Bolalarda ovqat hazm qilish a'zolarining shikastlanish semiotikasi
Qorinda og'riq ovqat qabul qilish yoki ovqat bilan bog'liq bo'lmagan holda
yuzaga kelishi mumkin. Erta og'riqlar gastrit, ezofagitlarda kuzatiladi. Kechki
og'riqlar - gastroduodenitlar, yaralarda bo´ladi. Og'riq lokalizasiyasi alohida
ahamiyatga ega. Epigastral sohadagi og'riqlar ezofagit va gastritga xarakterli,
piloroduodenal sohadagi og'riqlar - antral gastrit, gastroduodenit va o'n ikki
barmoqli ichak yara kasalliligiga xos. O'ng qovurga osti sohasidagi og'riqlar o't
ajratish yo'llari kasalligiga xarakterli. Kindikdan yuqori va chapda belboqsimon
og'riqlar pankreatitda kuzatiladi. qorinning hamma qismida og'riqlar
enterokolitlarda kuzatiladi. O'ng yonbosh sohasidagi og'riqlar appendisit,
proksimal kolit, ileitga xos. Qorin palpasiyasi og'riqli nuqtalar va oldingi qorin
devoridagi og'riqli sohalarni aniqlaydi, ular orqali qaysi organ zararlanganligi
to'g'risida bilib olish mumkin.
Shoffar zonasi - ikkita o'zaro perpendikulyar chiziqlar o'rtasida hosil bo'lgan yuqori
o'ng burchak, kindik orqali o'tadi, bissektrisalarni teng ikkiga bo´ladi. Bu yerda
oshqozon osti bezining tanasi joylashadi. Dejarden nuqtasi - o'ng yuqori
kvadrantning bissektrisasida joylashgan. Bu oshqozon osti bezi boshchasi
shikastlanishida kuzatiladigan og'riq nuqtasi.
Meyo-Robson nuqtasi - chap yuqori kvadrant bissektrisasida joylashgan,
qovurgalar yoyiga 1/3 qism yetmaydi. Bu oshqozon osti bezi dumchasi
zararlanganda kuzatiladigan og'riq nuqtasi. Bolalarda o't pufagini paypaslab
bo'lmaydi, lekin togridan-togri o't pufagi va o't yullari zararlanishini bildiradigan
ko'p sonli simptomlar mavjud.
83
Merfi simptomi. Tekshiruvchi qo'l barmoqlarini o't pufagi proeksiyasi sohasiga -
qovurgalar yoyining pastki qirrasiga qo'yadi (o'ng qorin to'g'ri mushagini
qovurgalar yoyi bilan kesishgan joyi). Nafas olganda bemor kuchli va birdan
yuzaga keluvchi og'riqni sezadi.
Ortner simptomi. Nafas olganda qo'l qirrasi bilan o'ng qovurga osti sohasiga
tukullatganda og'riq paydo bo´ladi. Bu vaqtda bemor nafas chiqarganda og'riq
bo'lmaydi. Kuchli yallig'lanish bo'lsa og'riq o'ng qovurg'a osti sohasiga
tukullatganda ham seziladi.
Ker simptomi. Oddiy palpasiyada nafas olganda o't pufagi sohasida og'riq seziladi.
Frenikus simptomi (Myussi simptomi). Ko'krak o'mrov-so'rgich mushaklari
oyoglari o'rtasiga bosilganda og'riq seziladi.
Boas simptomi. Orqada VIII-umurtqadan o'ngga bosilganda reflektor og'riq
seziladi.
Mendel simptomi - bukilgan barmoqlar bilan epigastral soxaga tukullatilganda
og'riq paydo bo'lishi. Bu simptom oshqozon yara kasalligida mumbat bo´ladi.
Ishtaha - bola sog'ligi holatini baholovchi juda keng tarqalgan va universal
mezonlardan biri. Ishtaha yuqoriligiga qaraganda, ko'proq ishtaha pasayishiga
shikoyat qilishadi. Bu ikkala holat ham bir xildagi e'tiborni talab etadi. Normada
ovqatni qabul qilish jarayoni ikkita gipotalamik markaz bilan boshqariladi: yon
tomondan "och qolish" markazi va ventromedial "toyish markazi". "Toyish
markazi" "och qolish" ni sondiradi, ovqat qabul qilingandan keyin bu toyinish
hissiga olib keladi. Xolesistokinin peptidi to'yish ta'sirini chaqiradi va ovqatni
tutish regulyasiyasida qatnashadi. Oshqozon mushaklari gipertonusi ishtaha
kotarilishiga sabab bo´ladi, oshqozonning gipotoniyasi - ishtahaning pasayishiga
olib keladi. Ota-onalarning eng ko'p shikoyati bolada ishtaha yog'ligi, ishtahaning
yomonligi yoki ovqat vaqtida injiq bolishidan iborat bo´ladi.
Anoreksiya (anorexis) -ovqat yeyishdan bosh tortish, ovqat yeyishni
hoxlamaslik, ishtahaning pasayishi (hyporexis). Anoreksiyani sitofobiya bilan
almashtirmaslik kerak.
Sitofobiya bu ovqatlangandan song ogriq yo’ki behalovatlik hissi paydo
bo´ladi deb gumon qilib, ovqat yeyishdan qorqishga aytiladi. Sitofobiya oshqozon
yarasi, regionar enterit yoki ichak ishemiyasida klassik simptom hisoblanadi. Ota-
onaning bolada ishtahaning yomonligi to'g'risidagi shikoyati xar doim tanqidiy
muhokamani talab qiladi. Agar bola yaxshi rivojlansa, normal oziqlangan,
jismonan va ruhiy faol, jismoniy zo'riqishni yaxshi ko'tarsa, u holda bola sog'lom,
undagi ishtaha pastligi organik buzilishlar bilan emas, balki psixogen ta'sirlanish,
ota-ona va bola o'rtasidagi kelishmovchiliklar bilan bog'liqdir. Anoreksiya
ko’pgina kasalliklarda rivojlanadi, shuning uchun unchalik katta diagnostik
ta'sirga ega emas. Lekin ishtahaning uzoq muddat buzilishi, anoreksiyani boshqa
simptomlar bilan taqqoslashda katta diagnostik ahamiyatga ega. Chaqaloqlarda
anoreksiya markaziy nerv tizimining perinatal shikastlanishida, aminoasiduriya,
umumiy kasalliklardagi intoksikasiyada (pnevmoniya, sepsis, otit, pielonefrit va
boshqalar), kuchsiz va chala tuhilgan bolalarda, og'iz boshlig'ining tug'ma
nuqsonida kuzatiladi. Bola hayotining birinchi yilida ishtahaning pasayishi
(ko'krakdan bosh tortish), o'tkir kasalliklar boshlanishi (pnevmoniya, ichak
84
infeksiyasi va boshqalar), ichak disbakteriozi, temir tanqisligi anemiyasi,
gipovitaminoz D, nerv-artritik diatez, otit va boshqalarda kuzatiladi. Maktabgacha
va maktab yoshidagi bolalarda ishtaha pastligi bir tomonlama ovqatlanishda va
gipovitaminozlarda, o'tkir va surunkali infeksiyalarda, og'ir anemiyalarda, endokrin
disfunksiyalarda, intoksikasiya, nerv-artrit diatezda, harakat yetishmovchiligida va
boshqalarda kuzatiladi. Anoreksiyaning nevrotik shakli zo'rlab ovqatlantirilganda
yuzaga keladi. O'tkazilgan kasalliklardan keyin, bola tana vaznini tiklashi uchun
uni zo'rlab ovqatlantirishga harakat qilish shartli manfiy reflekslarni yanada
kuchaytiradi. Bolaning ishtahasi bolalar bog'chasi yoki maktabga qatnashdan
oldin xayajonlanish, ovqatdan oldin shirinliklar iste'mol qilish yoki ko'p miqdorda
sut ichish, shuningdek, bola oynayotganda emizish natijasida pasayishi mumkin.
Fruktozani qabul hila olmaslikda ishtahaning o'zgarishi tanlangan turda bo´ladi
(bolalar mevalar, shirinliklarni iste'mol qilishmaydi)
Ishtahaning ortishi (hyperorexis), polifagiya (polys- ko'p, phagein- ko'p
yeyish) yoki "bori ishtaha"-bulimiya (bus- tana, (xokiz) limos-och qolish (bola
haddan tashqari tana vazniga ko'p qo'shsa, ota-onalar shifokorga murojaat
etishga majbur bo´ladilar, ba'zi ota-onalar bola ishtahasi yuqoriligidan xursand
bo´ladilar, bu holatni sog'lomlik belgisi deb baxolaydilar, bundan tashqari oilada
hamma ko'p ovqat yeyishi va semizlikni hisobga olish zarur. Bolalarda ishtahaning
yuqori bo'lishi qandli diabetda, surunkali pankreatitda, tireotoksikozda kuzatiladi.
Bulimiya massiv kortikosteroidli terapiya natijasida ham bo´ladi. Miya ozagi
yallig'lanishi, ensefalit qoldiqlari bulimiyaga olib kelishi mumkin, u aqliy zaiflik
va ba'zida kandsiz diabet bilan bog'langan. Gijjalar, asosan tasmali gijjalar bilan
zararlanish ham ishtahani yuqori bo'lishi bilan xarakterlanadi.
Bulimiya rivojlanishi oila ichidagi munosabatlar buzilishiga - ona va bola
o'rtasida majoraga olib keladi, bola o'zini tashlangandek his qiladi, bunda bola uni
erkalashlaridan ko'ra ovqatlanishdan ijobiy emosiya oladi.
Aynigan ishtaha (paraorexis) - yeyish mumkin bo'lmagan, ist'emol
qilinmaydigan maxsulotlarni ist'emol qilish, bular yer, shtukaturka, qog'oz, ko'mir
va boshqalar. Bu xolatlar debil (aqliy zaiflik), tashlangan bola va nevropatiyada
kuzatiladi. Ta'mning buzilishi temir yetishmovchilik holatlarida ham kuzatiladi.
Ko’ngil aynash - yogimsiz, og'riqli sub'ektiv sezgi bo'lib, qayd qilishga olib
keladi yo’ki qayd qilishdan keyin kuzatiladi. Ko'ngil aynashi oshqozon funksional
aktivligining pastligi va o’n ikki barmoqli ichak, ingichka ichak harakat funksiyasi
o'zgarishi bilan bog’liq. Ko'ngil aynashi intraduodenal bosim yuqoriligida yuzaga
keladi, shuning uchun ko'proq o'n ikki barmoqli ichak kasalliklarida kuzatiladi:
duodenit, gastroduodenit, o'n ikki barmoqli ichak yara kasalligi. Qusish bilan bir
vaqtda bo'luvchi ko'ngil aynashi vegetativ nerv tizimi aktivligining o'zgarishi bilan
keladi (asosan parasimpatik): teri rangining oqarishi, ko'p ter ajralishi, ko'p so'lak
ajralishi, kamquvvatlik, bosh aylanishi, quloqlarda shovqin, gipotenziya va
bradikardiya (vazovagal sindrom).
Qusish (vomitus) - oshqozondagi ovqatni og'iz orqali reflektor chiqarish akti.
qusish uzunchoq miyada joylashgan ikkita xar-xil funksional markazlar bilan
boshqariladi: qayd qilish markazi va xemoreseptor trigger zona bilan bog'langan.
Xemoreseptorlar qusish aktini o'z-o'zidan chaqira olmaydi, lekin uning aktivasiyasi
85
uzunchoq miyada joylashgan qusish markaziga efferent impulslarni yuboradi, u esa
o'z navbatida qusish aktini chaqiradi. Bu ikki markaz bir-biriga va vegetativ hamda
vazomotor funksiyalarni nazorat hiluvchi miya o'zagining boshqa markazlariga
yaqin joylashgan. qusish markazi afferent signalni ichak va boshqa organlardan
oladi, yuqorida ko'rsatilgan kortikal markazlardan asosan, ichki quloq apparati va
trigger zonasidan oladi. Qusishda diafragmal nerv (diafragmaga), orqa miya
nervlari (qorin devori mushaklariga) va visseral efferent nervlar (oshqozon va
qizilongachga asosiy efferent o'tkazuvchi yo'l bo'lib xizmat qiladi. qusish simpatik
va vegetativ nerv tizimi, tomoq, oshqozon-ichak trakti va ko'krak qafasi, skelet
mushaklari, qorin boshlig'ini o'z ichiga oluvchi fiziologik aktning oxirgi
bosqichidir. qusishning boshlanishi xolsizlik, oqarish, ter ajralishi, bradikardiya va
arterial qon bosimining tushishi bilan kechadi.
Bemor chuqur nafas oladi, halqum usti tushadi va halqum ko'tariladi, bu
nafas yo'llariga qusqi moddalari tushishidan saqlaydi. qusish aktida muhim rolni
diafragma va qorin old devori mushaklari qisqarishi o'ynaydi, oshqozon boshlanish
qismi yopilganda oshqozon mushagining
antiperistaltik qisqarishi yuzaga keladi. Barcha o'rganlar kasalliklari asosan bosh
miya kasalliklari qusish bilan kechadi. Kelib chiqish mexanizmiga qarab,
qusishning bir qancha turlari ajratiladi.
Markaziy (miya, nerv) qusish. Nerv tizimi kasalliklari (bosh miya shishi,
yallig'lanish, gipoksemiya, jaroxat, o'tkir gidrosefaliya, osmalar va boshqalar) kalla
ichi bosimini oshiradi, qusishga sabab bo´ladi. Ichki quloq apparati va uning
markaz bilan bog'liqligining shikastlanishi ham ko'ngil aynash va qusish bilan
kechadi. Miyaga bog'liq qusish ovqat yeyish bilan bog'liq bo'lmaydi, kungil aynash
kuzatilmaydi, bu turdagi qusish bemor holatini engillashtirmaydi, qusiq moddalari
xidsiz, xira bo´ladi. Klinikasida bosh og'rishi, ko’rishning buzilishi va xushsizlik
ustunlik qiladi, oshqozon-ichak trakti kasalliklari kuzatilmaydi.
Gematotoksik qusish - jigar va buyrak yetishmovchiligida, moddalar almashinuvi
kasalliklarida (galaktozemiya, asetonemik qusish, diabetik prekoma va boshqalar),
digitalisli intoksikasiya, gipervitaminoz D, o'tkir zaharlanish va boshqalarda
kuzatiladi.
Visseral yo’ki chin reflektor - bu qizilo'ngach, oshqozon, ichakli qusishdir.
qizilongachli qusishni (chin qusish va qayd qilishdan farqi) ovqat va suyuqliklarni
oshqozonga yetib bormasdan chiqarib tashlash, bu tug'ma qizilongach atreziyasi,
tug'ma yoki orttirilgan qizilo'ungach stenozlari, uning divertikuli, axalaziyasida
kuzatiladi. qusish ovqatdan keyin darrov yuz beradi, bunda hushi moddalari
nordon, hidsiz (oshqozon shirasi bilan bog'liqligi bo'lmaydi), oz miqdorda, hazm
bo'lmagan ovqatdan tashkil topgan bo´ladi.
Oshqozondan qusish - ko'proq oshqozon kasalliklarida yuzaga keladi. O'tkir
va surunkali gastritlar, gastroduodenitlar, yara kasalligi, ichak infeksiyalari va
toksikoinfeksiyalarda qusish kongil aynash bilan bog'langan, bu uni qusish
markazini qo'zgalishi bilan bog'liq qusishdan farqlaydi. U odatda ovqat yeyish
bilan bog'liq, bolaga vaqtinchalik yengillik olib keladi. Oshqozondan keladigan
qusuq moddasiga nordon xid xos. qusuq moddasida hazm bolmagan ovqat qoldigi,
shilliq, qon (kofe quyqasi rangi) aniqlanadi.
86
Yengillik olib kelmaydigan qusish, gepatobiliar tizim va oshqozon osti bezi
kasalliklariga xarakterlidir. K'p qusganda qusuq moddalarda o't aniqlanadi, uni
chaqiruvchi sababiga bog'liq emas. Uni yuzaga kelishiga duodenogastral reflyuks
sabab bo´ladi. O'n ikki barmoqli ichakda tug'ma mexaniq to'siqlik (ichak yorugi
ichki stenozi, o'n ikki barmoq ichak atreziyasi, anulyar oshqozon osti bezi va
boshqalar), pilorostenozdan farqi, tuhilgandan keyin 4-5 kunda o't aralash qusishni
vujudga keltiradi. qusish akti davomiy va kuchli bo'lsa, yuqori bosim ostida
qizilongachning yo’rilishiga (Burxov sindromi) yoki oshqozon kardial qismi shilliq
qavatining chiziqli yorilishiga olib keladi, bu oshqozondan qon ketishini chaqiradi
(Mallori-Veyss sindromi). Bir oygacha bo'lgan chaqaloqlarda "favvorasimon"
qusish kuzatiladi. Bu pilorostenozning tipik belgisi bo'lib, chuqur tekshirishga
ko'rsatma hisoblanadi (oshqozon UTTsi, kontrast moddasi bilan rentgenosko’piya).
Oshqozon boshlanish joyi stenozida qusiq moddalari hajmi tushgan ovqatdan ko'p,
chirigan xidli, o't bo'lmaydi. Megaduodenumda aksincha, qusqi moddasida o't
bo´ladi. Pilorospazmda ko'p qusadi, hazm bo'lmagan ovqat miqdori unchalik ko'p
emas. Bola hayotining birinchi yilida qusish turlari qayd qilish, qorinning
taranglashisiz, zo'riqishsiz yuzaga keladi.
Oshqozondan qayd qilish bola xolatiga, emizishdan keyingi vaqtiga va kayd
qilishning kuchiga, bolaning kayfiyatiga, ovqat hazm bo'lish xajmi, darajasiga
bog'liq emas. Aynan bu reaksiya qayd qilish va qusish o’rtasitdagi differensial
tashhisdagi farq bo'lib xizmat qiladi, bu bezovtalik, tilni sorish, yuzning qizg'ish
yo’ki oqimtirligi bilan almashinishiga bog'liq. qayd qilish ichak infeksiyalarining
boshlanish belgisi bo'lishi mumkin, qayd qilish soglom bolalarda ham kuzatiladi.
qayd qilish bolani sun'iy ovqatlantirilgandan keyin tebratish, birdaniga va tez
qimirlatish, epigastral soxasiga bosim berish natijasida bolishi mumkin.Chuqur,
qar tomonlama tekshirish "kalta" qizilo'ngach, kardiya axalaziyasini tashxislashga
yordam beradi.
Ichakdan qusish - ichak o'tkazmasligida (invaginasiya, buralib qolish,
o'smalar va boshqalarda) kuzatiladi. qusish ko'p miqdorda, tez-tez, najas xidi
(ichak tarkibi bilan), najas va gazlar ushlanib qolishi bilan kechadi. U qorinda
sanchiqsimon og'riqlar bilan xarakterlanadi.
Qonli qusish (gematemezis) - gastroduodenal eroziya va yaralarda ezofagit,
oshqozon osmasi, yirik tomirlar shikastlanganda, portal gipertenziyada qizilongach
va oshqozonning kengaygan venalaridan, gemorragik diatez, leykoz, sepsis,
oshqozon shilliq qavati kuyishi, Mallor-Veyss sindromi, gemangioma va
boshqalarda yuzaga keladi. Qusiq moddasida qon rangi oshqozondagi tuz
kislotaning konsentrasiyasi va uni qon bilan aralashuviga bogliq. Agar qusish qon
ketish vaqtida bo'lmasa, birmuncha vaqtdan keyin yuzaga kelsa, bu vaqtdan qon
oshqozon tarkibi (tuz kislota) bilan aralashadi, qusuq moddasi tuznordon gematin
hisobiga kofe quyqasi rangini oladi. Nahorda ko'p qusish va yarim tunda qusish,
toq-qizil laxta-laxta, qizilo'ngach va oshqozon kardial qismi venalari varikoz
kengayishidan dalolat beradi. Oshqozon-ichak traktiga, o'n ikki barmoqli ichakdan
pastga tushgan qon oshqozonda kam hollarda soriladi. qusiq
moddasida
qon
izlari ona ko'kragida yoriq bo'lsa, bola emganda yoki burundan, burun-tomoq
yuqori qismidan qon ketganda bolishi mumkin. Najasni bir martalik qora rangda
87
bo'lishi uchun 60 ml qon zarur, o'tkir qon yogotishda, ko'p qon miqdori ajraladi,
uch sutka davomida melena ko'rinishida bo´ladi. Najas rangi normallashgandan
keyin yashirin qonga test bir hafta va undan ko’proq davrda ham musbat bo'lishi
mumkin. Fiziologik jihatdan qusish hazm sistemasining himoya reaksiyasi
hisoblanadi. Oshqozonni sifatsiz yoki toksik moddalardan tozalaydi. Shuningdek,
uzoq, to'xtovsiz qusish, organizmdan suv va elektrolitlarni yo'qotishga olib keladi,
buning natijasida suvsizlanish va alkaloz bilan xlorpenik koma rivojlanadi,
surunkali xolatlarda organizm charchaydi (quriydi).
Regurgitasiya - ovqatning oshqozondan og'iz boshlig'iga qusishsiz
qaytishidir. Regurgitasiya ko'pincha, gastroezofagal reflyuks, qizilo'ngachning
mexanik yoki funksional torayishida (axalaziyada) kuzatiladi.
Ruminasiya - bu yaqinda yeyilgan ovqatni qayta chikarish, tuflab tashlash
yo’ki qaytadan yutish. Bu sikl ovqat qabul qilingandan keyin bir soat davomida bir
necha marta davom etishi mumkin va odatda og'izda nordon ta'm paydo bo'lgandan
keyin toxtaydi, bolalar buni o'ziga yogqandek bajaradi, pastki jag'ni harakatga
keltirib, til bilan xuddi chaynayotganga o'xshab, bu akt yutish harakati bilan
tugallanadi. Ba'zida bolalar barmoqlarini og'ziga chuqur tiqib, regurgitasiyani
chaqiradi. Bu xolatlar aqliy zaif bolalarda, bolalar uyida tarbiyalanayotganlarda,
nevropatik konstitusiyasi bor bolalarda, tarbiyaviy ishlar yetarlicha olib
borilmaganda kuzatiladi.
Qayd qilish va qusish bolalarda oshqozon-ichak trakti funksiyasi
buzilishining belgisi hisoblanadi. Asosiy kasallikning klinik simptomlari aniq
bo'lsa, qusishning funksional sabablari diagnostikasi qiyinchilik tu?dirmaydi.
Organik genezli qusishni differensial-tashhislash uchun to'g'ri yihilgan anamnez va
ob'ektiv tekshirish bilan bir qatorda, qo'shimcha maxsus tekshirish usullari
(endosko’piya, radionuklid diagnostika, angiografiya, kompyuter tomografiya va
boshqalar) talab qilinadi.
Zarda - qizilongach yolida, to'shning orqasida issiqlik yo’ki achishishni his
etish, va qizilo'ngachga oshqozondan nordon ovqat qoldig'ini o'tishi bilan
belgilanadi, gastroduodenal reflyuksda, ezofagitda kuzatiladi. Epigastral sohaga
bosilganda zarda kuchaysa, bu kardiya yetishmovchiligi va qizilongachning
qizilongach teshigi churrasida bo´ladi.
Kekirish - qizilongach yo’ki oshqozondan gazning og'iz boshlig'iga ajralishi,
ba'zida oshqozon tarkibining unchalik ko’p bolmagan miqdori bilan kekirish
intragastral bosim natijasida kardial sfinkter yetishmovchiligida yuzaga keladi.
Kekirish ezofagitda va gastroduodenal patologiyada (diafragma qizilo'ngach
teshigi churrasi, kardiya yetishmovchiligi, ezofagit, gastroduodenitda) yuzaga
keladi. Bolada bir yoshgacha kardial sfinkterning yaxshi rivojlanmaganligi sababli,
ko'pincha havo bilan kekirish (aerofagiya) kuzatiladi, bu emizishning buzilishi
(galaktoreya, ko'krakda keng yoriq va boshqalar) bilan belgilanadi.
Meteorizm va flatulensiya. Ma'lumki sog'lom odamlarning ovqat hazm qilish
trakti orqali qar sutkada gaz miqdori otadi va bu tabiiy jarayon deb qabul qilinadi.
Ko'p miqdorda gaz to'planishi aerofagiya bilan chaqirilgan bo'lishi mumkin,
disbakteriozda ichakda ko'p miqdorda gaz hosil bo'lishi bilan (uglevodlar qabul
qilish, karam, dukkaklilar, ichakda gaz sorilishining buzilishi, yurak kasalliklarida,
88
jigar sirrozida, to'liq yoki notoliq ichak tutilishida) kuzatiladi. Ko'pgina mualliflar
fikriga ko'ra, qorinning funksional dam bo'lishi va og'riq, ichak harakat
aktivligining buzilishi bilan bog'liq, bemor ichagidagi gaz, sog'lom odam ichagida
to'plangan gaz xajmidagidek bolsa ham og'riq sezadi. Sog'lom odamda ovqat
hazm bo'lganda 15 xil gaz hosil bo´ladi, uning ko’p qismi ichak shilliq qavatida
so'riladi, 2 litr atrofidagisi tashqariga chiqariladi. Normada asosiy gazlarni yo'g'on
ichakda hosil bo´ladigan uglevodorod gazi va vodorod, qo'shimcha unchalik ko'p
bo'lmagan yiringli gazlar, ichakda ajralayotgan gazga xarakterli xid beradi.
Ingichka ichak yuqori qismida SO2 hosil bo´ladi, oshqozondan NSE yo’ki ovqat
bilan yog kislotalari bikarbonat bilan neytrallashtiradi. 20 dan 60% gacha gaz
(ichakda joylashadi) yutayotgan havo qismiga to'g'ri keladi. Xromatografik
tekshiruvda azot va kislorod topilishi, ular manbaini ichakda bo'lishi yutilgan havo
orqali tushishi bilan tushuntiriladi. Ichakda yuqori gaz hosil bo'lishi, ma'lum ozuqa
mahsulotlarini ishlatishga bog´liq, jumladan, karam, donlilar, qora non, uglevod
sorilishi buzilganda (laktoza, saxaroza), ingichka ichakda patologik bakterial
kolonizasiya yoki lamblia intestinalis bilan infisirlanishga olib keladi.
Flatulensiya (gazlar ajralishi) ich qotishda kuzatiladi, yiringli fermentasiya
bilan kechadi. Ko'pincha gazlar defekasiya vaqtida chiqadi. Yogon ichakda katta
miqdorda gaz to'planishi, gaz ajralishiga sabab bo´ladi. Meteorizmni davosi
diskomfortni yengillashtirishga qaratilgan, maqsadi aerofagiyani pasaytirish,
ichakda gaz hosil bo'lishini kuchaytiradigan ozuqa mahsulotlarini ishlatishni
chegaralash kerak.
Najas o'zgarishi. Bolalarda eng ko’p uchraydigan shikoyatlardan biri najas
o’zgarishidir. 1,5-2 yoshda sog'lom bolalarda najas konsistensiyasi tashqi va ichki
anal sfinkterlar va puborektal ilmoqlar hisobiga ta'minlanadi. Najasni ushlab
turmaslik, defekasiya refleksining bolmasligi, bu refleks bilan boshqarishni
boshqara olmaslikka aytiladi. Defekasiya aktida orqa miyaning bel va dumg’aza
qismida joylashgan markazlar qatnashadi. Bundan tashqari defekasiya aktida bosh
miya po'stloп'i qatnashadi. Uzunchoq miya IV qorincha tubi sohasida qusish va
nafas markazlarida ham defekasiya markazi joylashadi. Markazlar yaqinligi
nafasning kuchayishi va qusish refleksi pasayishi bilan tushuntiriladi, anal
sfinkterlar tortilishi va nafas to’xtaganda boshqarilmagan defekasiya yuz beradi.
Yana bir markaz varoliev ko’prigi (bosh miya ko'prigi) sohasida joylashgan. Turli
xil ruhiy ta'sirlar natijasida ich kelishining susayishi mumkin.
Defekasiya - reflektor akt, o'z navbatida organ va tizimlarga bir qator
reflektor ta'sir ko'rsatadi. Yurak qon - tomir tizimiga reflektor ta'siri natijasida,
maksimal arterial bosim 40-60 mm.sim.ust, minimal - 10-20 mm. sim.ust., puls bir
minutda 20 martaga kuchayadi. Defekasiya refleksi to'g'ri ichak reseptorlarining
ta'sirida kozg'alishi mumkin, uni najas massasi bilan to'lganda va bosimni 40-50
mm.sim.ust.
oshishi
kuzatiladi.
Supraspinal
markazlar
bu
jarayonni
progressivlashtiradi, togri va sigmasimon ichak to'g'ri ichakda bosimni kotaradi va
rektosigmal burchakni silliqlashtiradi. Ichki va tashqi anal sfinkterlarning boshashi
najas massalarining evakuasiyasiga olib keladi (ichki va tashqi sfinkterlar
defekasiyadan tashqari) tonik qisqarish holatida yotadi, najas massalari tushishiga
olib keladi. Bu jarayonda qorin ichi bosimini oshishi Valsalva qabuli yo’rdamida
89
kuchaytirish bilan (220 mm. suv. ust.) tushuntiriladi. Aksincha defekasiya akti tos
diafragma ko’ndalang-yo’l-yo’l mushaklari qisqarishi va tashqi anal sfinkteri
qisqarishi bilan tushuntiriladi. Bu togri ichakni surunkali tortilishiga, afferent
signallarni pasayishiga, tonus susayishi va surunkali ich qotishiga olib keladi.
Polifekaliya. Bolalarda najas miqdori yeyilgan ovqat va ichilgan
suyuqlikdan 2% ortiq bo´ladi. Yosh o'tgan sari najas miqdori ko’payadi. 1-3
yoshda najas miqdori sutkada ortacha - 92,2 g, 4-7 yoshda - 118 g, 8-11 yoshda -
153 g, 12-14 yoshda - 157 g ga ko’payadi. Bola hayotining birinchi yoshida
ekskrementlar miqdori katta yoshdagi bolalar va kattalarga nisbatan katta bo´ladi.
Ko'krak yoshidagi bolalarda najasning sutkalik miqdori ko'krak suti bilan
emizilganda, unchalik katta emas, o'rtacha 20-25g, qabul qilingan ovqatning 25%ni
tashkil etadi. Aralash va sun'iy ovqatlantirilganda najas massasi miqdori aralash
ovqatlantirishda 60 g, sun'iy ovqatlantirishda - 100 gr.
Polifekaliya
malabsorbsiya
sindromiga
xarakterlidir.
Disaxaridaz
yetishmovchiligida suyuq ko'pikli najas patologik aralashmasiz, nordon reaksiyali
(rN 6 dan kichik). Seliakiyada najas gomogen, patologik aralashmasiz, och-sariq
rangda bo´ladi. Bola hayotining birinchi yilida sigir suti oqsilini qabul hilaolmaslik
kuzatiladi va klinikada atopik dermatit va seliakiyaga oxshash sindrom bilan
yuzaga chiqadi. Surunkali pankreatitda polifekaliya va najas buzilishi fermentlar
yetishmovchiligi natijasida bo'shliq va membrana oziqlanishi topografiyasi
buzilishiga bog'liq bo´ladi.
Neyropatik ich ketishi - ruhiy zoriqishda regulyar ich ketish (qo'rquv, stress,
ota-onaning uydan ketishi va boshqalar), ko’p hollarda anamnez shunday
holatlarga oilaviy moyillik borligidan guvoh beradi. Uxlatuvchi va xolinoblokator
dorilarni ijobiy ta'siri tashqisni tasdiklaydi.
Ich qotish - uzoq vaqt ichak boshashining tutilishi (48-soatdan ko'p),
defekasiya aktining qiyinlashuvi, shuningdek kam miqdorda (sutkada 100 grdan
kam) najas kelishi yoki najasni yuqori qattiqligi, bemor ichagini to'liq
boshamaganligi hissini sezadi. Ich qotish organik va funksional xarakterda bo´ladi.
Eng ko'p uchraydigan sabablari:
1) ovqatlanishdagi nuqsonlar, yetarli ovqatlanmaslik, bir xil sutli ozuqalarni
iste'mol qilish;
2) ichak rivojlanishining anatomik nuqsonlari (dolixosigma, Girshprung kasalligi,
megakolon, anorektal zonaning tug'ma rivojlanish nuqsonlari (togri ichak
atreziyasi, ichak tug'ma stenozi va boshqalar).
3) ichakning atonik xolati;
4) orqa teshik va to’g’ri ichak yorig'i va tirnalishida reflektor ich qotishlar;
Bolalarda ko'p hollarda alimentar ich qotishi kuzatiladi, ishtahasi yomon
bo’lganda, kam miqdorda ovqat yeganda kuzatiladi, kletchatkaga boy bolmagan
mahsulotlarni ishlatish (asosan ona sutida yog’ ko’p bo´ladi), ovqatda oqsil va
hayvon yog'i miqdori yuqoriligi, hamda vitaminlar, kalsiy tuzlari kam (etarsiz)
bolishida ich qotish kuzatiladi. Bola tug'ilgandan keyin bir necha kungacha ichi
kelmasa, ichak tug'ma nuqsonlari haqida oylash kerak (megakolon, Girshprung
kasalligi, megasigma). Ko´krak yoshidagi bolalarda yuqorida keltirilgan
90
kasalliklardan tashqari gipotireoz, giperparatireoz, tubulopatiya, gipervitaminoz D,
gipokaliemiya, parxez buzilishi va boshqalar kuzatiladi.
Katta yoshdagi bolalarda ich qotish gipotireozda, kolitlarda, dolixokolon,
megakolonda bo´ladi. Ich qotishga mexaniq to’siqlik, dorilar qabul qilish
(atropinga o'xshash, katexolamin), feoxromositoma, alimentar sabablar olib keladi.
Funksional ich qotishlar orasida spastik yoki gipokinetik ich qotishlar
(yo’g’on ichakdan najas passajining funksional buzilishi ko’zda tutilgan) ko’p
uchraydi. Gipermotor diskineziyaga parazitar gijjalar va lyambliyalar, ichak
disbakteriozi olib keladi. Gipermotor diskineziyada najas - qattiq, alohida
bo’lakchalardan tashkil topgan bo´ladi, bolalar qorindagi ogriqga shikoyat qiladi.
Gipomotor turdagi diskinetik ich qotish astenik tana tuzilishidagi bolalarda, tana
vazni tanhisligi bor bolalarda kuzatiladi, ularda gastro- va enteroptoz aniqlanadi,
shuningdek mushak gipotoniyasi xarakterli bo'lgan kasalliklarda: mushak
gipotoniyasi; Daun kasalligi, miopatiya; sklerodermiya, miksedema, gipotireoz,
raxit va boshqalarda kuzatiladi.
Gipomotor diskineziyada najas massasi diametri kattalashadi (najas massasi
kuchsiz chozilgan ichakni to'ldiradi), qorinda kuchli, sanchuvchi og'riq paydo
bo´ladi. Bolalarda surunkali ich qotishda chirish mahsulotlarini ichakda sorilishi
hisobiga ozini yomon his qiladi: tez charchash, bosh og'rishi, ishtaha pastligi, uyqu
buzilishi kuzatiladi.Shartli reflektor ich qotishi - bolada odatiy turmush tarzi
ozgarganda, defekasiya vaqti ozgarganda kuzatiladi, ya'ni boqchaga, maktabga
qatnashishda. Psixogen ich qotish yuzaga kelishida uzoq va tez-tez stress holatlar,
oilada, maktabda, gipodinamiya bilan bir vaqtda emosional va aqliy zoriqish
muhim rol oynaydi.
Nevrotik ich qotishga olib keluvchi psixogen omillar ichak falaji yo’ki
spazmi klinikasini beradi. Ich qotishi vissero-visseral refleks tarzida hazm qilish
kasalliklari, siydik tizimi, bosh miya va orqa miya zararlanishi, ruhiy kasalliklar
natijasida ham yuzaga keladi.
Najasni otkir tutilishida mexanik yoki paralitik ichak tutilishiga gumon
qilish kerak. Ich qotishi tashqisi anamnez ma'lumotiga (qorinda ogriq, ishtaha
pastligi, bir necha kun najas ushlanishi, qattiq najas chiqishi, dori qabul qilish va
boshqalar), anus va togri ichakni barmoq bilan tekshirish, kolonosko’piya,
irrigosko’piyaga asoslanadi.
Najasni tutaolmaslik (enko’prez) - defekasiyaning funksional buzilishi, togri
ichak funksiyasi buzilishi va orka sfinkterning tashqi yoki ichki buzilishi,
ixtiyorsiz defekasiya bilan yuzaga chiqadi. Enko’prezga olib keladigan sabablar
turli xil. Najasni tutaolmaslik orttirilgan va tug'ma shaklda bo´ladi.
Enko’prezning tug'ma shakli orqa miya churrasida, o'smalarda, anal teshik
ektopiyasida, qorin - oraliq proktoplastikasida.
Enkoprezning orttirilgan shakli (funksional enko’prez) neyrogen va sensor,
psixogen (funksional megakolon), mushak yo’ki motor (tos cuyagi sinishi,
yaralarda, nekrotik paraproktit va boshqalar) sabablarda bo´ladi. Bunda tashqi va
ichki anal sfinkterlar puborektal mushaklar, tashqi va ichki sfinkterlar
koordinasiyasi buzilishi, barcha sfinkterlar yogligi yo’ki zararlanishi kuzatiladi.
Bolalarda chin funksional enko’prezning (kunduzgi, tungi, aralash shakli) bo'lishi
91
mumkin, to'g'ri ichak sfinkter apparati faoliyati buzilishi, yashirin yo’ki aniq
ta'sirlarda, bir marotabalik yo’ki uzoq ta'sir hiluvchi ruhiy effektlar ta'sirida
bo´ladi, yolg'on, opstinasion (najasni, paradoksal ushlab tura olmaslik), yo'g'on
ichak distal qismlari tolaligi va to'g'ri ichak reseptorlari sezuvchanligi pasayishi
natijasida, yogon ichakda surunkali dimlanish yuzaga keladi.
Funksional enko’prezning birinchi sabablaridan biri turli xil sabablar bilan
chaqirilgan vaqtinchalik ich qotishdir. Vaqtinchalik ich qotish yirik fekaloma hosil
bolishiga olib keladi, to'g'ri ichakni ikkilamchi kengayishi, defekasiya aktiga
bo'lgan talabni yo'qligi bilan xarakterlanadi. Ich ketish ustunlik qiladi, ichki
sfinkter, puborektal ilgak bilan birga anal kanal yuqori qismi kengayadi. Suyuq
najas, fekalomadan oqib, sfinkter apparati bilan boshqarilmaydi, natijada najasni
ushlab turaolmaslik yuzaga keladi.
Najasni tutib tura olmaslik sabablarga bog'liq bo'lmagan holda, bir xil tipda
klinik namoyon bo´ladi: quruq va ozoda bola to'satdan ko’p yo’ki kam miqdorda
najas massasini yo'qotadi. Bu holatlar o'tkir vujudga kelishi mumkin, tez
rivojlanadi va qisqa vaqtda sog'ayish bilan tugaydi yoki sekin rivojlanadi va
kuchayib boradi. Bola qar kuni va doimo joyini bulg'alaydi, undan yoqimsiz xid
keladi. Najasni o'tkir tutaolmaslik o'tkir ichak yallig'lanishi, og'ir kasalliklarda
xushni yo'qotish bilan, epileptik tutqanoqda, qo'rquv va kuchli vahimada
kuzatiladi. Enko’prezni diagnostika qilishda anamnez ma'lumotlari, ko'ruv (tashqi
yol teshigi o'lchami aniqlanadi, uning shakli, anal oldi va dumba sohalaridagi
o'zgarishlar), anus va tog'ri ichakni tekshirish (anal refleksi, anal sfinkteri tonusi va
erkin qisqarishi), rektoromanosko’piya, sfinkterometriya (anal jomi kuchi
baholanadi), elektromiografiya (mushak, to’qima va uning innervasiyasi, mushak
qisqarishi), dilatometriya (anal kolsosi tortilishi), rentgenologik tekshirish
(umurtqa poqona, tos cuyagi shikastlanishini bartaraf etish) o’tkaziladi.
Ich ketish, diareya - ichakni tezlashgan boshashishi, tarqoq, ba'zida ko’p
najas ajralishi bilan xarakterlanadi. Sababi, hazm bo'lish jarayonining buzilishi,
sorilish va asosiy nutrientlar transporti buzilishi hisoblanadi. Diareyaning to'rtta
turi ajratiladi: osmotik, sekretor, motor va ekssudativ.
Osmotik diareya turiga ichak bo'shlig'ida osmotik bosimning ko'tarilishi
xarakterlidir. Uglevodlar hazm bo'lishi va sorilishining buzilishi kuzatiladi
(disaxarid yetishmovchiligi: laktoza va saxaroza yetishmovchiligi; seliakiya - oqsil
gliadin yetishmasligi, sigir suti oqsilini kotaraolmaslik), shuningdek ichakda
yuqori osmotik aktiv moddalarning ko'p kelishi bilan xarakterlanadi. Ichak shilliq
qavati suv va elektrolitlar uchun erkin o'tkazuvchi hisoblanadi, plazma va ingichka
ichak o'rtasidagi tenglik kuzatiladi, chunki yo'g'on ichakda natriy faol ushlanadi,
osmotik diareyada kaliyni yo'qotish natriyni yo'qotishga nisbatan yuqori.
Ekssudativ diareya – yo’g’on ichak yallig'lanish kasalliklariga xarakterli,
divertikulez, invaziv infeksiyalar (dizenteriya, salmonellez va boshqalar),
ekkssudativ enteropatiyaga (ichak limfangiektaziyasi) tegishli. Ko'p hollarda
invaziv diareyada yogon ichak shilliq qavatida qo'zg'atuvchi ko’payishi yuzaga
keladi, yallig'lanish yuz beradi va najasda qon, shilliq paydo bo´ladi. O’z-oz’idan u
ingichka ichakda hazm bo'lish va sorilishning buzilishi rivojlanishiga olib
92
kelmaydi, ekssudativ yallig'lanishda ko’p oqsil miqdori yo’qoladii va
gipoproteinemiya rivojlanadi.
Diareyaning motor komponenti malabsorbsiya sindromi hamma xolatlarida
kuzatiladi, u ichakda hazm bo'lishning kuchayishi bilan bog'liq, osmo - va
baroreseptorlarni ichakda o'zgarishi, gormonal moddalarni aktiv sintezi,
motorikani kuchayishi (metionin, serotonin va boshqalar) hisobiga yuz beradi. Bir
qator holatlarda hazm bo'lishni pasayishi va ichak stazi kuzatiladi, bu disbakterioz
rivojlanishiga va diareyani boshqa mexanizmlari qo'sqilishiga olib keladi. Bu
kartina yo'g'on ichak yallig'lanishi kasalliklarida (yarali kolit, Kron kasalligi,
yo’g’on ichak divertikulezi) kuzatiladi.
Gastrointestinal qon ketishi. Erta va katta yoshdagi bolalarda oshqozon-
ichak traktidan qon ketishi ko'p uchraydi va hayot uchun xavfli hisoblanadi. Najas
xarakteriga ko’ra qon ketish manbaini aniqlash mumkin. Agar qon ketish
oshqozon-ichak trakti yuqori qismida joylashsa, qizilo'ngach, oshqozon, o'n ikki
barmoqli ichak va ingichka ichakdan qon ketsa, bemorda melena kuzatiladi (qora
gomogen najas), qondagi gemoglobin oshqozon shirasi, ichak florasi ta'sirida
o’zgarishi hisobiga yuz beradi. Bu ko’pincha qizilongach venalarini varikoz
kengayishida, oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yara kasalliklarida, medikament
genezli otkir yara kasalliklarida, gemorragik gastritlarda kuzatiladi. Yo’nbosh
ichak terminal qismida va yo'g'on ichakdan qon ketishida najasda qon rangi kam
o'zgaradi.
Anal teshigidan toza qon ajralishi ko'proq qon ketish manbaini yogon
ichakda joylashganidan guvoqlik beradi. Bu asosan, yo'g'on ichak yoki to'g'ri
ichak polipi (ichak polipozi sindromlari: Peytsa-Egersa, Gardner), to'g'ri ichak
shilliq qavati yorug'i, gemorroy, Mekkel divertikul yarasi, yarali kolit, Kron
kasalligi, ichak gemangiomasida kuzatiladi. Oshqozon-ichakdan qon ketishini
50%ni togri ichakdan qon ketish tashkil qiladi. Orqa teshik yorugida qon och-qizil
rangda, najasdan alohida aniqlanadi. Erta yoshdagi bolalarda invaginasiyada
najasda "maymunjon rangi" ko’rinishida qon aniqlanadi. Suyuq najas qon aralash
- dizenteriya belgisini bildiradi.
Chaqaloqlarda birinchi kunlarda qora rang najas differensial tashqisi
qiyinroq bo´ladi, chunki mekoniy yashil-qora rangda bo´ladi. Lekin qon
aralashmasiz mekoniy yo'rgakka yashil rang beradi, qon bilan birga mekoniy qizil
rang beradi. Bolalarda najasda yashirin qon manbaini qidirish uchun birinchi
orinda og´iz boshlig´i va burunni ko’rish kerak. Najasni qora rangda bolishi temir,
vismut, gemagen, karbolen dori vositalari yo’ki aniq maxsulotlar (jigar, gilos va
boshqalar) iste'mol qilish bilan bog’liq. Tashqis anamnez ma'lumotlariga asosan,
ezofagogastroduodenoskopiya, kolonosko’piya, skanir usuli, angiografiya o'tkazish
bilan qo’yiladi. Najasda yashirin qonni benzidin va ortotoulidin sinamalari bilan
aniqlanadi. Musbat sinama oshqozon-ichak traktidan qon ketganda, tarkibida temir
saqlovchi dorilar qabul qilinganda, ovqat tayyo’rlashda gosht ishlatilgandi
kuzatiladi, shuning uchun, najasni yashirin qonga tekshirishdan 3-kun oldin
rasiondan go´sht mahsulotlarini olib tashlash kerak, tishlarni tozalamaslik zarur.
|