Bola shaxsining rivojlanishida ijtimoiy omillarning ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix09.10.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#153228
1   2   3   4   5
Suyunova Matluba Abdusaidovna


часть
3
 
«
Научный импульс
»
апреля 
, 202

1757 
Bolaning ijtimoiy rivojlanishida etakchi o'rinni o'z xalqining axloqiy qadriyatlarini 
o'zlashtirish va keyinchalik umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni bilish va egallash yotadi. 
Ijtimoiy taraqqiyot bilan chambarchas bog'liq maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy 
tarbiyasi hisoblanadi.Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy xatti-harakatlari tajribasi 
kattalar bilan muloqot jarayonida shakllanadi va tengdoshlari bilan turli xil qo'shma 
tadbirlar va munosabatlarda mustahkamlanadi. 
Bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yo‘nalish kabi tushunchalar rivojlanadi, sog‘lom 
hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o‘zlarini qanday tutish kerakligini tushuna 
boshlashadi. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturida barcha narsaning asosi ijtimoiy 
yondashuvdir, ya'ni diqqat markazida - bola va uning manfaatlari turishi ko’zda tutilgan. 
Pedagog,ota-ona, pedagogik tarkib, bolaning o‘zi va albatta, jamiyat hamda davlat kabi 
ijtimoiy hamkorlar bilan bir butunlikda ijtimoiy muhitni tashkil qiladi. 
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan 
kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat 
a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin 
egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish 
va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, 
shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar 
hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 
Shaxs psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari 
bilan boshqalardan ajralib turuvchi muayyan jamiyat a’zosi bo’lib,uning shakllanishi ijtimoiy 
munosabatlar jarayonida kechadi. Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat 
tomonidan tan olingan ma’naviy-axloqiy, shuningdek, huquqiy me’yorlar mohiyatini 
o’zlashtiradi. Jamiyatning a’zosi sifatida uning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini 
ta’minlovchi mehnat faoliyatini yo’lga qo’yadi.Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlari, 
manfaatlarini qondirish yo’lida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. 
Bola yoshligidan o’yin, mehnat va o’qish faoliyatlarini tengdoshlari bilan birgalikda 
tashkil etish asosida ijtimoiy muhitga moslasha boradi. Ijtimoiy muhit bolaga borliqni 
anglash uchungina emas, balki o’zligini anglash uchun ham imkoniyat yaratadi. Bolaning 
doimiy ravishda jamoa orasida bo’lishi, uning jamoa ta’sirida shakllanishi unda ijtimoiy 
faollikni yuzaga keltiradi. 
Mustaqil taraqqiyot yo’liga chiqqan O’zbekistonda ko’plab yangi sohalar qatori 
aholiga psixologik maslahatlar berish hamda oilaviy psixoterapiya sohasini rivojlantirishga 
xizmat qiladigan tatqiqotlarga bo’lgan muayyan ehtiyoj tobora sezilmoqda.Zero, bunday 
xizmatlarga ehtiyoj bir tomondan oilaviy munosabatlarni muvofiqlashtirishga xizmat qilsa, 
ikkinchi tomondan, shu maskanda tarbiyalanayotgan bolalarning ijtimoiy-hissiy 
rivojlanishiga ota-onalar tomonidan ko’rsatiladigan e’tiborning samarasini belgilaydi.
Shu nuqtayi nazardan boladagi jamiyatda, insoniy munosabatlar tizimida munosib 
maqomga ega bo’lishni ta’minlaydigan eng dastlabki ijtimoiy tasavvurlar hamda o’zi va 


Международный
научный
журнал


(100), 
Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin