- o‘zbek adabiy tili qonuniyatlari va normalarini mukammal bilishi;
- o‘z-o‘zini va nutqiy faoliyatini muntazam nazorat qilishi;
- o‘zining nutqiy madaniyatini doimiy rivojlantirib borishi;
- nutqiy muloqotnint barcha holatlarida adabiy nutq qoidalarini egallash uchun
o‘ziga sharoit yaratishi.
O‘z-o‘zini nazorat va ifodali nutq malakalarini rivojlantirish uchun o‘qituvchi
o‘z nutqiy faoliyatini kuzatishi, u jonli,
xilma-xil, hissiy bo‘yoqlimi yoki bir xil
monotonlimi, bilib borishi lozim.
Nutqingizni tayyorlash va mashq qilish jarayonida o‘zingiz mustaqil ravishda
quyidagi savollarga javob toping:
Tinglovchilarda qanday fikr uyg‘otmoqchiman?
Auditoriyada ijobiy muhitni qanday kayfiyat asosida yaratmoqchiman?
Nutq mazmuni va sharoiti qanday intonatsiya va ritmni talab etadi?
Har qanday ta’lim-tarbiyaviy mashg‘ulot oldidan bir necha bor o‘z
nutqingizni yozib olib tinglang va xatolaringizni tuzatishga harakat qiling,
nutqingizni qaytarib mashq qiling. Nutqingizni rang-barang badiiy-adabiy so‘zlar
bilan boyiting. O‘z taassurotlaringizni qo‘shgan
holda boyitib, to‘ldirib boring.
O‘qituvchi nutqining mukammalligi, tozaligi, ta’sirchanligi bilan o‘quvchilar
e’tiborini
jalb qiladi, ular qalbiga yo‘l topadi, hech qanday qiyinchiliksiz kasbiy
pedagogik faoliyatida duch keladigan barcha ziddiyatlarni bartaraf etadi. Natijada
o‘qituvchi pedagogik
faoliyatda aslo toliqmaydi, asab tizimi doimo sog‘lom
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: