Bola tarbiyasida oilaning o’rni haqida mutafakkirlar ta’limoti Mundarija: Kirish I.BOB. Sharq mutafakkirlarining asarlarida bola tarbiyasi I.1. Bolaning tarbiyasining qaror topishi.
II BOB. Bolaning oilada tutgan o’rni II.1. Bola tarbiyasi haqida tushuncha II.2. Bolalar jamoasining shakllanish bosqichlari Xulosa Foydanalilgan adabiyotlar
Kirish Mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish ta`lim va kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy maqsadi. Ijtimoiy munosabatlar ko’lamining kengayishi o’sib kelayotgan avlodni o’ta murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga har tomonlama yetuk etib tayyorlash vazifasini qo’ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan yetuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli buzg’unchi g’oyalar ta`siriga tushib qolish, nosog’lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etishdan o’zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta`minlovchi asosiy omildir. O’zbekiston Respublikasida demokratik va huquqiy jamiyat barpo etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro’y berayotgan voqea-hodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. Ijtimoiy borliqda kechayotgan o’zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi shaxs faolligini ko’rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. qolaversa, mustaqil fikr egasi bo’lgan shaxs o’z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon eta oladi. Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta`limiy islohotlarning ham asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu xususida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e`tirof etadi: «Amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida shakllanishi uchun, o’z qobiliyatini, o’z talantini ishga solib hayotini yanada yaxshilashi, ma`nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan iboratdir»1.