5. Bo’lajak o’qituvchilarda kasbiy madaniyatini shakllantirishning pedagogik omillari
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining muhim omillaridan biri yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol qilib tarbiyalashdan iborat.Inson shaxsi haqida gap ketganda albatta ko’z o’ngimizda komillikka intilgan ma’naviy jihatdan yetuk jamiyatning taraqqiy etishiga munosib hissa qo’sha oladigan yurt ravnaqining buguni va ertasini o’ylaydigan shaxsni keltiramiz.Shu o’rinda pezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlarini keltiramiz: “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma`naviy salohiyatga ega bo`lib, dunyo miqyosida o`z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo`sh kelmaydigan insonlar bo`lib kamol topishi, baxtli bo`lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”.
Pedagogik madaniyat –o’qituvchining o’quvchilar bilan munosabatlar jarayonida zarur bo’lgan umumiy axloqiy qoidalar majmuasi,pedagogning meyoriy-ma’naviy qarashlarga asoslangan odobidir.Ma’lumki o’qituvchilarda ma’naviy –axloqiy, xususan,pedagogik qiyofasini shakllantirish bo’yicha o’qituvchi - tarbiyachining olib boradigan ishlari murakkab va ko’p qirralidir.
Pedagogik madaniyat imkoniyat yaratgan pedagogik tajribalarni egallab olish orqali ko‘p qirrali munosabatlar va muammolarni vujudga keltirishga yordam beradi, o‘zini anglashni, o‘zini takomillashtirishni ta’minlaydi.
Pedagogik madaniyat muammolari bo’yicha F.N.Gonobolin, N.V.Ko‘zmin, A.I.Sherbakov, A.A.Slastenin va boshqalar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilgan.
Bu tadqiqotlarda pedagogik faoliyatning turli xil sifatlari va ko‘rsatkichlari o‘rganilgan va pedagogik faoliyat orqali o‘qituvchining pedagogik madaniyati darajasini, uning mazmuni va mohiyatini anglaydilar.
E.A.Grishin pedagogik madaniyatni ifoda etib, o‘qituvchining quyidagi kasbiy ahamiyatga molik sifatlarini ko‘rsatadi: - umumiy bilimdonlik;
- o‘z fanini bilish;
- pedagogik bilim va mahoratlarini doimiy rivojlantirib boorish;
- pedagogik kasbini sevish;
- odamiylik, haqiqatgo‘ylik va talabchanlik;
- ko‘zatuvchanlik, e’tiborlilik va odoblilik.
V.A.Slastelin pedagogik madaniyatning integral ko‘rsatkichlari deb quyidagilarni hisoblaydi:
- mutaxassislik sharafi va g‘ururini his etish;
- jamiyatga xizmat qilish shakli sifatida pedagogik faoliyatga tayyorlik darajasi.
V.A.Kan-Kapin pedagogik faoliyat madaniyati tizimiga quyidagilarni kiritadi: Ijodiy individuallik- sezgi, farosat, odob, intuistiya. V.A.Kan-Kapin pedagogik faoliyatga ijodiy jarayon sifatida qaraydi. Pedagogik mahoratga u pedagogik mahoratlilikni kiritib, uni pedagogik madaniyatning bir qismi deb hisoblaydi. Pedagogik madaniyatning muhim tashkil etuvchilari sifatida V.I.Pisarenko quyidagilarni ko‘rsatadi:
- intelegentlilik;
- bilimlar doirasining kengligi;
- kasbi bo‘yicha bilimlarining chuqurligi;
- ilmiy va ijtimoiy ma’lumotlar oqimida yo‘l topa olish mahorati; - pedagogik faoliyatda bilm va mahoratlardan foydalana bilishi.
Pedagogik madaniyat muamolarini o‘rganish. Bu tizimning quyidagi tashkiliy qismlarini ajratib ko‘rsatishga imkoniyat beradi.
O‘qituvchining shaxsiy kasbiy pedagogik yo‘nalganligi. Bu komponent tizimini tashkil etuvchi element hisoblanadi. U pedagogik jarayonning uning qiziqishlari, layoqati, ishonchi, g‘oyalari orqali pedagog faoliyatni insonparvarlashtirishga qaratilgan mustahkam sabablar to‘plamidan iborat bo‘ladi.
Pedagogik jarayoni tashkil etishda o‘qituvchining shaxsi kasbiy pedagogik yo‘nalganligi quyidagilarni o‘z ichiga oladi.
G‘oyalarini (pedagogik vazifalarni keng ko‘ra olishi, pedagogik fikrlashi, rivojlanishi, o‘zini rivojlantirish bilan shug‘ullanishi, pedagogik o‘zaro aloqalarda professionalzmga erishish)
Qiziqishlari (fanga qiziqishi, psixologik-pedagogik bilimlarini takomillashtirishi, o‘qituvchilarning ta’lim darajasini va umumiy ma’naviy madaniyatlarini oshirish)
Qadriyatli yo‘nalishlari (yuqori bilmga ega bo‘lish, tarbiyalash, o‘qituvchi va rivojlantirish jarayonlarida o‘quvchilarini faollashtirish)
Bu tadqiqotlarning umumiy xulosalariga asosan, kasbiy pedagogik yo‘nalganlikning muhim omili bo‘lib, o‘qituvchining insonparvarligi, uning o‘quvchilarga oliy qadriyat sifatida munosabati, o‘quvchining shaxsi, qadr-qimmatini hurmat qilish, mehribonligini do‘stona talabchanligini, befarqlik kamsitish va shavqatsizlikka yo‘l qo‘ymasligi hisoblanadi. Pedagogik faoliyatga iste’dodi asosida sabablari va maqsadlari yotadi. Sabablari pedagogning pedagogik faoliyatiga anglab etgan holda intilishi bilan ifodalanadi.
Maqsadlari - bu o‘qituvchining kasbiy faoliyatida natijalarga erishishga intilishlaridir.Shunday o‘qituvchi shaxsining kasbiy pedagogik yo‘nalganligi o‘zida uning g‘oyalarini, qiziqishlarini, qadriyatli yo‘nalishlarini birlashtiradi va pedagogning shaxsiy sifatlarini moslashtirishi haqiqiy imkoniyatlarini, uning o‘quv tarbiyaviy jarayon talablari kasbiy darajasini aks ettiradi. Demak yoshlar va kasb tanlash kasbiy o’zlikni anglash va kasbiy shakllanishi sharoitida kasbiy qiziqishlari bilan bog’liq bo’lgan muammolarning yechimini topishi lozim.Aks holda kasbiy madaniyat bosqichlari o’rtasidagi uyg’unlik yo’qoladi va mutaxasis talabga javob bermaydi.Bo’lajak o’qituvchilarda asosan yuksak pedagogik madaniyatning mavjudligi shu bilan o’lchanadiki u tinib-tinchimaydigan shaxs bo’lib doim izlanishda bo’ladi.Dars-mashg’ulotlarini bir xil usulda emas balkim har bir mavzuga mos holda turli xil metod va vositalardan foydalanishi bundan tashqari kiyinish va muloqot madaniyatini ham alohida e’tibor qaratishi zarur.
XULOSA
O`qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ota-onalar hamda mahalla bilan hamkorlikni amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda mehnatsevarlik, sinchkovlik, ziyraklik, ishchanlik, mas’uliyatlilik kabi axloqiy sifatlarni qaror toptirishda pedagog-tarbiyachining о‘rni beqiyos bо‘lib, bunday mas’uliyatli vazifani ular oliy pedagogik ta’lim muassasalarida о‘qish jarayonidayoq anglab yetishlari kerak. Kо‘rinib turibdiki, Maktablarda barcha faoliyat kо‘rsatayotgan pedagogtarbiyachilar oldiga murakkab vazifalar qо‘ymoqda. Shu bois, bо‘lajak pedagogtarbiyachilarda ilmiy dunyoqarash va yuksak ma’naviy xislatlarni rivojlantirish hamda jamoada, jamiyatda о‘zini munosib tuta bilish kо‘nikmalarini tarkib toptirish tizimli tarzda amalga oshirilishi talab etiladi.
Biror kasbning haqiqiy ustasi bo`lish uchun kishida tabiiy qobiliyat, ma'lum jismoniy va ruhiy xislatlar jo bo`lishi zarur. Masalan, artist bo`lish uchun tabiiy ovoz, eshitish qobiliyati, bеjirim suvrat, jismonan sog`lom bo`lish talab etiladi. Rahbarlik vazifasini yaxshi bajarish uchun tashkilotchilik odamlar bilan muomala-murosa qila bilish kabi qobiliyatlarga ega bo`lish kеrak. Aks holda kasbi va ishidan boshqalar ham, o`zi ham qanoat hosil qilmaydi. Kishi kasbni noto`g`ri tanlagan bo`lsa, unga qiziqmasa, o`zi ham, boshqalar ham undan baraka topmaydi.
Pеdagogik, o`qituvchilik faoliyatini, yoshlarni o`qitish va tarbiyalash ishini samarali bajarish, ota-onalar va bolalarning izzat-hurmatiga sazovor bo`lish uchun ham kishida bu ishga layoqat, qobiliyat, qiziqish bo`lmog`i lozim. Boshqa kasblar kabi o`qituvchilik kasbiga ham yoshlar orasidan pеdagogik faoliyatga layoqatli, bolalar bilan til topib muomala qila oladigan, ilmli kishilarni tanlab olish kеrak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. “O‘zbekiston” 2016.
2.Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston” 2017
3. Sh.Qurbonov. Ta`limning yangi qadiriyatlari. "Ma`rifat" 25sentyabr 1999., 75-76 son.
4. M.Ochilov. O`qituvchi odobi. T., 1997 yil.
5. Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T., "O`qituvchi", 1995 yil.
6. A.Munavvarov. Pedagogika. T., "O`qituvchi", 1996 yil.
7. A.Zunnunov. Pеdagogika tarixi. Darslik. Toshkent. 2004 y.
8. Hoshimov K, Safo Ochil. “O’zbеk pеdagogikasi antalogiyasi”. Darslik. “O’qituvchi”. Toshkent. 1995 y.
9. G’aybullaеv N.R. “Pеdagogika”. Oliy ta'lim muassasalari uchun o’quv dasturi. T. 2000y.
10 WWW. Geogle.UZ
11. WWW Yandex. Uz
Dostları ilə paylaş: |