina atrof -
muhit ta'sirini emas, balki eshitish yoki kitob o'qish, kattalarni gapirib berganlarini
tez eslab qoladilar. Bolalar darslarda jamiyat va tabiat haqidagi ma'lumotlarni
yaxshi qabul qilishadi. Shu davrda bola yangi so'zlarni tez eslab qoladi, rasm
chizish, musiqani o'rganish, oddiy mehnat ko'nikmalarni bajaradi. Shu bilan birga
estetik qabul qilish, jamoat o'rtasida o'zini tutish shakllanadi. Fikrlash rivojlanadi,
boshida aniq - realistik, maktab yoshining boshida esa - abstrakt fikrlash paydo
bo´ladi. 13-15 yoshlarga kelib fikrlashni yuqori bosqichi tugallanadi.
Dostları ilə paylaş: |