Bolalar adabiyotida adreslilik Reja


Kichik yoshdagi o`quvchilargamo`ljallangan asarlargaoid xususiyatla



Yüklə 40,46 Kb.
səhifə6/6
tarix20.10.2022
ölçüsü40,46 Kb.
#65606
1   2   3   4   5   6
Bolalar adabiyotida adreslilik

Kichik yoshdagi o`quvchilargamo`ljallangan asarlargaoid xususiyatlar. Bu yoshdagi bolalarning ichki olamiancha murakkab. Ular hali ko`p narsalarni bilmaydi, lekin bilishdan iborat ichki jarayonni kechishga kirishadi; bilish-ular uchun o`ziga xos ma`naviy ehtiyojga aylana boradi. Yanush Korchak ular tabiatiga xos ana shu xususiyatini ta`riflab yozgan edi: «Bolalarga o`zlari sezgan va o`ylaganlarini gapirib berish g`oyat qiyin, chunki ularni so`zda ifodalashga to`g`ri keladi. Bundan ham og`irrog`i esa-yozish. Lekin bolalar shoir va faylasufdirlar.» Chindan ham shunday. Bolalar tabiatidagi «shoirlik»-ularning hamma narsadan hayratlanishlari, har bir hodisadan hayajonlanishlari bo`lsa, «faylasuflik» - hayratni va hayajonni qo`zg`agan shu narsalar va hodisalarning asl mohiyatiga qiziqishlaridir. «Bu nima?», «Bu nega bunaqa?», «U nima deydi?», «U nega katta yoki nega kichik?», «U qanday o`sadi?», «Nega qattiq?», «Nega yumshoq?», «Suv nega qotadi?», «Quyosh qanday qizitadi?», xullas, shu xildagi sanoqsiz savollar bu yoshdagi bolalarning qiziqishlari hosilasi bo`lib, ana shu savollarga topgan va topolgan javoblari-olamni o`zlashtirish yo`llaridir. Olam ular uchun jumboqqa aylanarkan, ularning o`zlari ham «nimavoy»ga aylanishlari tabiiydir. Shu ma`noda N. Nosov yaratgan Pochemuchka (Nimavoy-o`zbek tilida Bilmasvoy tarzida tarjima qilingan)-bu yoshdagi bolalarning umumlashma obrazi darajasiga ko`tarilgan. Bunday umulashma obrazni Q.Muhammadiyning «Tabiat alifbesi» turkumiga kiruvchi lirik qahramon timsolida ham ko`rish mumkin. U ham butun vujudi bilan «Yong`oqni nega yong`oq deymiz?» yoki «Yong`oqning qobig`i nega qattiq?» «Olcha nega qip-qizil?», «O`rik nega sarg`ayib pishadi?», «Jiydaning shoxi nega egig?», «Shaftolining bargi nega achchiq?», «Sada nega meva qilmas?», « Dada, bog`bon nega tokni qirqib turadi?» yoki «Tok daraxti bir xilu uzumlari nega har xil?», «Mol nega kavsh qaytaradi?», «Chittak nega chittak?», singari son-sanoqsiz savollarga aylangan. Kimgadir bular g`ayritabiiy tuyulishi mumkin, shu boisdan ularning g`ashlari qo`zg`ab «katta bo`lganingda bilasan»,-deya bolani hatto jerkishgacha borishlari mumkin. Bunday qilish bola qiziqishlariga to`g`on solishga teng bo`lib, unda hamma narsaga befarq qarash maylini kuchaytiradi. Befarqlik esa bora-bora bolani ijtimoiy lanjlikka giriftor qiladi.
Bola ma`naviy ehtiyoji hosilasi sifatida tug`ilgan mazkur savollariga ilmiy javobni ham u idrok qila olmaydi, aksincha, yana savoldan savol chiqaradi. Buning ijobiy tomoni shundaki, bolalardagi qiziqish so`nmaydi, bilaks yana rivojlanadi. Q.Muhammadiy bu savollarga poetik javob berish maqsadida «nima to`g`risida asar yaratmasin, nima haqda gapirmasin, doim o`sha narsadan inson hayotini ko`zda tutib, ma`no izlaydi. Shoir shu ma`noni topadi ham. Bu ma`no doim bolalarning hayotdan oladigan birinchi taassurotlarini izohlaydi, uning dunyoqarashi shakllanishiga xizmat qiladi.»
Maktab yoshidagi kichkintoylar tabiatiga xos «shoirlik va faylasuflik» ular uchun yoziladigan asarlar mavzu doirasining keng, g`oyaviy-badiiy jihatdan sodda va tabiiy bo`lishini taqozo etadi, bu jarayon bola ulg`ayishi bilan oddiylikdan murakkablik tomon yo`g`rilib bormog`i darkor. Negaki, ruhshunoslarning ma`lumotlarga ko`ra, bu yoshdagi bolalar dastlabki bosqichda 3600 tacha so`zdan foydalanishadi. Yetti-to`qqiz yasharliklarida hayvonlar, qushlar, hasharotlar, nobotot va boshqa narsalarga oid ertaklarga qancha qiziqishsa, insonlar va ularning o`zaro munosabatlarini ifodalovchi asarlarga qiziqishlari ham shuncha orta boradi. Bolalar yozuvchilarning vazifasi shu ishtiyoqni alangalatishdan iborat.Bunda shu yoshdagi o`quvchilarning hayot tajribalarini umumlashtirish negizida ijtimoiy voqelik mohiyatini ochib berish ular dunyoqarashining shakllanishiga ta`sir qo`rsatuvchi vosita sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.
Yüklə 40,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin