III QISM 46-modda Ushbu Konvensiya barcha davlatlar tomonidan imzolash uchun ochiqdir.
47-modda Ushbu Konvensiya ratifikatsiya qilinishi zarur. Ratifikatsiya yorliqlari saqlab qo‘yish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshiriladi.
48-modda Ushbu Konvensiya unga har qanday davlatning qo‘shilishi uchun ochiqdir. Qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlar saqlab qo‘yish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshiriladi.
49-modda Ushbu Konvensiya yigirmanchi ratifikatsiya yorlig‘i yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat saqlab qo‘yish uchun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga topshirilgan sanadan e’tiboran o‘ttizinchi kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Ushbu Konvensiyani ratifikatsiya qiladigan yoki unga qo‘shiladigan har bir davlat uchun yigirmanchi ratifikatsiya yorlig‘i yoxud qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjat saqlab qo‘yishga topshirilgan sanadan e’tiboran mazkur Konvensiya bunday davlat uni ratifikatsiya qilish yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatni saqlab qo‘yishga topshirilgandan keyingi o‘ttizinchi kundan boshlab kuchga kiradi.
50-modda Har qaday ishtirokchi-davlat Konvensiyaga tuzatish taklif qilishi va uni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga taqdim etishi mumkin. Shundan so‘ng Bosh kotib taklif etilgan tuzatishni ishtirokchi-davlatlarga mana shu takliflarni ko‘rib chiqish va ularni ovozga qo‘yish maqsadida ishtirokchidavlatlarning konferensiyasini chaqirish tarafdorimi, degan so‘rov bilan qayta yo‘llaydi. Agar mana shunday xabar yetkazilgan sanadan boshlab to‘rt oy mobaynida ishtirokchi-davlatlarning kamida uchdan bir qismi shunday konferensiyani chaqirishni yoqlab chiqsa, Bosh kotib bunday konferensiyani Birlashgan Millatlar Tashkiloti belgisi ostida chaqiradi. Bu konferensiyada ishtirok etayotgan va ovoz berishda qatnashayotgan ishtirokchi-davlatlarning ko‘pchiligi ovozi bilan qabul qilingan har qanday tuzatish tasdiqlash uchun Bosh Assambleyaga taqdim etiladi.
Ushbu moddaning 1-bandiga muvofiq qabul qilingan tuzatish uni Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tasdiqlagandan keyin hamda ishtirokchi-davlatlarning uchdan ikki aksariyat qismi qabul qilgan taqdirda kuchga kiradi.
Tuzatish kuchga kirgandan keyin u mana shu tuzatishni qabul qilgan ishtirokchi-davlatlar uchun majburiy bo‘lib qoladi, boshqa davlatlar uchun esa ushbu Konvensiya qoidalari hamda ular qabul qiladigan keyingi har qanday tuzatishlar majburiy hisoblanadi.
51-modda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi davlatlar tomonidan ratifikatsiya yoki qo‘shilish paytida bildirilgan e’tiroz matnini kabul qilib oladi hamda barcha davlatlarga yuboradi.
Ushbu Konvensiyani maqsad vazifalariga mos tushmaydigan e’tirozga yo‘l berilmaydi.
E’tiroz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga yuborilgan tegishli bildirishnoma yo‘li bilan istalgan paytda olib tashlanishi mumkin, so‘ngra Bosh kotib bu haqda barcha davlatlarga xabar yetkazadi. Bunday bildirishnoma uni Bosh kotib qo‘lga olgan kundan boshlab kuchga kiradi.
52-modda Har qanday ishtirokchi-davlatning ushbu Konvensiyani Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibiga yozma ravishdagi bildirishnoma yuborish asosida bir tomonlama bekor qilishi Bosh kotib bildirishnomani olganidan keyin bir yil o‘tgach, kuchga kiradi.