XUSUSIY PATOLOGIYA
BOLALARDA OZIQLANIShNING SURUNKALI BUZILIShI
Oqsil-energetik yetishmovchilik
Distrofiya (oqsil-energetik yetishmovchilik) - bolaning to'gri jismoniy
rivojlanishining buzilishiga olib keluvchi oziqlanishning va to'qima trofikasining
surunkali buzilishi. Iqtisodiy qiyinchilik yillarida distrofiya turli yoshdagi
bolalarda rivojlanishi mumkin, lekin asosan 3-yoshgacha bo'lgan bolalar ko'proq
kasallanadi. Kasallik moddalar almashinuvi jarayonining buzilishi,
immunitetning pasayishi, jismoniy, ruhiy-motor, keyinchalik intellektual
rivojlanishning buzilishi bilan kechadi.
Klassifikasiyasi
Distrofiyaning uchta turi ajratiladi.
Gipotrofiya ( tana vaznining bo'yiga nisbatan tanqisligi)
Paratrofiya (paratrofiya variantlaridan biri - semizlik)
- Tana vaznining bo'yiga nisbatan ustunlik qilishi
- Tana vazni va bo'yining ortiqligi
- Tana vazni va bo'yi normada
Gipostatura (tana vazni va boyining bir xilda yosh me'yoridanorqada
qolishi). Bundan tashqari distrofiyalar oqsil-energetik yetishmovchilikka bog'liq
bolgan birlamchi (alimentar) va tug'ma xamda orttirilgan kasalliklar fonida
kechadigan ikkilamchi turlarga ajratiladi.
Gipotrofiya - distrofiyaning eng ko'p tarqalgan turi hisoblanadi. Kelib chiqish
vaqtiga ko'ra gipotrofiya uch turga bo'linadi:
Prenatal - bola tug'ilganga qadar rivojlanadi
Postnatal - bola tug'ilgandan keyin yuzaga chiqadi
Aralash - homila ichi va homiladorlikdan tashqari davrda bola organizmiga
ta'sir qiladigan sabablar tufayli shakllanadi.
Distrofiya sabablari:
homila ichi (prenatal) distrofiyasi, homilaning to'g'ri rivojlanishini
buzadigan turli xil omillar va noqulay sharoit bilan bog'liq.
homiladorlikning erta (20-yoshgacha) yo’ki katta yoshda (40-yoshdan keyin)
rivojlanishi;
homiladorlik davridagi yuqumli va somatik kasalliklar;
homiladorlik davridagi gestozlar;
Noqulay sosial sharoit, stress holatlar, norasional ovqatlanish va zararli
odatlar;
Ota-onadagi kasbiy zararlik;
Yo'ldosh patologiyasi (ko'p hollarda yuqorida ko'rsatilgan sabablarni iste'sno
etilgandan keyin, bolada prenatal distrofiya tashqislanadi). homila tashqarisidagi
(postnatal) distrofiya ikkilamchi distrofiyani chaqiruvchi ekzogen va endogen
omillar ta'sirida rivojlanadi.
Postnatal distrofiyaning asosiy ekzogen omillari:
120
Alimentar: ovqatlanish soni yoki sifatining buzilishi, mikroelementlar tanqisligi
(rux, mis, selen va boshqalar) bilan bog'liq bo'lgan oqsil-energetik
yetishmovchilik
Yuqumli: ichak infeksiyalari, qaytalovchi otit bilan asoratlangan O'RVI
Sosial omillar postnatal distrofiyaning endogen etiologik omillariga quyidagilar
kiradi:
rivojlanish nuqsonlari va xromosom kasalliklar
enzimopatiya va malabsorbsiya (birlamchi, ikkilamchi)
konstitutsiya anomaliyalari
immuno tanqislik holatlari
Patogenezi. Prenatal distrofiya rivojlanishida MNS trofik funksiyasining
buzilishiga olib keluvchi bachadon – yo’ldosh qon aylanishi buzilishi va homila
ichi gipoksiyasi asosiy rol o’ynaydi. Postnatal gipotrofiya patogenezi uning kelib
chiqishi va shaklidan qat'iy nazar bir butun patofiziologik jarayon deb xisoblangan,
uning
asosida
oziqlanishning
buzilishi
va
bosh
miya
postloqi
qo'zgaluvchanligining pasayishi yotadi. Paratrofiya yuqori kaloriyali ovqat va
uning tarkibida yog va uglevodlarning ko'p miqdorda bo'lishiga bog'liq.
Paratrofiyaning rivojlanishiga limfatiko-gipoplastik va ekssudativ-kataral diatezlar
moyillik tug'diradi.Gipostatura neyroendokrin tizimning chuqur zararlanishiga
(ko’p hollarda homila ichi) bog'liq.
Distrofiya simptomlari
Distrofiyaning klinik ko'rinishi uning shakllari va og'irlik darajasiga bog'liq.
Prenatal distrofiyaning klinik variantlariBosh miyaning gipoksik zararlanish
darajasi va klinik korinishiga asosan prenatal distrofiyaning quyidagi shakllari
ajratiladi: (E.M.Fateeva bo'yicha).
Nevropatik shakli: tuhilganda tana vazni normada yoki nisbatan pasaygan,
bo'yi o'zgarishsiz. Psixomotor rivojlanishi yoshiga mos. Boladagi o'ta
q'ozg'aluvchanlik va negativizm, uyquning buzilishi, ishtahaning pasayishi yo’ki
ortishi o'ziga jalb etadi.
Neyrodistrofik shakli: tug'ilganda tana vazni va boyi uzunligining (kam
darajada) pasayishi, MNSda tormozlanish jarayonining ustunlik qilishi,
psixomotor rivojlanishdan nisbatan orqada qolish, ko’p qo’llarda tug'ma
disembriogenez stigmalari kuzatiladi.
Ensefalopatik shakli: bolaning jismoniy va psixomotor rivojlanishdan
chuqur orqada qolishi, mikrosefaliya, bosh miyaning o'choqli zararlanish belgilari,
suyak tizimi gipoplaziyasi, anoreksiya va poligipovitaminoz rivojlanishi bilan
kechadi.
GIPOTROFIYa
Gipotrofiya yengil (І-daraja), orta oqir (ІІ-daraja) va oqir (ІІІ-daraja)
turlarga ajratiladi.
Gipotrofiyaning І-darajasi bolani diqqat bilan ko'rilganda aniqlanadi.
Odatda bolaning ahvoli qoniqarli, ishtahasi nisbatan pasaygan, terisi silliq, elastik,
121
oqimtir, ichki a'zolari va fiziologik chiqarishlari o'zgarishsiz. To'qimalar turgori
pasaygan, qorinda teri osti yog qavati normadan past, lekin yuzida va qo'l-
oyoglarida saqlangan. Tana vazni tanqisligi o'rtacha k'orsatgich bilan
taqqoslanganda 10-20%ni tashkil qiladi. Qonni tekshirilganda disproteinemiya va
ozuqa fermentlari aktivligining pasayishi aniqlanadi.
Gipotrofiyaning ІІ-darajasi bola aktivligi va emosional tonusining
pasayishi, apatiya, lanjlik, adinamiya, nutq va psixomotor funksiyalarning orqada
qolishi, ishtahaning pasayishi bilan kechadi. Terisi oqimtir, quruq, qipiqlangan.
To’qima elastikligi va turgori, shuningdek, mushak tonusi pasaygan. Teri osti yog'
qavati yuzida saqlangan, lekin nisbatan kamaygan yoki qorinda va qo'l-oyoqlarida
bo'lmaydi. Tana vazni tanqisligi bo'yiga nisbatan 20-30%ni tashkil qiladi, bo'yi 2-4
sm orqada qolgan. Tana vazni ortishining egri chizig'i yassilangan. Sutka
davomida tana qaroratining ozgarishi (1GS) va oyog-qollarining doimiy sovuqligi
termoregulyasiya buzilishidan guvoqlik beradi. Ko’p qo’llarda taxipnoe, aritmik
dag'al nafas, yurak tonlari bog’iqligi, taxikardiyaga moyillik va arterial gipotenziya
aniqlanadi. Bolani majburiy emizilganda bola qayd qiladi, ba'zida qabziyat
kuzatiladi. Ko’p рo’llarda interkurrent kasalliklar qo'sqiladi (masalan, otit,
pielonefrit, pnevmoniya). Laborator tekshirilganda gipoxrom anemiya, gipo- va
disproteinemiya, ozuqa fermentlari faolligining aniq pasayganligi kuzatiladi.
Gipotrofiyaning ІІІ-darajasi (atrofiya, alimentar marazm) bola umumiy
ahvolining
yaqqol
buzilishi
bilan
kuzatiladi:
uyquchanlik,
loqaydlik,
qo'zg'aluvchanlik, negativizm, rivojlanishdan yaqqol orqada qolish, orttirilgan
ko'nikmalarni bajara olmaslik, anoreksiya. Bolanining tashqi korinishi skeletni
eslatadi, terisi quruq, oq - kul rangda, dumba va sonlarida osilgan burmalar
aniqlanadi. Yuzi qariyalarnikiga o’xshash, bujmaygan, uchburchak shaklida. Teri
osti yog qavati hamma joyda yo’qolgan, lunjida ham, bolalarga xos bo'lgan, Bish
yo’g’ to'plami yo’qoladi. To'qimalar turgori butunlay susaygan, mushaklar
atrofiyalangan, lekin ularning tonusi odatdagidek, elektrolitlar muvozanatining
buzilishi va nevrologik buzilishlar hisobiga yuqori bo´ladi. Tana vazni tanqisligi
30% va undan ko'pni tashkil etadi, tana vazni ortishining egri chizigi tekis yoki
pasaygan. Bo'yi yosh normasiga nisbatan 7-10 smga pasaygan. Suvsizlanish
belgilari yaqqol ko'rinadi: chanqash, katta lihildoq va ko'z olmalari cho'kishi,
afoniya, kon'yuktivalar va shox parda quriq, lab shilliq qavatlari yaqqol boyalgan,
og'iz burchagida yoriqlar (qarg'a og'zi). Tana qarorati odatda pasaygan va atrof-
muhit qaroratiga bogliq holda ozgaradi, ba'zida subfebrilgacha ko'tariladi. qo'l -
oyog'lari sovuq. Nafas yuzaki va aritmik. Ko'p hollarda belgisiz atelektaz va
gipostatik pnevmoniya aniqlanadi. Pulsi sekinlashgan, kuchsiz, arterial bosim
pasayadi, yurak tonlari bog’iq. Qorni tortilgan yo’ki dam va zoriqqan. Jigar va
qora taloq o'lchamlari kichraygan. qar doim oshqozon-ichak traktining diskinetik
buzilishlari aniqlanadi: qayd qilish, qusish, tezlashgan suyuq najas. Peshob
ajralishi kamaygan, oz miqdorda chiqadi. Laborator ma'lumotlar qonning
quyilishini ko'rsatadi (gemoglobin konsentrasiyasi va eritrositlar miqdori normada
yo’ki ko'paygan, EChT pasaygan). Peshobda xloridlar, fosfatlar va mochevina ko’p
miqdorda aniqlanadi, ba'zida aseton va keton tanalari aniqlanadi.
122
Kvashiorkor - tropik va subtropik mamlakatlarda bola hayotining 2-4
yoshlarida kuzatiladigan distrofiya shakli. Ko’krakdan ajratilgandan keyin, faqat
o’simlik ozuqalari bilan ovqatlantirilganda (oqsilli och qolish), yuqumli kasalliklar
va boshqa omillar ta'sirida rivojlanadi.
Asosiy belgilari: jismoniy va psixomotor rivojlanishdan orqada qolish, teri va
sochning diffuz depigmentasiyasi, soch tokilishi, oysimon yuz, to'qimalar shishi,
qisman saqlangan teri osti yog' qatlamida mushak atrofiyasi, kamqonlikning og'ir
darajasi, raxit ko'rinishlari aniqlanadi.
Gipostatura
Gipostatura - oqsil-energetik yetishmovchilik natijasida yuzaga kelgan
rivojlanishning orqada qolishi bo'lib, bolaning qoniqarli oziqlanishiga qaramasdan,
bo'yi va tana vazni bir xilda orqada qoladi.Gipostatura odatda birlamchi oqir
gipotrofiyadan chiqishning bosqichi hisoblanadi. Gipotrofiyadan reparasiyaga
chiqishda teri osti yog’ qavati tez o'z ho'liga qaytadi, lekin bo'yi asta - sekin
tiklanadi. Ba'zan gipostatura bola yaxshi ovqatlanmaganda, masalan, faqatgina
uglevodli ovqatlanganda, boshqa ingredientlarning yo’qligi sababli yuzaga keladi.
Bolada bo’yi, tana vazni, psixomotor rivojlanishi, intellekti, tish chiqishning
muddatdan orqada qolishi nisbatan proporsional bo´ladi. Bolaning biologik yoshi
kalendar yoshidan orqada qoladi va uning bo'yi va tana vazniga mos keladi. Bemor
rivojlanishning barcha parametrlari bo’yicha yoshiga nisbatan orqada qoladi.
Bunda gipotrofiya II darajasiga xarakterli, oziqlanishning surunkali buzilishi
belgilari yaqqol korinadi.Tashqis kliniko-antropometrik ma'lumotlarga asoslanib
qo'yiladi.
Gipotrofiya darajalarining ta'rifi
Klinik belgilari
Gipotrofiya darajalari
Ι
ΙΙ
ΙΙΙ
MNS holati
qo’zgalish
tormozla
nish bilan almashi nadi
Tormozlanish,
rivojlanishda qis man
orqada qolish
Yaqqol
tormoz
lanish,
konikma larni
yo’qolishi,
rivojla nishda
yaqqol orqada
qolishi
Ishtaha
Boshida yuqori, keyin
birmuncha pasaygan
Pasaygan
anoreksiya
Ozuqa
fermentlari
faolligi
Nisbatan pasaygan
Pasaygan
Yaqqol
pasaygan
Najas
Normada
O'zgaruvchan
Suyuq ("och
qolish
najasi")
123
Teri
Oqimtir
Oqimtir,
quruq,
elastikligi pasaygan
Burmalar
bilan
osilib
turadi
Teri osti yog
qavati
qorinda yo’qolgan
oyoglarida yogolgan
hamma joyda,
yuzida xam
bo’lmaydi
Toqimalar
turgori
Pasaygan
Yaqqol pasaygan
Butunlay
yo’qolgan
Tana
vazni
tanqisligi
10
20% 20
30% 30%dan yuqori Tana
vazni
tanqisligi
10
Tana vaznining
ortishi
("vazn
qiyshiqligi")
Sekinlashgan
Yaqqol sekinlashgan
Kuzatilmaydi.
Tana vaznini
yo’qotilishi
Immunitet
O'zgarmagan
Pasaygan
Yaqqol
pasaygan
PARATROFIYa
Paratrofiya - bolani ko'krak suti, quruq sut aralashmalari, shirin sharbatlar
bilan normaga nisbatan ko'p oziqlantirilganda, shuningdek, balanslanmagan,
tarkibida ko'p uglevodlar va oqsil kam bo’lgan (masalan, bo'tqalar ko'p berilsa)
mahsulotlar bilan oziqlantirilgan, ekssudativ - kataral diatez, limfatiko-gipoplastik
diatezi bor, kam harakatlanadigan bolalarda rivojlanadi. Uzoq muddatli ko'p
ovqatlantirish yo’ki doimiy gipodinamiya semizlikka olib kelishi mumkin.
Paratrofiyaning klinik ko'rinishi gipotrofiyaga o'xshash, lekin tana vazni tanqisligi
bunda bo’lmaydi. Bolada emosional tonusning nomutanosibligi aniqlanadi, bola
bezovta yoki lanj, adinamiya kuzatiladi.
Katta yoshdagi bolalar hansirash, tez charchash, bosh og’rishidan shikoyat
qiladi. Bolada tanlangan ishtaha aniqlanadi, ko'p xollarda ishtaha pasayadi.
Teri qoplamlari oqimtir, bir oz kerikkan, elastikligi pasaygan. Teri osti yo’g’
qatlamining yaxshi rivojlanganligiga qaramasdan toqimalar turgori va mushak
tonusi pasaygan. Yog qavati bir tekisda tarqalmagan, son va qorinda yaqqol
rivojlangan. Tana vazni va bo’yi yosh parametriga mos keladi yo’ki undan yuqori,
tana tuzilishi disproporsional. Gipotrofiyaga o'xshab, oqsil, suv-tuz, vitamin va
moddalar almashinuvi boshqa turlarining buzilishi yaqqol rivojlangan.
Asidozyuzaga keladi. Ba'zida ichki organlarning funksional va morfologik
o'zgarishlari, immunologic himoyaning pasayishi, nafas yo’llarida tez-tez
shamollash kasalliklari, otitlar, siydik yo’llari infeksiyalari kuzatiladi. Najas
ko'pikli, suyuq, nordon xidli bo´ladi.
Distrofiyaning tashqisoti. Distrofiya tashhisiga xarakterli klinik belgilarga
asoslanadi, toqimalar turgori pasayadi, qorinda, qo'l-oyo’qlarda va yuzida,
keyinchalik teri osti yog' qavatining yo’qolishi yoki qalinligining pasayishi (yo’ki
xaddan tashqari va notekis to’planishi), tana vaznining bo'yiga nisbatan orqada
qolishi, yuqumli kasalliklar va tashqi muhitning turli xil ta'siriga qarshiligi
124
pasayadi. Diagnostikasida distrofiya turi ko’rsatiladi va uning yuzaga kelish vaqti
tuhilgan vaqtiga nisbatan (prenatal, postnatal) kelib chiqishi aniqlanadi.
Gipotrofiyada uning darajasi, etiologiyasi va rivojlanish davri (boshlang'ich,
progressivlangan, rekonvalessensiya) ko’rsatiladi.
Qiyo’siy tashqisi. Birlamchi distrofiya oshqozon - ichak trakti tug'ma nuqsonlari
va boshqa organlarning nuqsonlari natijasida kelib chiqqan, irsiy patologiya,
MNSning organik zararlanishi, endokrin kasalliklar natijasida yuzaga kelgan
ikkilamchi distrofiya bilan taqqoslanadi.
Odatdagi terapiyadan davolanmaydigan oqir gipotrofiya holatlarida,
shuningdek, paratrofiya va semizlikda, psixomotor rivojlanishdan orqada qolish
bilan birga kelganda distrofiya ko’pincha ikkilamchi bo´ladi.
Gipostaturani jismoniy rivojlanishdan keskin orqada qoladigan kasalliklar bilan
taqqoslanadi, birinchi navbatda nanizm, konstitusional bo'yi pastlik.
Xondrodistrofiya, suyaklarning tug'ma mortligi yo’ki tubulopatiya tufayli
rivojlangan noproporsional nanizm gipostaturadan skeletning qopol patologiyasi
bilan farqlanadi, uni raxit bilan tushuntirib bo’lmaydi, ba'zida distrofiya bilan
kechadi. Suyak rentgenogrammasi va fosfor-kalsiy almashinuvi ko’rsatgichi bu
kasallikni iste'sno etadi.
Proporsional nanizm gipofizning zararlanishi (gipofizar nanizm) yo’ki nafas
va yurak-qon tomir tizimining tugma patologiyasi tufayli rivojlanadi. Tug'ilganda
kamdan-kam uchraydi, odatda kech rivojlanadi. Nanizm bilan taqqoslash qiyin,
organizm to'qimalarining STGga sezgirligini yo’qolishi bilan bog’liq. Bolalarda bu
kasallikda tuhilgan vaqtda tana vazni va bo’yining past ko’rsatgichlari aniqlanadi,
keyinchalik tana vazni va bo'yiga qo’sqilishi yaqqol bilinmaydi. Lekin
distrofiyaning klinik va laborator belgilari kuzatilmaydi.
Distrofiyaning davosi
Davolash tadbirlari distrofiya turi va og’irlik darajasiga bogliq. Birinchi
navbatda u etiologik omillarni bartaraf qilishni o'z ichiga oladi, kun tartibini tashkil
qilish va bola uchun optimal atrof-muhit sharoitini yaratish. Dietoterapiya birinchi
darajali gipotrofiyada ahamiyatga ega. Surunkali infeksiya o'choqlarini sanasiya
qilish, yo'ldosh kasalliklarni davolash, ikkilamchi infeksiyalarni oldini olish,
gipodinamiyaga qarshi kurashish muhim axamiyatga ega.
Parvarishni tashkil qilish.
I darajali gipotrofiyasi bor bolalar ularni yoshiga mos odatdagi kun
tartibini o'zgartirmagan holda mahalla shifokori kuzatuvida uyda davolanadi.
II va III darajali gipotrofiya bilan og'rigan bolalarni davolash shifoxonada
olib boriladi, engil kun tartibiga rioya qilinadi: bolani barcha ortiqcha
qo'zg'atuvchilardan (yoruglik, ovoz va boshqalar) chegaralash tavsiya etiladi.
Bolani alohida boksda, optimal mikroklimat sharoitida (havo temperaturasi 27-30
S°, namligi 60-70%, xona tez-tez shamollatib turiladi); onasi bola bilan birga
gospitalizasiya qilinadi. Sayr vaqtida bolani holda ko’tarish lozim, oyog' - qo'llari
issiq bo’lishigani kuzatish kerak (isitgich, paypoq, qo'lqop ishlatiladi).
Bemorning emosional tonusini oshirish uchun u bilan mayin, yumshoq muomalada
bo’lishi kerak, massaj va gimnastikani qollash zarur.
125
III darajali gipotrofiyada, asosan mushak gipertonusida, massajni nihoyatda
extiyotkorlik bilan o'tkazish lozim va faqat silash turi tavsiya qilinadi.
Dietoterapiya Parhez distrofiyada rasional davoning asosini tashkil qiladi (birinchi
navbatda gipotrofiya).
Dietoterapiyani ikki bosqichga ajratish mumkin:
Turli xil ovqatlarni qabul hila olish;
Ovqat miqdorini asta-sekin ko’paytirib borish va uning sifatini fiziologik
yosh me'yoriga etguncha korreksiya qilish.
Birinchi bosqich 3-4 kundan 10-12 kungacha davom etadi, ikkinchi bosqich to bola
soqaygunicha davom etadi.
Distrofiyani davolashda dietoterapiyaning umumiy tamoyillari:
Parhezni "yoshartirish"- kichik yoshdagi bolalarga moljallangan ozuqa
maxsulotlarini qo'llash (ko'krak suti, asosida oqsil gidrolizatlari bo'lgan, nordon
sutli adaptirlangan aralashmalar);
Bolani tez-tez emizish (masalan, III darajali gipotrofiyada sutkada 10 marta)
bitta qabuldagi ovqat miqdorini kamaytirish bilan olib boriladi;
haftalik ozuqa yuklamasini hisoblash, oqsil, yog va uglevodlarni tana
vaznining ortishini hisobga olib korreksiya qilish;
Davoni o'z vaqtida korreksiya qilishni doimiy kuzatish (ozuqa kundaligida
ozuqa miqdori, ichilgan suyuqlik, diurez va najas xarakteri ko’rsatiladi; "vazn
qiyshiqligini" tuzish, ko’prologik tekshirish va boshqalar).
I darajali gipotrofiyada ovqatlanishni hisoblash bolani bo’lishiga kerak bo’lgan
tana vazniga (yoshiga mos kelgan holda), bolaning asosiy ozuqa komponentlari,
mikroelementlar va vitaminlarga bo’lgan talabini toliq qoniqtirgan holda
o’tkaziladi.
II va III darajali gipotrofiyada birinchi 2-3 kunda kerakli tana vazni uchun
zarur bo’lgan ovqat xajmi 1/3-1/2 gacha chegaralanadi. Keyinchalik u asta-sekin
sog'lom bola sutkalik rasionining 2/3-3/5 qismigacha kotariladi. Yetishmagan
ovqat xajmi suyuqliklar - meva va sabzavot sharbatlari, 5%li glyukoza eritmasi
bilan toldiriladi. Yoshiga mos keladigan ovqat xajmiga yetgandan keyin oqsil va
uglevodlar miqdori bo’lishiga kerak bo'lgan tana vazniga, yog'lar esa hozirgi tana
vazniga hisoblanadi. Agar bolada ovqat miqdorini ko'paytirish jarayonida
dispepsiya bo'lmasa, tana vazni ortsa (odatda bu davoning 1-12 kunidan keyin
boshlanadi), asta sekin ovqatlanishni sifatli korreksiyasi o'tkaziladi, hamma
ingredientlar bo’lishiga kerak bo’lgan tana vazniga hisoblanadi (oqsil va yoglar -
4-4,5 g/kg, uglevodlar - 13-16 g/kg).
Medikamentoz terapiya
Ovqat yuklamasini ko’paytirish va organizmning o'z fermentlarini ishlab
chiqarishi pasayganligini e'tiborga olib gipotrofiyaning barcha darajalarida
fermentativ preparatlar buyurtiriladi. Fermentlar uzoq vaqt davomida beriladi,
dorilar o'zgartiriladi: fermentlar (abomin), pankreatin + o’t komponentlari +
gemisellyuloza (festal), ko’programmada neytral yog'lar va yog' kislotalarning
126
ko’pligida - pankreatin, panzinorm. Davoga vitaminlarni qo'shish patogenetik
asoslangan hisoblanadi, asosan birinchi navbatda askorbin kislota, piridoksin va
tiamin. Stimullovchi terapiya apilak, pentoksil, jenshen va boshqa dorilar kursi
bilan almashtirib turiladi. Yuqumli kasalliklar rivojlanganda Ig yuboriladi.
Distrofiyalarning profilaktikasi
Profilaktika antenatal va postnatal turlarga bo’linadi.
Antenatal profilaktika oilani rejalashtirishni, ota-onalar o’rtasitda sanitariya -
targ'ibot ishlari olib borish, abortga qarshi kurashish, bo'lajak onalar kasalligini,
asosan jinsiy organlar patologiyasini vaqtida, homiladorlar sog'ligini saqlash
(rasional ovqatlantirish, kun tartibiga rioya qilish, toza xavoda sayr qilish, yengil
ishga o’tkazish (noqulay ish sharoitida), chekish va boshqa zararli odatlarni man
etish).
Postnatal profilaktikasi bu - o'z vaqtida korreksiya qilingan tabiiy
ovqatlantirish, kun tartibi va bolani to'g'ri parvarishlashga rioya qilish, to'g'ri
tarbiyalash, yuqumli va interkurrent kasalliklarni oldini olish va davolash, tana
vaznini har oyda tortish (1 yoshgacha) va tana uzunligini o’lchashni o'z ichiga
oluvchi dispanser kuzatuvni olib borishdir.
Qqibati birinchi navbatda distrofiyaga olib kelgan sababni bartaraf hila olish,
shuningdek yo'ldosh kasalliklarni davolay olishga bog’liq. Birlamchi alimentar va
infeksion - alimentar distrofiya oqibati yaxshi tugaydi.
Marazm - maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarda och qolish natijasida
rivojlangan distrofiya bo’lib, bunda yosh standartiga nisbatan tana vazni tanqisligi
60%ni tashkil qiladi.
Marazm sababi ijtimoiy - iqtisodiy yoki kasallik tufayli och qolish, uzoq
muddatli anoreksiya, qayd qilish (kuyishdan keyingi qizilongach strikturasi,
kardiospazm, oshqozon boshlanish joyining stenozi). Barcha moddalar
almashinuvi buziladi, bola jismoniy va ruhiy rivojlanishdan keskin orqada qoladi.
Marazmning birlamchi va ikkilamchi shakllari ajratiladi, og'irlik darajasi va davri
ko’rsatiladi.
Marazm klinikasiga xarakterli belgilar: teri rangi oqarishi va follikulyar
giperkeratoz bilan kechuvchi quruqligi, depigmentasiya, notekis ranglanishi
("bayroq simptomi") va sochlarni to'kilishi, qarilarga xos yuz tuzilishi,
qovoqlarining yalliglanishi va xeyloz, mushaklar va teri osti yog' qavatining
susayishi. Ko'rik vaqtida kardiomegaliya, gepatomegaliya, gemorragik belgilar
aniqlanadi. Bo’yi o'sishdan orqada qoladi, bolalar qo’zgaluvchan, yigloq, ruhiy
rivojlanishdan orqada qoladi, bilish faolligi pasaygan, xotira va ish faoliyati
susaygan.Tashqis kliniko-anamnestik va antropometrik ma'lumotlarga asoslanadi.
Qiyosiy tashqis ozish bilan kechadigan kasalliklar orasida o’tkaziladi:
MNSning organik patologiyasi, malabsorbsiya va moddalar almashinuvining irsiy
nuqsonlari va boshqalar. og'ir holatlarda marazm davosi somatik shifoxonalarda
boshlanadi - parenteral ovqatlantirish va ornini bosuvchi terapiya o’tkaziladi.
Unchalik og’ir bo’lmagan holatlarda ambulator davo o’tkazish mumkin: parhez,
127
o’rindosh terapiya (vitaminlar, minerallar, ovqat fermentlari), stimullovchi davo
(adaptogenlar, immunomodulyatorlar), psixoterapiya, davolash-fizkulturasi kursi.
Marazmning ikkilamchi shaklida asosiy kasallikning davosi o’tkaziladi. Sosial-
iqtisodiy muhitni yaxshilash, bola bilan psixologik-pedagogik ishlarni olib borish
muhim profilaktik ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |