Bolajon tayanch dasturining maqsadi va vazifalari


«Bolajon» tayanch dasturining maqsadi



Yüklə 33,22 Kb.
səhifə2/2
tarix02.06.2023
ölçüsü33,22 Kb.
#122578
1   2
BOLAJON TAYANCH DASTURINING MAQSADI VA VAZIFALARI

«Bolajon» tayanch dasturining maqsadi. «Maktabgacha bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»ning bajarilishiga erishishdan, ya’ni maktabga ismonan sog‘lom, aqlan va ma’nan yetuk, jamiyatning turli a’zolari bilan muloqotda bo‘la oladigan, borliqni aniq idrok etadigan, hayotga ijtimoiy jihatdan moslashuvchi, umummilliy qadriyatlarimizni qadrlaydigan, shuningdek, mustaqil va ongli yashaydigan bolani tarbiyalashdan iboratdir. MTMda dasturni amalga oshirishda har bir bolada quyidagi sifatlarni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘yish lozim:
– ijodkorlik, tasavvur, zukkolik;
– mustaqil fikrlash layoqatiga ega bo‘lish;
– muommolarni aniqlash va ularni hal etish yo‘llarini
topish;
– jamiyat, mamlakatlar, atrof-muhit muommolariga befarq qaramaslik.
Dasturga qarab mavzular asosida mashg‘ulotlarni rejalashtirishda tarbiyachi har bir yosh guruh bolalarining yoshini hisobga olishi kerak. Bunda beriladigan mashg‘ulotlar oddiydan murakkabga qarab yo‘naltirilgan bo‘lishi shart.
Ilk yosh «Atrof-olamni o‘rganish va anglash» bo‘limida
bolalarni kattalar bilan salomlashish, kattalarning salomiga
javob berish, minnatdorchilik bildirish, rasmlarni tomosha
qilish, obrazga qarab harakatni ifoda eta olish, (ayiqcha,
quyoncha) yaqin o‘yinchog‘i nomini aytish va ko‘rsatish,
o‘zining tashqi ko‘rinishi, kiyimi hamda chiroyli o‘yinchog‘idan mamnun bo‘lishni o‘rganish ko‘rsatilgan. Ilk yoshda «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lish
va uni anglash» bo‘limida bolalarga beriladigan bilimlar
murakkablashib borib, «Ona Vatan va atrof-olam», «Kattalar
mehnati», «Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasi
qismlarini o‘rganishi», «Bolalarni tabiat bilan tanishtirish»lar
yoritilgan. Kichik guruh «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega
bo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam»,
«Buyuk siymolar va bayramlar», «Kattalar mehnati»,
«Buyumlar», «Ustki kiyimlar», «Bola o‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiat to‘g‘risida tasavvurga
ega bo‘lish» hamda o‘tilganlarning o‘quv yilining oxirida
umumlashtirilib mustahkamlanishi ko‘rsatilgan.
O‘rta guruh «Atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega
bo‘lish va uni anglash» bo‘limida «Ona Vatan va atrof-olam»,
«Buyuk siymolar va bayramlar», «Kattalar mehnati», «Transport vositalari», «Buyumlar haqida», «Ustki kiyimlar», «Bola
o‘z tanasining qismlarini o‘rganishi», «Jonli va jonsiz tabiat
to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish» hamda o‘quv yilining
oxirida o‘tilganlarning umumlashtirilib mustahkamlanishi
ko‘rsatilg
Yüklə 33,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin