tushunilishini ta’minlaydi. Talaffuzning aniqligi aytilayotgan so‘z, bo‘g‘in va
tovushlarning qat’iy aniqligidir. U nutq apparati barcha a’zolarini (lablar, jag‘,
tishlar, yumshoq va qattiq tanglay, kichik til, kekirdak, tomoq orqa devori, tovush
naychalari) birgalikda ishlashiga bog‘likdir. Til, lablar, yumshoq tanglay, kichik til
va pastki jag‘ nutqda faol ishtirok etadi. Shuning uchun ham ularni mashq qildirish
muhim ahamiyatga egadir.
Artikulyatsiya
– aniq talaffuz qilishni takomillashtirish, ya’ni artikulyatsiya
– nutq organlarini harakatlantirish orqali vujudga keltiriladi. Artikulyatsiya
gimnastikasi ikki turga bo‘linadi. Birinchisi nutq apparatining dastlabki mashqlari
va ikkinchisi har bir unli va undosh tovushlarni to‘g‘ri aytishga o‘rgatuvchi
mashqlar (ifodali o‘qish, tez aytishlar).
Dostları ilə paylaş: