Ko’krak yoshidagi bola uchun kerakli sut miqdorini aniqlash usullari
Agar navbatdagi emizishdan keyin godak ko'krakni qo´yib yuborsa,
"qoniqqan" ko'rinishga ega bo'lsa, keyingi emizishgacha tinch uxlasa, demak sut
unga yetarli bo´ladi. Sut hajmining yetarli ekanligining ob'ektiv belgilariga yosh
normasi, tana vazniga qo´shilishi, boshqa antropometrik ko'rsatgichlarning
ko’payishi, teri holatining yaxshiligi, yumshoq to´qimalar turgorining
saqlanganligi, peshob va axlat ajralishining normal miqdori kiradi.
108
Bola hayotining birinchi 10-kunida kerakli sut miqdori yetuk tuhilgan bola
uchun quyidagi formula bilan aniqlanadi:
N.P.Shabalov formulasi:
bir marta emizilgandagi sut miqdori (ml) = 3ml x hayoti kuni x vazni(kg)
G.I.Zayseva modifikasiyasiga ko´ra, N.F.Filatov formulasi:
Sutkalik sut miqdori (ml)= 2% tana vazni x hayot kuni
Bola hayotining 10-kunidan boshlab, sutkalik sut miqdori ikki xil usul bilan
hisoblanadi:
Geybner-Cherni "xajmiy" usuli.
Ovqat hajmi yoshi va tana vazniga bog´liq xolda tavsiya etiladi. Bunda tana vazni
o´rtacha yosh normasiga mos kelishi kerak.
Sutkalik sut miqdori 1 litrdan oshmasligi kerak.
10 kundan 1,5 oygacha-faktik tana vaznining 1/5 qismi;
1,5-4 oyda-1/6;
4-6-oyda-1/7;
6-12oyda-1/8 faktik tana vaznining qismlarini tashkil qiladi
M.S.Maslov bo'yicha kaloriyali usul:
Ovqatlanishning energiyali kiymati, bolaning 1 kg tana vazniga ?uyidagicha
bolishi kerak:
Yilning birinchi choragida - 120 kkal/kg sutkada
Ikkinchi choragida - 110kkal/kg sutkada
Turtinchi choragida - 100 kkal/kg sutkada
Bir litr ko’krak sutida 700 kkal bor.
Bir martalik emizish xajmini aniqlash uchun= sutkalik ovqat xajmi
umumiy emizish soniga
Bir yoshgacha bo´lgan bola sutka davomida 1000-1100 mldan ortiq ovqat qabul
hilmasligi kerak*
Sun'iy va aralash ovqatlantirish
Sun'iy ovqatlantirish - bolani ona suti o'rnini bosuvchi aralashmalar bilan
shisha idishdan ovqatlantirish, bunda bolani kuniga bir marta ko'krak suti bilan
emizish yo’ki ko'krak suti xajmi 50-100 ml ga teng bolishi ham mumkin.
Sun'iy ovqatlantirish bola uchun fiziologik hisoblanmaydi, bolaning kelgusi
hayotidagi biologik xususiyatlarni o'zgarishi va kasallanish spektrini o'zgartiradi.
Aralash va sun'iy ovqatlantirish faqatgina hayot ko´rsatmasiga asosan o'tkaziladi,
109
agar onasida adekvat laktasiya bolmasa, bolada surunkali och qolishga yuqori
moyillik bo'lsa.
4-10% tuqqan ayollarda adekvat laktasiya bo´lmaydi.
Ona tomonidan tabiiy ovqatlantirishga qarshi ko'rsatmalar:
Sil kasalligining basillo ajralishi bilan kechadigan ochiq shakli;
VICh infeksiyasi;
O´ta xavfli infeksiya (chechak, sibir yarasi), qoqshol;
Yurak, buyrak, jigar kasalliklarining dekompensasiya davri;
O'tkir ruhiy kasalliklar;
Xavfli o´smalar;
Agar onasi quyidagi yuqumli kasalliklar - qizamiq, suv chechak bilan
kasallangan bo'lsa, u holda bolaga immunoglobulin yuborilgandan so'ng ko’krak
bilan emizilsa bo´ladi. Terlama, surunkali gepatit, ich burug, salmonellezda - ona
sutini sog´ib, sterilizasiyadan keyin bolaga berish mumkin. O’RVI, angina, bronxit
va pnevmoniyadan keyin onaning tana qarorati tushsa va umumiy ahvoli
yaxshilansa bolani emizishga ruxsat beriladi. Bunda niqobdan foydalanish kerak va
emizish orasida ona va bola muloqotini chegaralash kerak.
Bolani emizishga jiddiy qarshi ko’rsatma, shuningdek sog'ilgan sut bilan
xam boqishga qarshi ko'rsatma bo’lib, onaning davosida ba'zi dori vositalarni
ishlatish hisoblanadi.
Tabiiy ovqatlantirilganda dori vositalar (Tatochenko V.K., 2000)
Qarshi korsatma
Ishlatmaslik yoki juda
ehtiyotkorlik bilan qabul
qilish
Extiyotlik bilan qabul
qilish
Amfetaminlar
Bromkriptin
Dietilstilbestrol
Immunodepressantlar
Tavegil
Meprobamat
Metamizol
Oltin preparatlari
Litiy preparatlari
Yotalga qarshi dorilar
Yod tuzlari
Tetrasiklinlar
Tiourasil
Fenindion
Xloramfenikol
Siklosporin
Simetidin
Antraxinonlar
kuchsizlantiruvchilar (sano,
sholg’om,
itshumurt
po’stlog’i)
Bromidlar
Vitamin D
Metaklopramid
Metronidazol
Narkotiklar
Oral kontraseptivlar
Psixotrop dori vositalari
Rezerpin
Salisilatlar (aspirin)
Fenobarbital
Estrogenlar
Aminazin
Anestetiklar
Antibiotiklar
Antigistaminlar
(tavegildan
tashqari,
u
qarshi korsatilgan)
Antikoagulyantlar
Antitireoid dori vositalari
Vitaminlar
Galoperidol
Gipotenziv dori vositalari
Indometasin
Kodein
Siydik haydovchi dorilar
Mushak relaksantlari
Parasetamol
Prednizolon
110
Ergotamin
Talvasaga qarshi
Yurak glikozidlari
Eufillin
Bola tomonidan ko’krak sutini emishga qarshi ko'rsatmalar:
moddalar almashinuvining irsiy kasalliklari, galaktozemiya, fenilketonuriya,
laktaza yetishmovchiligi.
Bugungi kunda aralash va sun'iy ovqatlantirish sanoat ishlab chiqarishiga
asoslangan moslangan quruq va suyuq sut aralashmalari bilan olib boriladi. Bola
hayotining birinchi yilida sun'iy ovqatlantirish uchun tarkibida soya saqlovchi
sutsiz mahsulotlardan foydalaniladi, ularning ozuqa ahamiyati sigir sutidan
tayyorlangan aralashmalardan kam emas. Ular asosan allergik kasalliklarga
moyilligi bo'lgan bolalarda ishlatiladi.
Sun'iy ovqatlantirish texnikasi
Aralash ovqatlantirilganda faqat bitta aralashmani ishlatish, sun'iy
ovqatlantirilganda ikkitadan ortiq bo’lmagan aralashmani qo'llash qulaydir.
Nordonroq aralashmalarni shirin yoki chuchuk bilan berish mumkin, u sutkalik
ovqat hajmining 1/3-1/2 qismini tashkil qiladi. Agar nisbatan erta aralash
ovqatlantirishga o'tkazish zaruriyati bo’lsa (3-5 oylardan oldin) laktasiyani
qo'zgatish uchun emizish sonini ko’paytirish kerak, keyin bir necha hafta
davomida aralashmalar bilan to'liq bo’lmagan ustama ovqatlantirish beriladi, so'ng
to'liq qo'shimcha ovqat bilan emizish sonini oldingi holatiga qaytiladi. Agar
laktasiya bir me'yorda bo'lsa (200-400 ml) aralash ovqatlantirishda bolani avval
ko'krakka tutish, so'ngra sutli bo'tqani berish kerak bo´ladi.
Aralash va sun'iy ovqatlantirishda ikki pog'onali ovqatlantirish tizimidan
foydalanish ma'qul: sut miqdorini aniqlash va aralashmani tanlash.
Bir yoshgacha bo'lgan bolalarni sun'iy ovqatlantirish
Yoshi
Amerika va Ovrupa
maktablari
Rossiya maktabi
Kun davomida emizishlar soni
Haoytining 1-haftaligi
6 – 10
7 – 8
1 haftalik - 1 oylik
6 – 8
7 – 8
1 - 3 oylari
5 – 6
7 – 6
3 - 7 oylari
4 – 5
6 – 5
4 - 9 oylari
3 – 4
6 – 5
8 - 12 oylari
3
5
Bir martalik emizishda aralashmalar hajmi, ml
birinchi 2 haftaligi 60
90
70
3 haftalikdan
2 oygacha 120
150 100
2- 3 oylari
150
180 120
111
3 - 4 oylari
180 – 210
160
5 - 12 haftaliklari
210 - 240
200
Aralashmalar bolaning tuz va vitaminlarga extiyojini qondiradi. Sun'iy
aralashmalarning osmolyarligi baland bo'lgani uchun ko'p suyuqlikni talab etadi.
Buni qondirish uchun bolani ovqatlantirishdan so’ng yoki oralig'ida qaynagan suv
berish kerak. Sun'iy ovqatlantirishdagi eng asosiy muammo bu bola organizmiga
zarar yetkazmaydigan, optimal adaptirlangan sut aralashmalarini tanlash
hisoblanadi. Bugungi kunda O'zbekiston xududida "Nestle" (Shveysariya)
kompaniyasi tomonidan tavsiya etilgan sut-qatiq mahsulotlari keng qo'llanib
kelinmoqda. Bir yoshgacha bo'lgan bolalarga zamonaviy moslashtirilgan sut-qatiq
aralashmasi zarur. Yangi "NAN Kislomolochniy" 1 va 2 aralashmalari ichak
mikroflorasi tarkibini yaxshilash, immunitetni mustahkamlash, o'tkir ichak
infeksiyalari rivojlanish xavfini pasayishi, oqsilning oson hazm bo’lishi va
singishi, mikroelementlarning mukammal tarzda singishi va yaxshi hazm qilinishi
bilan boshqa sut aralashmalaridan tubdan farq qiladi. "NAN nordon sutli " 1va 2
aralashmalari ona suti bo'lmaganda yoki yetishmaganda beriladi.Ba'zi qollarda
adaptirlangan aralashmalar "kazeinli formula" deb ataladi. Ularni tayyo’rlashda
sigir sutidan foydalaniladi, uning asosini oqsil komponenti kazeini tashkil etadi.
"Kazeinli" formulalarga uyidagilar kiradi "Similac" (SShA), "Nestogen"
(Shveysariya), "Malyutka" va "Malish" (Rossiya).
OPTI PRO ajoyib oqsil komponenti - oqsilning oson hazm bolishi va
singishiga yo’rdam beradi.
Birlamchi va ikkilamchi laktaza yetishmovchiligi bor bolalarga yangi "NAN
Bezlaktozniy" aralashmasi tavsiya etiladi. Uning afzalliklari: laktoza va saxarozaga
ega emasligi, nukleotidlar bilan boyitilganligi, uzun zanjirli politoyinmagan yog
kislotalari mavjudligi va optimallashtirilgan oqsil tarkibi.
Ovqat allergiyasi, atopik dermatit, ekzemasi bor bolalarga Nestle
kompaniyasining
"Alfare"
gipoallergen
aralashmasi
tavsiya
etiladi.
Adaptirlanmagan sutli aralashmalarni (sigir suti yo’ki boshqa xayvon suti) 9 oydan
oldin bolalarga berib bo'lmaydi.
Aralash ovqatlanish asosan onada gipogalaktiya bo нордон сутли lganda
tavsiya etiladi. Gipogalaktiyaga shubha bo'lsa bolada tekshiruv emizish o'tkaziladi
va qo'shimcha sut miqdori topiladi.
Aralash va sun'iy ovqatlantirishda ham sutkalik sut miqdori tabiiy
ovqatlantirish singari aniqlanadi.
Gipogalaktiya - laktasiya vaqtida sut bezlari ajratish funksiyasining
kamayishiga aytiladi. Ko'pincha onada gipogalaktiya emizish texnikasi
buzilganda, ovqatlantirishda yo нордон сутли l qo'yiladigan xatoliklarda, onaning
surunkali kasalliklarida, emosional zo'riqishda, xolsizlikda, yaxshi uxlamaslikda,
emizishga onada va uning oila a'zolarida xoxish bolmaganda kelib
chiqadi.Gipogalaktiyaning erta (tugruqdan keyingi birinchi 10 kun) va kechgi turi
bor.
Bolaning sutkalik ehtiyo’jiga kora sut defisitiga bog’liq holda gipogalaktiyaning 4
darajasi ajratiladi:
112
I - tanhislik 25% gacha;
II - 50%;
III - 75%;
IV - 75% yuqori
Gipogalaktiyaga shubxa bo'lganda bola emib olgan sut miqdorini aniqlash uchun
tekshiruv emizishini kamida uch marotaba o'tkazish kerak.
Laktasiyani ushlab turish usullari
1. Kun tartibiga rioya qilish: uyqu - kuniga 10 soat, toza havoda aylanish - kamida
2 soat;
2. Ko'p suyuqlik iste'mol qilish (kuniga 1,5-2 l)
3. Bolani tez - tez ko’krakka tutish, tungi emizishni cheklamaslik.
4. R.I.Zeyts bo'yicha dush va massaj qabul qilish: bolani emizgandan so'ng va sutni
sog'ib bo'lgandan so'ng ko'krak beziga issiq suv qo'yish (45° S) bilan bir mahalda
massaj (yuqoridan pastga so'rgichdan periferiyaga) o'tkaziladi, shu vaqtda sut
soqiladi. Davomiyligi 5-10 daqiqa, muolaja kuniga ikki mahal o'ng va chap ko'krak
uchun o'tkaziladi.
5. Emizishdan 30 daqiqa oldin sutli choy ichiladi.
6. Emiziklik onaga polivitaminlar buyuriladi.
QO'SHIMCHA OVQATLANTIRISh
Qo'shimcha ovqat berish deb - emizikli bolalarga ovqat maxsulotlari va
suyuqliklarni ko'krak sutiga qo’shimcha ravishda berishga aytiladi. Qo’shimcha
ovqat maxsulotlari bolaga 6 oyligidan boshlab beriladi.
Nima sababdan qo'shimcha ovqat buyurish zarur va bunda nimaga asoslanish
kerak.
Bola o'sib ulg'ayishi bilan birga uning harakatlari aktivlashadi va uning
ovqatga bo'lgan va fiziologik extiyojlarini to'la qondirish uchun ko’krak suti
yetishmaydi. Bu extiyojlarni (quvvat, temir va boshqa ona suti bilan kiruvchi
kerakli elementlarni) qondirish uchun, o’sayotgan bolaga qo’shimcha ovqat
buyurish zarur bo´ladi. qo'shimcha ovqat asab-mushak koordinasiyasining
rivojlanishi uchun ham kerak bo´ladi.
qoshimcha ovqatni rasionga to'g'ri va o'z vaqtida kiritish bolaning
salomatligini tiklash, ovqatlanish statusini yaxshilash va jismoniy osib ul?ayishni
ta'minlaydi.
Bolaga qo'shimcha ovqat buyurilishiga qaramay ona suti emizikli bola
rasionida asosiy ovqat turi xisoblanadi.
o 9 oylik bo'lguncha bolalarga sigir sutini ichish uchun berish mumkin emas,
lekin 6-9chi oylarda qo'shimcha ovqat tayyo’rlash uchun sigir sutidan foydalanish
mumkin. Bolaga 9-12 oyligidan boshlab sigir sutini ichishga berish mumkin.
Kam quvvatga ega qo'shimicha ovqat maxsulotlari quvvatni cheklashi mumkin,
shuning uchun ortacha quvvat zichligi 4,2 kDj (1 kkal)/g kam bolmasligi kerak.
Bolalarga 2 yoshgacha yog’ miqdori kam bo’lgan sut berish mumkin emas.
Bola rasionidagi qo’shimcha ovqat konsistensiyasi, mazasi, va ko'rinishi
jihatdan har - xil bo’lishi, bir vaqtni o'zida ko'krak suti bilan boqishni davom
ettirish kerak.
113
qo'shimcha ovqat mahsulotlari tuzli bo’lishiga kerak emas va ularni
tayyorlaganda ovqatga tuz qo'shilmaydi.
Qo'shimcha ovqatni qanday berish kerak va qaysi maxsulotlarni bunda ishlatish
mumkin?
Qo'shimcha ovqat 2 turga bo'linadi:
Oraliq davridagi ovqat - bu maxsus qo'shimcha ovqat bo'lib, emizikli bolani
fiziologik va spesifik ovqatga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish uchun qaratilgan.
Oila dasturxonidan ovqat yoki uy ovqati - bu erta yoshdagi bolalarning
qo'shimcha ovqat uchun ishlatiladigan maxsulotlari bo'lib, boshqa oila a'zolari
qabul qiladigan mahsulotlar bilan o'xshash bo´ladi.
Faqat ko'krak suti bilan parvarish qilishdan bolani ko'krak suti bilan
emizmaslikka o'tish davrida, yosh bolalarni asta sekin uy ovqatiga o’rgatish kerak
bo´ladi. Bola 1 yoshga to'lganida oila dasturxonidan ovqatlanishga jismonan
tayyor hisoblanadi. Og'ir ovqatlarni rasionga kiritish davriga va bu mahsulotlarni
ko'krak
yoshidagi
bolalar
qabul
qilishga
tayyorligi
asab-mushak
koordinasiyasining rivojlanishiga ta'sir ko’rsatadi. Rivojlanishning har xil
bosqichlarida kelib chiquvchi ko'pgina ovqatlanish reflekslari, qar xil turdagi
ovqatlarning rasionga kirishini yengillashtiradi yoki og’irlashtiradi.
Bolalar ovqatni og'ziga olib kelishni, chaynashni va boshqa ovqat qabul
qilish shartlarini bajarishni organganlarida ularni rag'batlantirish juda muhimdir.
Bu shartlarni bolaga o'z vaqtida o'rgatilmasa, keyinchalik ahloq va ovqatlantirish
muommolari tug'ilishi mumkin.
Bolani sun'iy ovqatlantirishda birinchi qo'shimcha ovqat (sabzavotli bo'tqa)
rasionga 4,5-5 oyligida, ikkinchi qo'shimcha ovqat 5,5 - 6 (sutli bo'tqa) oydan
boshlab
kiritiladi.
Birinchi
qo’shimcha ovqat vitaminlarga, temirga,
mikroelementlarga boyitilgan sutli bo'tqa bo'lishi ham mumkin. Tuxum sariqi 6
oydan, go'sht esa 7 oydan boshlab beriladi.
Ko'krak yoshidagi va erta yoshdagi bolalarda nerv tizimi rivojlanishi va
uning turli davrlardi qanday maxsulotlarni ishlatish mumkinligidagi axamiyati
Yoshi(oy)
Paydo bo'lgan refleks
ko'nikmalari
Qo'llanilishi
mumkin bo'lgan
maxsulot turlari
Maxsulotlarga
misollar
0 – 6
So'rish ko'krakni
so'rish va yutish
Suyuqliklar
ko'krak suti
4 – 7
Birinchi
chaynash
harakatlari
paydo
bo'lishi, so'rish kuchi
oshadi,
qusish
ref
leksining tilning o'rta
qismidan
orqa
qismiga
o’tishi
Ovqat bo'tqa
korinishida
sabzavot yoki meva,
yaxshi tekshirilgan va
maydalangan jigar va
go’sht
114
kuzatiladi
7 – 12
qo’shiqni lab bilan
tozalash, tishlash va
chaynash, tilning yon
harakati va ovqatni
tishlarga joylashtirish
qo'l bilan yeyish
mumkin bo’lgan
maydalangan yoki
bolaklarga
ajratilgan ovqat
yo’ki mahsulot ёки
маҳсулот
Go’sht maydalagich
dan o'tkazilgan va
yaxshi tekshirilgan
go´sht va jigar,
qaynatilgan va
maydalangan meva
va sabzavotlar, xom
meva va sabzavotlar,
boshoqlilar va non.
12 - 24
Aylanma chaynash
harakati, jag'lar
turg'unligi
Oila stolidan ovqat
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, ovqat mahsulotlarini qo'shimcha ovqat
sifatida bolalar rasioniga kiritish bolaning jismoniy rivojlanish bosqichlariga va
reflekslarning shakllanishiga bog'liq.
Sxematik buni 4 bosqichga bo’lishi mumkin.
1- bosqich. Bolani qoshiq yordamida ovqatlanishga o’rgatish. Kam miqdorda
ovqat berishdan boshlash (taxminan, 1 yoki 2 qoshiq).
2- bosqich. qoshiq yo’rdamida ovqatlanish ko'nikmasini o’rganganidan so'ng
bolaning ovqat rasionini kengaytirish va harakat konikmalarini o'rgatish lozim.
quyuq ovqatlarni bolaga buyurish ularni bemalol tayanchsiz otira olishiga, bir
qo’lidan ikkinchi qo'liga buyumlarni bemalol olishni bilishini ko’rsatadi.
3- bosqich. Chaynashni organish. harakat konikmalarini organganidan va tishlari
chiqqanidan so'ng bolalar narsalarni qo'lida ushlash va og'ziga olib borish va
ovqatni chaynashni o’rganadi.
4- bosqich. Bolani ovqatlantirish o'zi mustahil kattalar yo’rdamida ovqat qabul
qilish bilan birga kechadi.
Qo’shimcha ovqat kiritishning asosiy qoidalari
Qo'shimcha ovqat qabul qilishning eng qulay vaqti bu bola qorni ochgan va
ona bolaga ko'p vaqt ajrata oladigan vaqtdir. Kunning birinchi yarmi eng qulay
vaqt xisoblanadi.qo’shimcha ovqat kam-kamdan choy qoshigidan boshlab sekin
astalik bilan kupaytirib boriladi. Buning uchun ortacha quyuqlikdagi bir massali
bo'tqalardan, masalan guruchli sutli bo'tqa yo’ki kartoshkali bo'tqadan (pyure)
boshlash mumkin. Bola qo'shimcha ovqatga oson organishi uchun ovqatga
sohilgan ko'krak sutini qo'shish mumkin. Ko'krak suti kamayishining oldini olish
maqsadida bolaga qo’shimcha ovqatni ko'krak suti berilganidan so'ng buyurish
mumkin.
5-6 kundan so'ng ikkinchi qo'shimcha ovqatni, yana 5-6 kundan keyin 3-chi
yangi ovqatni berish mumkin. Bu vaqt ichida bola ovqat rasioniga ko'p
komponentli
ovqatlarni
kiritish
mumkin:
go'sht+sabzavotlar,
go'sht+
sabzavotlar+donli mahsulotlar.
Qo'shimcha ovqat quyuq bo’lishiga, lekin bola uni qoshiq yo’rdamida qabul
hila olishi kerak. Qo'shimcha ovqat assortimenti bo'yicha har xil mahsulot bo'lishi
kerak.
115
Donli mahsulotlar tanlanganda glyutensiz: guruch, grechka, joxori va shunga
o'xshashlarni tanlash kerak. Glyuten mannka, perlovka va ovsyanka
krupalarida bor.
Kamqonlikni oldini olish maqsadida, temir deposi bo'lgan go'sht bir
yoshgacha bolgan bolalarning ovqat rasionidagi eng kerakli mahsulot hisoblanadi.
Go´sht bola 6 oylik bo'lganidan so'ng qiymalangan qaynatma holda, keyinchalik
to'qralgan holda buyuriladi. Bolani ovqatlantirishda yogsiz mol, qo'y, parranda
go´shtidan foydalaniladi.
3 yoshgacha bo'lgan bolalar ovqatini tayyo’rlashda tuz, shakar va boshka
ziravorlardan foydalanish shart emas.
Qo’shimcha ovqatni notogri buyurish nimalarga olib kelishi mumkin?
Bolalarni notogri ovqatlantirish yo’ki boqish usullari, ularning jismoniy,
aqliy rivojlanishining buzilishiga va bu ozgarishlar bolaning salomatligiga salbiy
ta'sir ko’rsatishiga olib kelishi mumkin. qo’shimcha ovqatni oz vaqtida bola
rasioniga kiritish muhim rol oynaydi. Juda erta yo’ki kech qo’shimcha ovqatni
berish bolaning o’sib ulg’ayishiga havfli ta'sir ko’rsatishi mumkin.
Qo’shimcha ovqatlanishni o’z vaqtida boshlamaslik bilan bog’liq bo’lgan
xavf
Juda erta boshlash
Juda kech boshlash
Bola ona sutini emmay qo’yadi, bu esa
ko’krak suti ajralishining kamayishiga
va bolaning yetarli darajada energiya va
ozuqa moddalarini qabul qilishiga
to'sqinlik qiladi.
Faqat ko’krak suti bilan ovqatlan tirish
bolaning energiya va ozuq moddalariga
bo'lgan extiyojini to'liq qondira olmaydi
va buning natijasi da bola jismoniy
rivojlanishdan orqada qoladi
Kasallik chaqiruvchi mikroblar bilan
zararlangan qo'shimcha ovqat moddalari
va suyuqliklar bolada dispeptik
kasalliklarga va oziqlanishning
buzilishiga moyillikni orttiradi
O'suvchi organizmning mikronutri
yentlarga bo'lgan talabini ko'krak suti
tolik qondira olmaydi (asosan, temir, vit
A, rux)
Ko'krak yoshidagi bolalarda ichak
faoliyatining yetuk emasligi ovqat
allergiyasiga moyillikni orttiradi..
Harakat ko'nikmalarining optimal
rivojlanishi ta'minlanmagan, jumladan,
chaynash, yangi ta'm va ovqat
strukturasini bola ijobiy qabul qilishi
ta'minlanmaydi
Onalarga fertillik tezroq qaytadi
Turli yoshdagi bolalarni ovqatlantirish uchun tavsiya etiladigan ozuqa
maxsulotlari ("ovqatlanish savati")
6-11 oylik bola
Bo’tqa (guruchli, grechkali, arpali)+sariyog’+sut (aralashtirilgan 1:1)
Non
116
Kartoshkali va sabzavotli bo'tqa
Go´sht, baliq, jigar, tuxum sariqi
qatiq, kefir, suzma
Mevalar bo'tqasi yoki sharbati
12-23 oylik bola
Guruch, makaron mahsulotlari yo’ki b'tqa
Bo'tqa (guruchli, grechkali, arpali)+sariyog+sut (aralashtirilgan 1:1)
Non
Kartoshkali va sabzavotli bo'tqa
Go'sht, baliq, jigar, tuxum sariqi
qatiq, kefir, suzma
Mevalar
24 oylik va undan kattalarga
Non+sariyog yoki go'sht
qatiq+tvorog
Non, pechene
qaynatilgan kartoshka va sabzavot
Mevalar
Sigir suti yoki qatiq
Shisha va so'rgichlar nima uchun zararli?
Shisha idishdan emizish ich ketishiga moyillikni ko’paytiradi, tish va o'rta
quloq yalliglanishini kuchaytiradi va og'iz boshlig'i dinamikasini o'zgartiradi
Ko'krak yoshidagi bola ovqatlantirish vaqtida yetarli darajada diqqat e'tibor
ololmasliklari xavfi ortadi.
Shisha idish va so'rgichlarni cho'tka bilan doimiy yuviv, keyin qaynatib
sterilizasiya qilish lozim, bunda issiqlik energiyasi ko'p yo'qotiladi. Shuning
uchun respublikamizning qishloq sharoitida buni amalga oshirish qiyin.
Ko'p hollarda shishadagi aralashmalarga shirin qattiq moddalar qosqiladi, bu
esa tishlar kariesiga moyillikni oshiradi, xuddi sorgichlarni asal va shakarga
xollab berilgan singari.
Shisha idishdan ovqatlantirilgan bola ko'krak sutini yaxshi ema olmaydi. Bu
ko'krak bilan emizish soni va intensivligini buzadi.
Ko'krak yoshidagi bolalarni emizishni alternativ usuli piyoladan
ovqatlantirish hisoblanadi. Bu usulni ko'pincha ko'krak bilan emizishni kechroq
boshlash kerak bo'lgan bolalarga tavsiya qilinadi. Piyoladan to'g'ri ovqatlantirish
bolaga ovqat kirishini nazorat qilishni boshqarishga yo’rdam beradi; bolani oqziga
sutni quymaslik kerak.
117
Piyo’ladan ovqatlantirishning afzalliklari:
Bola ovqatlantirilganda tilidan foydalanadi
Bola o'zi piyoladan ovqatlanadi, qancha ovqat qabul qilish va uning vaqtini o'zi
belgilaydi
Piyo’la shishaga qaraganda xavfsiz, uni suv va sovunda oson yuvsa bo´ladi.
Shishaga qaraganda piyolani kamroq olib yuriladi shuning uchun bakteriyalar
ko’payishiga imkoniyat kamroq bo´ladi.
Ona yo’ki bolani parvarishlaydigan boshqa shaxs piyoladan ovqatlantirilganda
bolani ushlab turishi va u bilan ko'proq muloqotda bo’lishiga mumkin, bu esa
shishadan ovqatlantirishga nisbatan, bolani ruxiy stimullaydi.
Piyo’la bilan ovqatlantirishni 6-oygacha qo'llash qulay, chunki qoshiq bilan
ovqatlantirish ko'p vaqtni talab qiladi va ona bola to'yguncha ovqatlantirishni
toxtattib qoyishi mumkin.
6-9-oylik bolalar uchun taxminiy menyu
Bola talabiga ko'ra ko'krak suti beriladi
Bo’tqa (guruchli, marjumak (grechka), arpali) - sigir suti bilan aralashtirilgan
(1:1)-150-200 gr+4 gr sariyog
kartoshkali va sabzavotli bo'tqa - 150 gr, maydalangan go'sht (qush yo’ki baliq) -
10-30 gr+ o’simlik yog’i 5 gr, meva bo'tqasi yo’ki sharbati 50 gr.
Tvorog (suzma) 10-40 gr+qatiq - 100-150 gr, pechene 5 gr, tuxum sariqi 1 dona
9-12-oylik bolalar uchun taxminiy menyu
Bola talabiga ko'ra ko'krak suti
Bo’tqa (guruchli, grechkali, arpali) sigir sutiga aralashtirib (1:1)-150-200 gr+4 gr
sariyo’g
Kartoshka va sabzavotlar maydalangan yoki bulakchalarga kesilgan 150 gr,
maydalangan go'sht (1ush yo’ki baliq) -30-60 gr+osimlik yogi - 5 gr, meva botqasi
yoki sharbati 50 gr.
Tvorog (suzma) 40-50 gr+ qatiq 150 gr, non 5-10 gr, tuxum, sariyog 1 dona, sigir
suti - 100-150 gr12-23 oylik bolalar uchun taxminiy menyu
Bola talabiga ko'ra ko'krak suti
Bo'tqa (guruchli, grechkali, arpali) sigir sutiga aralashtirib 250 gr+5 gr sariyog,
non 10 gr, tuxum 1-dona
qatiq (kefir) 200 gr, bulochka-25 gr
Sabzavotli va go´shtli shorva (40-50 gr)-200 gr, non-10 gr, mevalar- 100 gr yo’ki
Shovla (go'sht 40-50 gr) - 200 gr, non - 10 gr, meva sharbati - 100 gr yo’ki
Moshli sho'rva -200 gr, non 10 gr, mevalar - 100 gr, tvorog (suzma)-60 gr+qatiq
200 gr, pechene - 15 gr
Sigir suti 200-300 gr24 oylik yoshdagi bolalar taxminiy menyusi
Botqa (guruchli, grechkali, arpali) sigir sutiga aralashtirib 250 gr+10 gr sariyog,
non 20 gr, tuxum 1-dona
Tvorogli blinchik yo’ki somsa, mevalar -100 gr
118
Qovurilgan kartoshka go'shti bilan - 200 gr, sabzavot va kokatli salat 50 gr, non -
40 gr, mevali sharbat - 100ml
qatiq (kefir) 200 gr+bulochka 50 gr
Mastava - 200 ml, non 40 gr, qatiq – 100 ml
|