Bojxona qoidalari: Qaysi holatlarda deklaratsiya to’ldirish kerak?


Bojsiz va aktsiz solig’i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari nimalardan iborat?



Yüklə 309,67 Kb.
səhifə3/12
tarix09.03.2022
ölçüsü309,67 Kb.
#53506
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
13-маruza

Bojsiz va aktsiz solig’i solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalari nimalardan iborat?

O’zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi «Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o’tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PQ-3512-sonli qaroriga muvofiq, jismoniy shaxs tomonidan respublikaga olib kiriladigan, bojxona to’lovlariga tortilmaydigan tovarlarning normalari belgilangan.

Unga ko’ra, quyidagilar bojxona to’lovlariga tortilmaydi:


  • xalqaro aeroport bojxona chegaralari o’tkazish punktlari orqali olib o’tishda – 2 000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmaydigan tovarlar;

  • temir yo’l va daryo bojxona chegaralari o’tish punktlari orqali olib o’tishda – 1 000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmaydigan tovarlar;

  • avtoyo’l (piyoda) bojxona chegaralari o’tish punktlari orqali olib o’tishda – 300 AQSH dollari ekvivalentidan oshmaydigan tovarlar;

  • xalqaro kurьerlik jo’natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun – bir chorak mobaynida 1 000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmaydigan tovarlar;

  • xalqaro pochta jo’natmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun – 100 AQSH dollari ekvivalentidan oshmaydigan tovarlar.

Mazkur qarorning 1-ilovasi bilan, respublikaga jismoniy shaxslar tomonidan olib kiriladigan bojxona to’lovlariga tortilmaydigan ayrim turdagi tovarlarning me’yorlari ham tasdiqlangan:

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 iyundagi 463-son qarori ilovasi bilan jismoniy shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasining avtoyo’l (yo’lovchi), temir yo’l va daryo o’tkazish punktlari orqali bojxona to’lovlari undirilmaydigan ayrim tovarlarni olib o’tishga doir me’yorlari belgilangan bo’lib, ushbu normalar jismoniy shaxs O’zbekiston Respublikasi davlat chegarasining o’tkazish punktidan faqat birinchi marta o’tishida qo’llaniladi.




Yüklə 309,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin