Bog'lovchisiz qo'shma gaplarda tinish belgilari quyidagicha ishlatiladi: 1. Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi mazmun jihatdan bir-binga yaqin bo'lgan, bir paytda yoki ketma-ket bo'lgan voqea hodisalami ifodalagan sodda gaplar orasiga vergul qo'yiladi. Masalan: Sizning iste'dodingizni bilaman, sizga hurmatim hamisha baland. (O.)
Bog'dagi meva daraxtlari gullagan. havodan bol isi anqiydi. (M. Osim.) Tong otdi, quyosh charaqlab chiqdi. Kecham tong otdi, kuldi bahorim. (Qo'shiq.)
Kuy ayj ida uzilmasin tor,
She'r avjida sinmasin qalam. (E.V.)
2. Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplar mazmunjihatidan qisman mustaqil bo'lsa, yoki vergul ishlatilgan bo'lsa,qo'shma gap tarkibidagi sodda gap bir-biridan nuqtali vergul bilanajratiladi.
Masalan: Pag'a -pag'a mayin qor osmondan yog'ilib turadi; shamolning sekin, bo'g'iq guvillashi eshitiladi. (S.Z.) Shinel jiqqa ho'l, Bektemirning yuzidan tomchilab quyilar edi.
Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi ikkinchi gap birinchigapning biror bo'lagini izohlasa, uning mazmunini to'ldirsa, soddagaplar orasiga ikki nuqta qo'yiladi. Masalan: Gunor butun yuragibilan Yo'lchiga maftun: uning ko'ksini baxtsiz sevgi hasrati va ayriliqlim-lim to'ldirgan. (0.) Siz menga ayting: yuqori hosil olish uchunkurashni nimadan boshlamoqchisiz. (O.)
Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarningmazmuni bir-biriga zid bo'lsa tire qo'yiladi: Ko'z qo'rqoq—qo'lbotir (Maqol.)
Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi birinchi gapningmazmuni ikkinchi gapning mazmuniga o'xshatilsa: Vaqting ketdi—baxting ketdi. (Maqol.)
Bog'lovchisiz qo'shma gap tarkibidagi birinchi gap ikkinchigapdan anglashilgan ish-harakatning payti yoki shartni bildirsa, ularorasiga tire qo'yiladi: Yurt tinch—sen tinch. (Maqol.)
Amaliy mashqlar Bog 'lovchisiz qo 'shma gapni sintaktik tahlil qilish tartibi va namunalari 1. Ifoda maqsadiga ko'ra gap turi. 2. Qo'shma gap tuzilishiga ko'ra turi. 3. Bog'lovchisiz qo'shma gap turini ko'rsatish. 4. Bog'lovchisiz qo'shma gap qismlarining semantik munosabati. 5. Bog'-lovchisiz qo'shma gaplarda tinish belgini izohlash. Masalan: Osmon yiroq, yer qattiq. (Maqol.) Bu gap maqsadiga ko'ra darak gap, tuzilishi va grammatik asosining miqdoriga ko'ra qo'shma gap, qismlarining bog'lanish va semantik munosabatiga ko'ra bog’lovchisiz qo'shma gap ,ohang yordamida ikki soda gap o'zaro bog'langan, ular orasiga vergul qo'yiladi.
58-mashq. Bog'lovchisiz qo'shma gaplarni topib ularni sintaktik tahlil qilmg.
1. Quyosh qochib ketdi, olam qoraydi. (U.A.) 2. Havo juda issiq, uzoq dalalarda, ko'kda jimlik hukm surardi.(Sh.R.) 3. Jismimiz yo'qolur—o'chmas nomimiz (H.O.) 4. Men ko'rdim, sen ko'rmading.(Sh.R.) Ovchining so'zi she'r otar, yigitning zo'ri yer ochar.(Maqol.) 6. Hamal kirdi—ekinlarga amal kirdi.(Maqol.) Seni ish yengmasin, sen ishni yeng. (Maqol.) 7. Hali quyosh botmagan. uning kechki qizg'ish nurlan barglari sarg'aydan o'riklarini, terak uchlarini lovillatib yondirayotgandek. (S.A.)
8. Xalqqa ayting men aslo o'lganim yo'q,
Yov qo'liga taslim ham bo'lganim yo'q. (H.O.)
9. Meni kutgil va men qaytarmanFaqat kutgil meni juda intizor. (K.S.)
lO.Daryolardan kuylab o'tardim,
Qo'shiqlarga quloq tutarman. (H.O.) 11 .Tabiat o'zgarar ming yillardan so'ng
Balki biz bilmagan giyohlar o'sar. (U.) 12. Men kulaman—hayot kuladi,
Men kulaman—kulib qarar yil. (S.A.)