Bolalar adabiyotida adreslilik Reja


Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi



Yüklə 40,46 Kb.
səhifə4/6
tarix20.10.2022
ölçüsü40,46 Kb.
#65606
1   2   3   4   5   6
Bolalar adabiyotida adreslilik

Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi. Bolalar adabiyotining kamolotida uning barcha fanlar bilan aloqadorligi muhim ahamiyatga ega. BuM.Gorkiyning «Mavzular to`g`risida» maqolasida yorqin ifodalangan bo`lib, bolalar adabiyotining rang-barang mavzular hisobiga boyib, xilma-xil obrazlar hisobiga to`lishib borishini ta`minlashdan tashqari ma`lum darajada o`zligiga daxldor xossalarini ham oydinlashtiradi. Shu ma`noda, aytish mumkinki, bolalarga o`zlarini qurshagan olam va uning sirlaridan voqif bo`lishda, narsa va hodisalar mohiyatini idrok etishda, ularni anglash va bilib olishda, o`rganish va o`zlashtirishda bolalar adabiyoti o`ziga xos hayot darsligi vazifasini o`taydi.
Aytaylik, elektr nima? Quyosh-chi? Oy-chi?YUlduzlar nega faqat kechasi ko`rinadi?Momaqaldiroq nimadan paydo bo`ladi? Yashin-chi? Suv nima? Shamol nimadan hosil bo`ladi? Tuproq nima? Yomg`ir nima? Qor nima? O`simliklar, hasharotlar nega xilmma-xil? Xullas, bunday savollarning cheku-chegarasi yo`q. Lekin bolalar bularning barchasini bilishidan iborat ehtiyojlarini qondirmay qo`ymaydilar. Ularning ma`naviy ulg`ayishlari ana shu istakni qondirish evaziga amalga oshadi. Binobarin, bolalar adabiyoti ana shu savollarga javob berish maqsadida fizika, astranomiya, geologiya, geografiya, kimyo, matematika, botanika, biologiya, qo`ying-chi kishilik jamiyati yaratgan barcha bilimlar bilan ijodiy hamkorlik qiladi. Bunda u mazkur bilimga xos sovuq ilmiy muhokama va mantiqiylikni emas, balki har qanday ilmiy tushunchaning insonni sharaflovchi badiiy obrazli ifoda etilishi orqali erishadi. Bunday obrazli ifoda pirovard-oqibatda uning qiziqarliligini (zanimatelnost) va ma`rifiyligini (poznavatelnost) ta`minlaydi. «Qiziqarli botanika», «Qiziqarli fizika», «Qiziqarli biologiya», «Qiziqarli geologiya», «Qiziqarli kimyo» yoki «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh fizik» qomuslari singari bolalarbop rang-barang kitoblar, shuningdek, turli-tuman kasb-korlar, aniqrog`i, shishapazlik, chinnisozlik, yog`och va ganch o`ymakorligi, misgarlik va mis o`ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, bo`yraboflik, gilamboflik, temirchilik, haykaltaroshlik, kashtachilik, zargarlik, zardo`zlik, rangpazlik, qog`oz tayyorlash va hokazolarning kelib chiqishi tarixiga oid zavqovar badia va hikoyalar yosh avlodning ular haqidagi bilimlarini chuqurlashtiribgina qo`ymaydi, balki ularda ajdodlar tajribalari va an`analarini o`zlashtira turib e`zozlashni, demakki, qadriyatlarni anglash jarayonida o`zliklarini anglashlariga, eng muhimi, kelajakda kim bo`lishdan iborat havaslarini uyg`otibgina qo`ymaydi, balki shu havasning qat`iyatga aylanishida yordam beradi.
Shu tariqa ilm va badiiyat sintezidan hosil bo`lgan ilmiy-ma`rifiy (poznovatelno`y) adabiyot shakllana boshladiki bu ma`rifatparvalik adabiyotidan tubdan farq qiluvchi hodisadir. Ma`rifatparvarlik adabiyotida ilg`or fan, texnika va an`analarini o`zlashtirishga da`vatkorlik ruhi ustivor bo`lsa, bolalar o`qishigagana mo`ljallangan ilmiy-ma`rifiy adabiyotda ilmiy dalillar, g`oyalar va farazlar badiiyat sintezidan o`tkazilib, obrazli tilda bayon etiladi. Bunda ilmiy ma`lumot shunday zavqovar qilib bayon etilmog`i lozimki, undagi istalgan dalil shunchaki oddiy so`z bo`lib qolmasligi, qolaversa, o`quvchi miyasini keraksiz fakt sifatida g`ovlattirib qo`ymasligi, aksincha, uning fikrini, xayolini harakatga solmog`i, pirovard oqibatda esa,unda ijodkorlik layoqatini shakllantirishga xizmat qilmog`i zarur.
Bolalar adabiyoti ruhshunoslik va pedagogika zimmasidagi vazifalarni birlashtirgan holda bolalar qalbini badiiy tadqiq qiladi, bolalikni badiiyat ko`zgusida butun bo`yi-basti bilan ko`rsatadi, aniqrog`i, bolalar ruhiy olamining takomillashuvini va ijtimoiy-axloqiy jihatdan shakllanishini badiiy tadqiq qilib ko`rsatadi, shu asosda fan va san`at o`zaro tutashgan va singishgan badiiyat hosilasiga aylanadi. Natijada bolalar adabiyoti pedagogika va ruhshunoslikning o`ziga xos badiiy- axloqiy xrestomatiyasiga aylanadi. Bolalar adabiyotining ana shu xususiyati yozuvchi oldiga o`z o`quvchisining yosh xususiyatlarini, ruhiyatini, saviyasini va qiziqishlarini nazarda tutgan holda ijod etish vazifasini ko`ndalang qilib qo`yadi. Bu esa, o`z navbatida, balalarga atab yoziladigan asarlarning qaysi yoshdagi bolaga mo`ljallanganligini – adresliligini aniq belgilab olishni taqozo etadi. Yozuvchi o`z asarini kimga qaratib yozayotganini oldindan bilishi kerak,-deb yozgan edi M.Gorkiy,- shunday qilinmagan taqdirda uning kitobi o`quvchisiz qoladi. Bolalar yozuvchilari o`quvchilarning yoshiga katta e`tibor berishlari lozim. Agarda shunday qilinmaganda, u kitob «adressiz» bo`lib, kattalarga ham, bolalarga ham keraksiz bo`lib qoladi.» Bu talabni bajarishda pedagogika va ruhshunoslik fanlari bolalar yozuvchilari uchun jiddiy dastur bo`la oladi, chunki bu fanlar bolalar va ularning ruhiy olami, tarbiyasi bilan shug`ullanadi. Shu mantiqqa muvofiq bolalarni yosh xususiyatlariga ko`ra uch guruhga bo`lish an`anaga aylanganki, bu ularga mo`ljallab badiiy asarlar yozishda ham mos keladi.

Yüklə 40,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin