Tayanch tushunchalar: ijtimoiy pedagog, ijtimoiy yordam, ijtimoiy reabilitatsion xizmat, ijtimoiy pedagogik ish metodlari, analitik, prognostik, loyiha, refleksiya, kasbiy status, empatiya, bilim, ko’nikma, sifat va fazilat, tashxis quyis, bashoratchilik, vositachilik, tugirlash va kayta tiklash, ximoyalash, ogoxlantirish va profilaktika, evristika (ijodiy fikrlash), kategoriya, mexanizm, ijtimoiy ta’lim, ijtimoiy tarbiya, ijtimoiylashuv, ijtimoiy adaptatsiya, ijtimoiy reabilitatsiya, pedagogika faoliyat,Individual yordam.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalari Xar bir fanni shu fanning o`rganish predmetiga asoslangan bilimlar tizkmi ajratib turadi. Fanning bilimlar tizimi uning tushuncha va kategoriyalarida o`z aksini topadi. Tushuncha — real olamni bilish jarayonida aks etish shakllaridan biri. Reallikning o`zgaruvchanligi va ko`p qirraliligi tufayli tushunchalar dinamik, rivojlanadigan tavsifga ega. Ular tarixiy holat va hayot sharoitlariga bog`lik, ravishda o`zgaradi.
Xar qanday fanning rivojlanishi jarayonida tushunchalar ana shu fan kategoriyalariga birlashadi. Fan kategoriyalari shu fanda qo`llaniladigan yanada kattaroq,, amaliy tushunchalardir.Hammamizga ma'lumki, pedagogika fanining asosiy kategoriyalariga “ta'lim”, “tarbiya”, “ma'lumot” singari tushunchalar kiradi. Shu kategoriyalar asosida “shaxs”, “rivojlanish”, “faoliyat”, “jamiyat”, “ijtimoiylashuv” singari ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun umumiy bo`lgan tushunchalar qo`llaniladi. So`nggi yillarda «pedagogik faoliyat” kategoriyasi ham keng qo`llanilmoqda. Ijtimoiy pedagogika fani pedagogikaning yo`nalishlaridan biri sifatida “Ijtimoiy pedagogik faoliyat”, “Ijtimoiy ta'lim” va “Ijtimoiy tarbiya” singari kategoriyalarga ega. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalarining bir-biridan farqli jihati quyidagi jadvalda aks etgan.
Pedagogika hamda ijtimoiy pedagogika fani kategoriyalari
IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYATDA BOLALARNING MOSLASHUV KOʼNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
REJA:
Maktab-ochiq ijtimoiy pedagogik tizim sifatida
Bolalarga qo`shimcha ta'lim berishning ijtimoiy-pedagogik modeli. Bolalarni ijtimoiy himoyalash mikromarkazlari
ijtimoiy pedagogning maktab yoshidagi bolalar bilan ish yuritishi, tengqurlar jamoasi va bolalar submadaniyati.
Ijtimoiy pedagogning tarbiyasi og’ir o’spirinlar bilan ish olib borishi
Spirtli ichimliklar istе'mol qiluvchi o`smirlar bilan olib boriladigan ijtimoiy-pеdagogik faoliyat. Giyohvandlik – dеviant xulq shakli sifatida
Sotsiumda insonparvarlik munosabatlarni shakllantirish ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy maqsadi va ma'naviy ahloqiy asosi hisoblanadi.
Ko`pchilik mamlakatlarda shaxsning insonparvarlik g`oyalari asosida ijtimoiylashtirish kontseptsiyasi asosida faoliyat yuritayotgan maktablar mavjud. Germaniyadagi xolistik maktablarning pedagogik kontseptsiyasi, Shvettsiya va Amerikadagi hamda Rossiyadagi “Kichik tumonlar maktabi” (“Maktab mikrarayon”)shular insonparvarlik tizim sifatida namoyon bo`ladi.
Ochiq maktablar ko`p qirralari vazifalarni bajarib, kun davomida bolalar va kattalar uchun faoliyat ko`rsatadi. Ular xohlagan vaqtlarida bu maktabga kelishlari mumkin. Bu maktablar oila, ma'naviy-ma'rifiy tashkilotlar, ish joylari, mahalliy hokimliklar, jamiyat tashkilotlari kabi ijtimoiy institutlar bilan hamkorlik qiladi.
Eng asosiysi bolaning ta'lim va tarbiyasi ijodiy faoliyat asosida olib boriladi; maktab bolaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi. Ochiq maktablar strukturasida yangi tarbiyachi-ijtimoiy pedagoglar faoliyat ko`rsatadi. U shaxs va jamiyat o`rtasidagi “vositachi” rolini bajaradi.
Bunday maktablar asosan;
▪ o`qituvchilarning pedagogik bilimini boyitish
▪ sotsiumning imkoniyatlarida foydalanib, ota-onalarning umummadaniyatini rivojlantirish:
▪ ijtimoiy foydali madaniy dam olishini tashkil etishga doir o`z faoliyatlarini olib boradi.