2-jihat. Tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega bo’lmagan bitim bo’yicha olib kirilmagan bo’lishi kerak.
Ushbu shart 1-usul qiymatli negizga ega bo’lmagan tashqi savdo kontraktiga (shartnomasiga, kelishuviga) nisbatan qo’llanilishi mumkin emasligini nazarda tutadi:
a) tovarning bepul yetkazib berilishi.
Masalan, sotuvchi xaridorga namuna sifatida 5 ta kresloni yetkazib berdi. Bu holatda oldi-sotdi shartnomasi mavjud emas;
b) tovar konsignatsiya shartlari asosida yetkazib berilgan.
Masalan, yetkazib beruvchi o’z agentiga bir turkum kartoshkani yetkazib beruvchi uchun foydaliroq shartlar asosida sotish uchun yetkazib beradi. Bu holatda agent kartoshkani sotib olmaydi, ya’ni uning egasiga aylanmaydi; kartoshkani sotishdan ko’rilgan foydani yetkazib beruvchi oladi (agentga uning sotishga doir xarajatlari va ish haqi to’lanishi hisobga olingan holda);
v) tovarning vositachiga sotilmasdan vositachi orqali yetkazib berilishi.
Masalan, yuridik shaxs bo’lgan kompaniya Belьgiyada joylashgan va Toshkentda o’z nomidan faoliyat yuritmaydigan o’z filialiga ega. Ular o’rtasidagi tovar yetkazib berilishi oldi-sotdi bitimi tushunchasiga kirmaydi;
g) tovarlarning barter yoki kompensatsion operatsiyalar doirasida yetkazib berilishi, agar tovarlar narxi ko’rsatilmagan bo’lsa;
d) tovarlarning ijara shartnomalari (lizing) bo’yicha yetkazib berilishi.
Bu holatda tovarga mulkchilik qilish huquqi ijaraga beruvchidan ijarachiga o’tmaydi, mulkdor tovardan foydalanganlik huquqi uchun foydaning bir qismini oladi va tovarni muayyan vaqtdan so’ng uning egasiga (ijaraga beruvchiga) qaytarishi mumkin;
e) tovarlarning vaqtinchalik olib kirish maqsadida yetkazib berilishi.
Masalan, mulkdor (etkazib beruvchi) tomonidan muayyan vaqtdan so’ng yetkazib beruvchiga qaytarilishi lozim bo’lgan mashina iste’molchiga vaqtinchalik olib kirish shartlari asosida yetkazib beriladi;
j) tovarlarning kontraktda nazarda tutilgan kafolatlar hisobiga yetkazib berilishi.
Etkazib berilgan uskuna uchun kafolat muddati davomida ayrim mexanizmlar ishdan chiqdi. Ularni almashtirish uchun yangi detallar yetkazib beriladi.
Dostları ilə paylaş: |