Bojxona qoidalari: Qaysi holatlarda deklaratsiya to’ldirish kerak?



Yüklə 309,67 Kb.
səhifə9/12
tarix09.03.2022
ölçüsü309,67 Kb.
#53506
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
13-маruza

5-jihat. Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan ma’lumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan bo’lishi shart.

Bunda hujjatlarning talab etilishi ikki xil xususiyatga ega bo’ladi:

1-xususiyat – tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ishlab chiqaruvchi bilan bevosita to’g’ridan-to’g’ri tuzilgan bo’lsa, bunda ma’lum qilingan bojxona qiymatini quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:

1) tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi), amaldagi ilovalari va unga kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalar.

Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) deganda tovarning u eksport qilingan davlatdan chegara orqali O’zbekiston Respublikasiga olib o’tilishi va xaridordan ana shu tovar o’rniga pullik hisob-kitoblar (to’lovlar)ning qabul qilingan shakllariga muvofiq teng keladigan pul summasini yoki tovarni olish uchun asos bo’ladigan, qiymatga doir baholash yoki uning hisob-kitob usulini o’z ichiga olgan tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) tushuniladi.

Komissiya kelishuvini ham shu qatorga kiritish mumkin;

2) hisobvaraq-faktura (invoys);

3) eksport bojxona yuk deklaratsiyasi*.

Eksport bojxona yuk deklaratsiyasi:

qog’ozdagi originali (asl nusxasi) yoki eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan nusxasi tarzida;

qog’ozli manbada bosilgan va eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning bojxona organi tomonidan tasdiqlangan elektron bojxona yuk deklaratsiyasi tarzida taqdim etilishi mumkin.

“*” – agar eksport bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning bojxona qiymati ko’rsatilmagan bo’lsa yoki eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning qonun hujjatlarida tovarni olib chiqishda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish nazarda tutilmagan bo’lsa, u holda eksport bojxona yuk deklaratsiyasi o’rniga tovarni olib chiqishda eksport/reeksport qiluvchi mamlakatda vakolatli organ tomonidan rasmiylashtirilgan uni o’rnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilishi mumkin;

4) bank hujjatlari (agar tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlariga muvofiq hisobvaraq-faktura (invoys) to’langan bo’lsa), shuningdek tovarning qiymatini aks ettiruvchi boshqa to’lov hujjatlari.

Tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlariga muvofiq hisobvaraq-faktura (invoys) to’lanmagan bo’lsa, ya’ni bunday tashqi savdo kontraktining (shartnomasining, kelishuvining) to’lovni amalga oshirish shartlari to’g’risidagi bandida tovar kelib tushgandan keyin yoki import qilinganda so’ng yoxud boshqa holatlarda to’lanishi lozimligini nazarda tutilgan bo’lsa, to’lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi bank hujjatlari, shuningdek tovarning qiymatini aks ettiruvchi boshqa to’lov hujjatlari talab etilmaydi;

5) tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlariga muvofiq sug’urta hujjatlari.

Agar tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) tovarning sug’urtalanishi nazarda tutilgan bo’lsa, talab etiladi. Bunda yetkazib berish shartlariga e’tibor qaratish lozim;

6) tovarning tashish va (yoki) yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga to’kish bo’yicha shartnomasi (transport ekspeditsiya shartnomasi), tovarni tashishga, yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga to’kishga hisobvaraq-faktura (invoys), bank hujjatlari (agar hisobvaraq-faktura (invoys) to’langan bo’lsa) yoki O’zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyiga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan tashish xarajatlari amalda to’langan yoki to’lanishi lozim bo’lgan narxga qo’shilmagan bo’lsa yoki O’zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirilgandan keyin tovarlarni tashish bo’yicha chiqarib tashlanadigan xarajatlar ma’lum qilingan hollarda, transport tariflari to’g’risidagi hujjatlar (ma’lumotlar) yoki tashish qiymatini aks ettiruvchi buxgalterlik hujjatlari (agar sotib oluvchi o’zining transportida tovarni tashishni amalga oshirgan bo’lsa).

Agar olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda amalda to’langanligi yoki to’lanishi lozim bo’lgan bitimning narxiga yuqorida ko’rsatilgan xarajatlar kiritilmagan bo’lsa, talab etiladi. Bunda yetkazib berish shartlariga alohida e’tibor qaratish lozim;

7) agar birja tovari olib kirilayotgan bo’lsa, jahon birja kotirovkalari;

8) vositachilik xizmatlarini ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma (vositachilik shartnomasi, brokerlik xizmatlarini ko’rsatish to’g’risidagi shartnoma), tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlariga muvofiq vositachilik xizmatlarini ko’rsatish uchun hisobvaraq-faktura (invoys), bank to’lov hujjatlari;

9) litsenzion va (yoki) mualliflik kelishuvi, hisobvaraq-faktura (invoys), bank to’lov hujjatlari, olib kelinayotgan (olib kelingan) tovarga taalluqli bo’lgan intelektual mulk ob’ektlaridan foydalanganlik uchun to’lovlar to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan buxgalterlik va boshqa hujjatlar (agar ko’rsatilgan to’lovlar olib kelinayotgan tovarning sotish sharti sifatida ko’zda tutilgan bo’lsa);

10) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan sotuvchiga bevosita yoki bilvosita o’tadigan tushumning istalgan qismi to’g’risidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan hujjat (shu jumladan, buxgalterlik) va ma’lumotlar (agar ular tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) ko’zda tutilgan bo’lsa);

11) konteyner va (yoki ko’p marta ishlatiladigan boshqa idishlarning, o’rov-joylov materiallarining va o’rash-joylash ishlarining, agar mazkur xarajatlar sotib oluvchi tomonidan amalga oshirilgan, biroq olib kiriladigan tovar uchun amalda to’langan yoki to’lanishi lozim bo’lgan narxga qo’shilmagan (agar bu tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida nazarda tutilgan bo’lsa) qiymati to’g’risidagi shartnomalar, hisobvaraqlar, bank to’lov hujjatlari;

12) olib kirilayotgan tovarning ishlab chiqaruvchisini kataloglari, spetsifikatsiyalari, narxlar preyskurantlari (prays-varaqlar);

13) sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga muayyan tovar turkumi uchun chegirma berish asosini, ularning miqdori, agar bunday chegirmalar tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) ko’zda tutilgan, lekin miqdori aniqlanmagan bo’lsa, tushuntiruvchi ma’lumotlar.

Tovar uchun chegirma berilgan bo’lsa, chegirma berilganligini tasdiqlovchi bank xujjatlari talab etiladi;

14) baholanilayotgan tovarga ishlab chiqaruvchining kalьkulyatsiyasi (agar ishlab chiqaruvchi uni sotib oluvchiga taqdim etishga rozi bo’lsa);

2-xususiyati – tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) ishlab chiqaruvchi bilan bevosita to’g’ridan-to’g’ri tuzilmay, uchinchi shaxslar bilan yoki vositachilar (diler, savdo agentlari, distribьyutorlar) orqali tuzilgan bo’lsa, bojxona qiymatini to’g’ri belgilanganligini aniqlash uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1) bitimga aloqador bo’lgan uchinchi shaxslar bilan tuzilgan tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi).

Savdo bitimida ikki va undan ortiq ishtirokchilarning qatnashganligi natijasida bunday bitim narxi bojxona qiymatiga ta’sir etganligini o’rganish maqsadida taqdim qilinishi talab etiladi.

Bunda ishlab chiqaruvchi tovarni bevosita tovar yetkazib berilayotgan davlatdagi yukni qabul qilib oluvchiga to’g’ridan-to’g’ri sotmay, balki uchinchi tarafning topshirig’iga asosan yetkazib berayotgan bo’lsa, tovarning haqiqiy narxiga aniqlik kiritish maqsadida, ishlab chiqaruvchi bilan uchinchi taraf o’rtasidagi bitimga aloqadorlik o’rganilishi lozim.

SHu bilan birga, dillerining (distribьyutor, agentning) vositachilik haqlari asosida shakllangan qiymatlar ham shular jumlasiga kiradi. Diller (distribьyutor, agentlar) tovarni o’z mablag’i hisobiga ishlab chiqaruvchidan sotib olib, keyinchalik foyda ko’rish uchun ma’lum foiz kiritilgan miqdor asosida sotadi;

2) sotuvchining foydasiga bo’lgan uchinchi shaxslar uchun to’lov hisoblari.

Ishlab chiqaruvchi va uchinchi taraf o’rtasida tuzilgan bitim asosida tovar uchinchi tarafning topshirig’iga muvofiq ishlab chiqaruvchi O’zbekiston Respublikasiga bojxona hududiga yetkazib berayotgan bo’lsa, ushbu bitimda ko’rsatilgan narx to’langanligini yoki sotuvchi va sotib oluvchi (O’zbekiston Respublikasi rezidenti) o’rtasida tuzilgan tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) ko’rsatilgan bitim narxi bo’yicha uchinchi shaxslar to’lovni amalga oshirayotgan (kontraktning to’lov shartida to’lovlar oldindan to’lanishi ko’sartilgan bo’lsa) bo’lishini nazarda tutadi;

2) agar baholanayotgan tovar O’zbekiston Respublikasiga reeksport qilinayotgan bo’lsa, erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi.

Masalan, Germaniya davlatida ishlab chiqarilgan avtotransport vositasi Rossiya davlatidan olib kirilmoqda. Ushbu holatda tovar O’zbekiston Respublikasiga olib kelgunga qadar Rossiya davlatida erkin muomalaga chiqarilgan. Tovarning qiymatini tasdiqlovchi hujjatning biri sifatida Rossiya davlatida ushbu avtotransport vositasi erkin muomalaga chiqarilganligini tasdiqlovchi import BYuD hisoblanadi. Ushbu BYuDda Germaniya davlatidan Rossiya davlatiga eksport qilinganda uning qiymati to’g’risidagi axborot mavjud.

SHuningdek, bojxona qiymatini to’g’ri belgilanishida Rossiya davlatida erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilganligi uchun to’langan bojxona to’lovlari va ichki soliqlarni ham e’tiborga olish imkoniyatini beradi;

Mazkur hujjatlarni taqdim etish bilan bir qatorda tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) talablaridan kelib chiqib hamda 1-xususiyatga ko’ra taqdim etiladigan hujjatlar ham bojxona qiymatini tasdiqlash uchun taqdim etiladi.




Yüklə 309,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin