Bo‘lajak o‘qituvchi o‘z nutqini takomillashtirib borishi uchun amal qilishi lozim bo’lgan jihatlar



Yüklə 290,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix12.10.2023
ölçüsü290,35 Kb.
#154756
1   2   3   4   5
Diapazon - 
tovushning hajmi bo‘lib, uning chegarasi eng yuqori va quyi 
ohanglar bilan belgilanadi. Diapazonning qisqarishi nutqni bir xil ohangda zerikarli 
bo‘lib qolishiga sabab bo‘ladi. O‘qituvchining bir ohangda gapirishi, tinglovchilar 
tomonidan axborotni idrok qilishni pasaytiradi va ularni zeriktirishi mumkin.
Tembr – 
tovushning rang-barangligi, yorqinligi hamda yumshoqligini 
namoyon qilib, shu bilan birga o‘qituvchi nutqining chiroyli, mayin, jozibali, 
o‘ziga hosligini ta’minlaydi. Ba’zilar tovush va uning tembri tug‘ma deb bilishadi. 
Lekin hozirgi eksperimental fiziologiya tovushni to‘liq qayta qurish mumkinligini 
isbotlab bergan.
Materialning murakkab qismini o‘qituvchi past tempda, keyin esa tezroq 
gapirishi kerak. Mavzuga oid qoidalar va qonuniyatlar aytilganda, xulosa 
qilinganda nutq sekinlashadi.
Diksiya - 
aniq talaffuz qilish. Talaffuzning aniqligi o‘qituvchi uchun 
professional zarurat bo‘lib, o‘qituvchi nutqini talabalar tomonidan to‘g‘ri 


tushunilishini ta’minlaydi. Talaffuzning aniqligi aytilayotgan so‘z, bo‘g‘in va 
tovushlarning qat’iy aniqligidir. U nutq apparati barcha a’zolarini (lablar, jag‘, 
tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, kichik til, kekirdak, tomoq orqa devori, tovush 
naychalari) birgalikda ishlashiga bog‘likdir. Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til 
va pastki jag‘ nutqda faol ishtirok etadi. Shuning uchun ham ularni mashq qildirish 
muhim ahamiyatga egadir. 
Artikulyatsiya
– aniq talaffuz qilishni takomillashtirish, ya’ni artikulyatsiya 
– nutq organlarini harakatlantirish orqali vujudga keltiriladi. Artikulyatsiya 
gimnastikasi ikki turga bo‘linadi. Birinchisi nutq apparatining dastlabki mashqlari 
va ikkinchisi har bir unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri aytishga o‘rgatuvchi 
mashqlar (ifodali o‘qish, tez aytishlar). 

Yüklə 290,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin