35. Jismoniy mashqlarni bajarishda yuklama nimani xarakterlaydi? A. Bajarilgan ish hajmini.
B. Organizmda sodir bo’ladigan o’zgarishlarni.
S. Jismoniy mashqlarning mazmunini.
D. Vaqt birligida bajarilgan ishning miqdorini.
36. Yuklamaning ichki tomonini quyidagilardan qaysi biri aks ettiradi? A. Bosib o’tilgan masofaning miqdori. B. Harakat tezligi. S. Organizmdan ter ajralib chiqishi. D. Mashq bajarishda organizmda sodir bo’ladigan funksional o’zgarishlar.
37. Harakat ko’nikmasi o’rgatish natijasi sifatida ... A. Harakatning avtomatlashgan shaklidir.
B. Harakatning berilgan dasturdan farqli shaklidir.
S. Kishi harakat imkoniyatlarini amalga oshirish faoliyatining avtomatlashmagan shaklidir.
D. Harakatlar bajarilishining variativligi va nostandartligidir.
38. Harakat faoliyatini o’qitish jarayonida qanday vazifalar hal qilinadi? A. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish. B. Sog’lomlashtirish, ta’lim, tarbiya. S. Tarbiyalash. D. Kishi harakat imkoniyatlarini amalga oshirish faoliyatining avtomatlashmagan shaklidir.
39. Dastlabki o’rganish bosqichining maqsadi: A.O’rganilayotgan harakatlarning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish.
B. Texnikaning asosiy variantini o’zlashtirish.
S. Harakatlarni to’liq bajarishga erishish.
D. Harakat faoliyatini uning asosiy variantida umumiy tarzda bajarish malakasini tarkib toptirish.
40. Chuqurroq o’rganish bosqichining vazifasi: A. Harakatli mashqlarni maksimal darajada jismoniy kuch sarf etgan holda mukammal egallashni ta’minlash. B. Mashqlarni xatosiz bajarish. S. Harakat amallarini to’laligicha aniq, erkin va bir-biridan uzmay bajarishga erishish. D. keraksiz harakatlarni, muskullarning keraksiz darajada kuchlanishini yo’q qilish.
41. Kasbiy-amaliy jismoniy madaniyatga nimalar kiradi? A. Ishlab chiqarish tayyorgarligi va harbiy amaliy. B. Sog’lomlashtirish-qayta tiklash jismoniy madaniyati. S. Sport. D. Jismoniy madaniyat bazasi.