BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHISINING PEDAGOGIK MAHORATINI TAKOMILLASHTIRISH METODIKASI To’xtasinov. NamDU Musiqa ta’limi
kafedrasi stajyor- o’qituvchisi ANNOTATSIYA Jamiyat va ayrim shaxsning estetik madaniyati tushunchalari mavjud. Jamiyatning estetik madaniyati deganda, insoniyat butun rivojlanish tarixi jarayonida to`plagan moddiy va ma’naviy qadriyatlar majmui tushuniladi. Bola shaxsining estetik madaniyati uning jamiyat moddiy merosini faol o’zlashtirishi natijasida ham bo’ladi. Shaxsni go’zallik bilan o’zaro munosabati, shuningdek, shaxsning ayrim sifatlarini o’zaro ta’siri natijasida estetik madaniyati doimo o’zgarib turadi.
Kalit so’zlar: jamiyat, estetika, cholg’u, dars, go’zallik, tarbiya Insonning go’zallik tuyg’usini shakllantirmay turib, ma’naviy barkamol inson haqida gapirib bo’lmaydi. Musiqa ana shu nozik tuyg’ularni shakllantirish va tarbiyalashning qudratli vositalaridan biridir. Shaxsni kamol toptirishda musiqa madaniyatining o’rni va ahamiyatini ochib berish , birinchidan, inson va uning mohiyati masalasini , ikkinchidan, ma’rifatlik ko’lamini, uchinchidan, ma’naviy kamolotda musiqa ega bo’lgan imkoniyatlarni aniqlash demakdir.
Bundan tashqari musiqa insonning umuman hayotga bo’lgan estetik munosabatlarini kuchaytiradi va noziklashtiradi, ayniqsa yoshlarni iste’dodini ro’yobga chiqarish , ahloqan poklanish, hayotga moslashish, biror kasb-hunar egasi sifatida ijtimoiy faollashishiga yordam beradi. Musiqa bilan chinakam oshno bo’lgan shaxsning xatto tashqi qiyofasi, xatti-harakati va muomala madaniyatida ham o’zgarish ro’y beradi.
Mashg’ulotlarning musiqiy umumlashtiruvchi metodi. Bu metod bolalarni musiqa idroki, mantiqiy va badiiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir.
Musiqa rahbari mashg’ulotlarida hal qilinishi lozim bo’lgan konkret vazifalarni vujudga keltiradi;
Musiqa rahbari va bola o’zaro hamkorlikda masalani yechadi;
Musiqa o’qitishning og’zaki metodlari. Bunda musiqa mashg’ulotlarida musiqa rahbarining so’z mahoratiga alohida talab qo’yiladi. Musiqa rahbari o’zining asar haqidagi badiiy kirish so’zi bilan bolalarni ajoyib va sehrli musiqa olamiga kiradi va qiziqarli hikoya yoki suhbat yo’li bilan bolalar diqqatini jalb qilib musiqani badiiy idrok etishlariga erishadi. 1 Qiziqarli so’z ifodasi -bu musiqa rahbarining musiqa asari haqida jonli, emotsional yorqin bayoni. Hikoya qisqa, obrazli, jonli, qiziqarli bo’lib uning maqsadi bolalarni asarni badiiy idrok etishga o’rgatish”1. Suhbat- musiqa rahbari va bolalar orasidagi dialog shaklidagi faoliyatlan iborat bo’lib, bolalarni mustaqil fikrlashga undaydi.
Ko’rgazmali o’qitish metodlari. Ma’lumki, musiqa harakatlanuvchi kuy va garmonik tovushlardan iborat bo’lgan san’atdir. Uni faqat eshitish organi orqali tinglab idrok etish mumkin. Ko’rgazmali o’qitishni esa, nota yozuvlarini, plakatlar, rasmlar, musiqa rahbarining so’z, dirijyorlik ifodalari, raqs harakatlari, bolalar cholg’u asboblari, musiqani jonli va aniq ijrosi, texnik vositalaridan foydalaniladi. Demak, musiqani jonli yangrashi mashg’ulotlarda asosiy ko’rgazma bo’lib xizmat qiladi. Musiqa ta’limidagi ko’rgazmalilik turlari:
Tabiiy ko’rgazmalar (tabiatdan olingan).
Grafik ko’rgazmali qo’llanmalar(chizma, sxema, jadvalar).
Tasviriy ko’rgazmalar (suratlar, fotosurat, vidiofilg’mlar).
Muayyan belgilarni ifodalaydigan ramziy ko’rgazmalar.
Musiqa ta’limida ilyustratsiya metodi asosan plakatlar, cholg’u-asboblari, stend, chizmalar, kompazitorlarning suratlari, jadvallar kabilarni ko’rsatishni o’z ichiga olsa, namoyish etish metodlariga asl holdagi tabiiy ob’ektlarni ko’rsatish mashg’ulotlar jarayonida esa texnik namoyish, ya’ni zamonaviy kompuyuter, axborot kommunakatsiya tarmoqlari yordamida, kompakt disk elektron kitoblaridagi mavzularni ekranda yoritish, mavzuga oid kino va vidiofilmlar, audio va vediomateriallar kiradi.
Amaliy o’qitish metodlari. Amaliy metodlar vositasida bolalar vokal-xor malakalarini, musiqaning tuzilishi hamda ifoda vositalarini tahlil etish, uning janr va shakllarini aniqlash va nota yozuvini o’rganish malaka-ko’nikmalarining shakllantirishi uchun foydalaniladi. Amaliy metodlar, vokal-xor malakalarini rivojlantirishda muhim vosita bo’lib hisoblandi.
O’yin metodi-asosan boshlangiya guruhharida ko’proq yaxshi natija beradi. Yangi dastur asosida yaratilayotgan qo’llanma va mashg’ulotlarda o’yin va uning elementlari keng joriy etiladi. Boshlang’ich guruh bolalari serharakat va o’yinga moyil bo’ladilar. Mashg’ulotlarda qo’llaniladigan musiqali o’yinlar bolalarning musiqa o’quvini o’stiradi, musiqiy qobiliyatini rivojlantiradi.
Taqoslash metodi. Musiqa mashg’ulotlari jarayonida taqqoslash metodi keng qo’llaniladi. U vokal-xor ishlarida musiqa rahbari , bolalar ijrosi va magnit yozividagi ijrolarini taqqoslashda, musiqa asarining tahlili va janrlarni belgilashda keng qo’llaniladi.
Musiqa uquvi va musiqiy eshitish qobiliyati bo’sh bo’lgan bolalar bilan ishlash metodi. Musiqa uquvi bo’sh bo’lgan bolalar bilan mashg’ulotlar jarayonida differintsial guruhlarga bo’lib va mashg’ulotlardan keyin vaqt ajratib, yakka (individul) tarzda ish olib boriladi. Differentsial guruh deganda bolalarning musiqiy qobiliyati, uquvi va ovoziga qarab tabaqlashtirish yoki guruhlarga bo’lish tushiniladi.2 Birinchi guruhga ovozi jarangli, yaxshi musiqiy qobiliyatga ega bo’lgan bolalar kiradi.
Ikkinchi guruhga ovozi, musiqiy qobiliyati o’rtacha bo’lgan, ya’ni musiqa rahbarining ovoziga ergashib, tayanib kuylaydigan bolalar kiradi.
Musiqa ta`limining davlat standartlari asоsida yangi dastur ishlab chiqildi. Yangi dastur mazmunida milliy musiqa merоslaridan to’laqоnli fоydalanish, оmmaviy xalq kuylari va qo’shiqlari, maqоm, shashmaqоm, dоstоnlar va bugungi zamоnaviy musiqa o’z aksini tоpgan. Mazkur dasturning o’quv jarayoni, musiqa o’qitish metоdikasi. Darslarning yil, chоrak mavzulari, taxminiy rejasi, namunaviy darslar ishlanmasi, mahalliy musiqa va dars faоliyatlari dars mavzusining ajiralmas bir kismi bo’lib, umumiy mavzuga bo’ysunadi va mantiqan uzviy birlashib mazmunan bir butunlikni tashkil etadi. Bu xоzirda ishlayotgan o’qituvchilardan ish mazmuni va uslubida yangilanish jarayonini talab etadi. Bunday talablar mazkur qo’llanmalar, tavsiyanоmalar majmuasida va nashr etilayotgan o’quv- metоdik qo’llanmalarda keng ma`nоda yoritilmоqda. Yangi dasturlarni o’ziga xоs yana xususiyatli tоmоni shundan ibоratki, musiqa madaniyati fanini asоsi bo’lgan musiqa savоdxоnligini tarkib tоptirish lоzim bo’lgan, qatоr musiqiy qоnuniyatlar jumladan, musiqa nutqi, musiqa ifоda vоsitalari, musiqa shakillari, musiqaning tuzilishi va rivоjlanishi, musiqaning zamоnaviyligi kabilar chuqur, mukammal o’rgatilishi kerak. Demak, yangi dastur mazmunida dars o’tish uchun, musiqa o’qituvchisi o’zining musiqiy-nazariy bilimlarini takоmillashtirishi lоzim.
Uchinchi guruhga esa, ovozi uncha yaxshi bo’lmagan, musiqiy qobiliyati bo’sh bo’lgan bolalar kiradi. Musiqa mashg’ulotlari jarayonida bu bolalarni quyidagi tartibda joylashtirish kerak: birinchi qatorga musiqa rahbarining ovoziga tayanib kuylaydiganlar, ikkinchi qatorga musiqiy uquvi bo’sh, yaxshi musiqiy qobiliyatga ega bo’lmagan bolalar, uchinchi qatorga qobiliyatli ovozi jarangdor bo’lgan bolalar o’tiradilar. Bunda ikkinchi qatordagi bolalar musiqa ohanglarini atroflaridan eshitib, ularning ovoziga ergashib, chiroyli, ifodali, to’g’ri kuylashga harakat qiladilar.
Shu uslub bilan bolalarni musiqiy uquvini o’stirish mumkin. Ba’zi musiqa uquvi bo’sh bo’lgan bolalar bilan mashg’ulotlardan keyin alohida, yakka tartibda shugullanib, topshiriqlar beriladi va ovozlari sozlanib qo’shiqlar alohida o’rgatiladi. Shu tariqa bolalarda musiqaga qiziqish, qo’shiq kuylash, musiqa tinglash ishtiyoqi, musiqiy qobiliyati, musiqiy uquvi, qo’shiq kuylash malakalari hosil bo’ladi.
Bugungi kunga qadar o’zbek xalqining asrlar davomida to’plangan ma’naviy boyliklari, ahloqiy tamoyillari, urf-odatlari va an’analarini saqlab qolish sohasida bir qator ishlar amalga oshirildi. O’zbek xalqi tomonidan yaratilgan bebaho asarlarni yoshlarga yetkazish, tarixiy yodgorliklarni qayta ta’mirlash, chet ellarga o’tib ketgn xalq sn’ati namunalarini O’zbekistonga qaytarish sohasida muhim ishlar qilinmoqda. “Ta’lim to’g’risidagi qonun” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da ikki muhim masalaga e’tibor qaratilgan: 1) ta’limning milliy poydevor asosida qurilishi: 2) yoshlarni jahon andozasi darajasida tayyorlash.
Ta’lim mazmunini milliylashtirish va o’quvchilarni ma’naviy-ahloqiy madaniyatini shu poydevor asosida qurish ishi musiqa darslarini takomillashtirish vazifasini ham qo’ymoqda.Respublikamiz umumiy o’rta ta’lim maktablarida dars berayotgan musiqa o’qituvchilarining deyarlik 80-90 foizi xalq san’ati durdonalaridan bexabardirlar.
Farzandlarimiz go’zal axloq egasi bo’lishi uchun, ularning ongiga avloddan-avlodga o’tib kelayotgan an’analarimizni turmushimizda amal qilgan holda singdirishimiz lozim. Albatta, bu o’z ijobiy samarasini beradi va bu odatlar tirmushimizda takrorlanib turishi natijasida ixtiyorsiz ravishda o’z-o’zidan bolalar ongiga singib boradi, hamda ularning tarbiyasiga, hulq-atvorini shakllantirishga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi. Musiqiy tarbiya shaxsning estetik kamolotiga ta’sir o’tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga bog’liqdir. Yoshlarni go’zallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni to`g’ri tushunish, oliyjanob his-tuyg’ularni va itilishlarini shakllantirishda estetik tarbiyaning suhbat, hikoya, namuna, topshiriq, o’z-o’zini tarbiyalash, rag’batlantirish va jazolash, o’z-o’zini tahlil qilish, o’z-o’zini baholash metodlari katta ahamiyatga ega. O’smirlarning estetik tarbiyasini shakllantirishda o’qituvchining jonli so’zi eng ta’sirli usul hisoblanadi. Suhbat uchun mavzu tanlashda uning o’quvchi uchun qanchalik dolzarbligi bolalarda estetik tarbiyaga ishonch uyg’otishining suhbat mazmuniga bo’lgan munosabatlarini va suhbatdan kutilayotgan natijani hisobga olish zarur.
Suhbat musiqaning turli mavzularida: cholg’u ijrochiligi, honandalik shaxslararo munosabat, inson go’zalligi va ayniqsa musiqaning inson shakllanishidagi ijobiy ta’siri haqida bo’lishi mumkin. Suhbat davomida o’quvchilarning dilidagini aytish, jasoratini uyg’otish, fikrlashga majbur qiluvchi savollar bo’lishi juda muhimdir. Bu borada bahs-munozaralarning o’rni juda katta.
Musiqiy tarbiya ancha keng ma’noga ega bo’lib, shaxsni tabiat va jamiyatdagi go’zalliklarini ideal nuqtai nazardan idrok etishga o’rgatadi. Shuningdek, estetik faoliyatga, voqelikni go’zallik qonun-qoidalari asosida o’zgartirish qobilyatini shaxsda tarbiyalaydi. Estetik rivojlantirish – bu, shaxsning estetik ongi, munosabatlari va faoliyatining vujudga kelishi, hamda takomillashuvidan uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli bosqich, hamda darajalarga ega. Musiqiy tarbiya shaxsning jamiyat estetik madaniyatining egallab olishiga bog’liq bo’lib, turli yo’llar va shakllar yordamida amalga oshiriladi.
Musiqani ongli idrok etishda cholg’uni bilishning zarurligining boshlang’ich saboqlarini bilish o’z navbatida asarni badiiy ohang va mantiqiy jihatdan xotirada turg’un saqlanishini ta’min etadi.
Shuni unutmaslik lozimki cholg’u asbobidan jonli ravishda yangragan musiqa birinchi sinf o’quvchilarining diqqat, qiziqish va ongli ravishda o’rganilgan qo’shiq ohang va tinglangan musiqa kuyi xotirada bir umr muxrlanib koladi.
O’zbek xalq cholg’u asboblari o’z vazifalari, ijrochilik imkoniyatlari va tuzilishlariga ko’ra ko’pincha tojik hamda boshqa sharq xalqlari musiqa cholg’u asboblari bilan bir xil va o’xshashdir.
Musiqa madaniyati darslarida ham o’quvchilarning ijrochilik bilim malakalarini baholab borishga e’tiborni kuchaytirish kerak bo’ladi. Bunda o’qituvchilar o’quvchilarni eng avvalo darsga ishtirokiga erishishlari, faollikni ta’min etishlari, eng muhimi bolalarni o’z darslariga qiziqtira olishlari shart.
Bugungi kun musiqa o’qituvchisining eng asоsiy vazifalaridan biri axbоrоt texnоlоgiyalariga tayanish va undan unumli fоydalanishni chuqur idrоk etishidadir. O’qituchilarning bo’sh vaqtlari va darsga tayyorgarlik jarayonlarida internet tizimi va axbоrоt texnоlоgiyalarining zamоnaviy manbalari juda qo’l keladi.
Kichik musiqa asarini idrok etishga ko'nikkan bola yirik musiqaasarini idrok eta olmaydi. Demak, bolaning musiqaidroki qobiliyatinibu darajaga yetishi uchun katta asarni eshitib bilishga lozim bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni ongli ravishda faol o'zlashtirishi lozim. Ammo bu o'z-o'zidan vujudga kelmaydi. Buning uchun musiqatarbiyasida sistemalilik va davomiylik tamoyilini qo'llagan qolda bolaning o'quv materiallarini ongli bilib o'zlashtirishi, bilim jarayonining faolligini vujudga keltirishi lozim.
Ongli munosabat avvalo o'qitishning mazmuni, dars berish usullari bilan boqliq bilish istagining tuqilishini taqozo etadi. Musiqa darsining o'zi qiziharli bo'lganidagina o'quvchi o'qishga intilib turadi. Bu o'rinda ko'p narsa o'qituvchiga, uning ish uslubi va metodiga, o'quvchilarga bo'lgan munosabatiga boqliq. Ma'lum musiqaasarini kuylab yoki tinglab o'zlashtirish va undan badiiy-estetik zavqlanib, qoyaviy boyish uchun mazkur asarni idrok etishga, bolaning eng avvalo, diqqat e'tiborini jalb eta bilish va unda qiziqish uyqota bilish shart. Aks qolda onglilik va faollik vujudga kelmaydi.
O'quvchilarning musiqiy qiziqishlarini va tasavvurlarini boyitishda, darsda onglilik va faolliligi vokal-xor malakalarini shakllanishi uchun zarurdir. Buning uchun o'qituvchining tushuntirish vositalarining maqsadga muvofiqligi, aniq va ravshanligi, bolalarning so'z boyligiga mosligi, vokal mashqlari va qo’shiqlaresa ularning ovozi va kuylash malakalariga mos tushishi shart. Musiqa savodidan o'rganishda esa onglilik va faollik musiqani nazariy va amaliy jixatdan to'qri bilish va o'zlashtirishini osonlashtiradi. Bilishning faol xarakterga ega ekanligi o'quv faoliyatida ham namoyon bo'ladi. O'quvchilar musiqiy o'quv materialini faqat faol bilish faoliyati jarayonidagina tushinishi va o'zlashtirishi mumkin.
O'quvchi qiziqishi va o'qish istagi borligi uchun mustaqil ravishda meqnat kiladi. Uning musiqa darsidagi faolligi, meqnatsevarligi, bilimga tashnaligi oqibatida yuz beradi. Bu o'rinda musiqao'qtuvchisining roli o'quvchiga o'z o'qish vaqtini to'qri tashkil etishga yordam berishdan, unga aqliy faoliyatning rasional usullarini o’rganishdan iboratdir.
Foydalanilgan adabiyotlar: MTM da musiqa o’qitish metodikasi, Ma’ruzalar matni, 2016 y
T. Ortiqov,Musiqa o’qitish metodikasi,2016 y,NamDU
Musiqiy tarbiya- ma’naviyat asosi,NamDU, to’plam,2017 y
Q. Rahmatov,O’zbek xalq cholg’ulari, Ma’ruzalar matni,2015 y.NamDU
1 Musiqiy tarbiya- ma’naviyat asosi,NamDU, to’plam,2017 y
2 Musiqiy tarbiya- ma’naviyat asosi,NamDU, to’plam,2017 y