4.2. Umumiy majlislar MTM va oilada bolaning axloqiy tarbiyasi. Mavzu bo'yicha ota-onalar chiqishlarini tayyorlash.
Bola tarbiyasida ota-onalar obro'yi. Ma'ruza mavzusi bo'yicha tayyorlangan ota-onalar chiqishlari.
Yoz paytida MTM hovlisida tarbiyaviy ishlar (bunda mehnat tarbiyasi masalalariga alohida e'tibor beriladi).
Yoz sharoitida sog'lomlashtirish tadbirlari (shifokor axboroti).
Bolalarni ekskursiyaga olib chiqish bilan bog'liq tashkiliy masalalar.
Bolalar bilan o'tkazilgan yozgi sog'lomlashtirish ishlarining yakuni.
Ota-onalar qo'mitasi ishining hisoboti.
Xulosa Xulosa qilib aytganda, bola tarbiyasida maktabgacha ta’lim, Oila va Jamiyatning ham birdek xissasi bordir. Chunki bola oilada ilk bor ta’lim- tarbiya olsa, uni maktabgacha ta’limda yanada shakllantiradi, mustahkamlaydi va qisqa tushuntirish, nasihat yoki o‘yinlar orqali tarbiya elementlarini egallaydi. Egallagan tarbiyani esa albatta jamiyat va o‘zaro munosabatlarda qo‘llaydi. Bu esa bola tarbiyasining asosi hisoblanadi.
Bu masalalarni jamoa bo‘lib muhokama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish
shakllari jamoa ish shakllariga kiradi. Tarbiyachilar bola tarbiyasini shakllanti-rishda oila tarbiyasiga chambarchas bog‘laydilar. Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to‘rt bo‘limga ajratadi:
“Tarbiyaning zamoni”.
“Badan tarbiyasi”.
“Fikr tarbiyasi”.
“Axloq tarbiyasi” haqida hamda uning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritadi.
Shunday ekan bola tarbiyasi bir vaqtning o‘zida “Maktabgacha ta’lim”, “Oila” va “Jamiyat” nuqtai- nazarida shakllanib boradi. Biz oilani “davlat ichra kichik davlat”- deb ataymiz. Unda yangi inson, ya’ni davlatning yangi bir vakili dunyoga keladi. Kichik davlat - oila esa bu inson uchun dastlabki hayot dorilfununi bo‘ladi.
Shu sababli ota - onalar farzandning birinchi o‘qituvchisi va tarbiyachisidir.
Farzandni barkamol va ma’naviy yetuk qilib o‘stirish uchun, eng avvalo ota-onaning o‘zi yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lishi kerak. Farzand tarbiyasini ota – onalar o‘z shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota - naning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat oldidagi mas’uliyati hamda qarindosh - urug‘lar oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota - ona obro‘si farzand tarbiyasida ma’naviy ozuqa bo‘ladi. Bu ma’naviy ozuqa bola tarbiyasida “ufq” ni ko‘zlab ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi.
Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo‘shib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota - onalar ijobiy o‘rnak bo‘ladigan ishilardir, ya’ni obro‘li ota - onalardir. Bunday odamlar o‘z farzandlari tarbiyasiga oilada ham, maktabgacha ta’limda ham e’tibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar a’zolari bo‘ladi. Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta’sirida tarkib topadi.
Ulardan birinchisi odam tug‘ilib o‘sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta’siri bo‘lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta’limtarbiyaning ta’siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo‘l bilan beradigan irsiy omillarning ta’siridir. Shunday qilib, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu o‘z navbatida bola shaxsini tarbiyalashda oila va jamiyatning ham roli nihoyatda katta ekanligini ko‘rsatib beradi.