Texnikaning asosi deganda, harakat orqali qo’yilgan vazifani bajarish uchun kerak bo’ladigan harakat faoliyati tizimining o’zak qismi tushuniladi. Qo’llangan usullar tananing qismlarini o’zaro kelishgan holda, harakat faoliyatining ketma-ketligi tizimini buzmay, jismoniy sifatlarining keraklicha namoyon qilinishini taqazo etadi. Usul samarali bo’lsa, amaliyotda unumli qo’llanilishi mumkin va uzoq vaqt o’zining hayotiy-amaliyligini saqlab qoladi. Texnika asosida etakchi harakat deb ataladigan negiz ajraladi, ya’ni harakat unda, birinchi navbatda, harakatning natija ko’rsatishi bilan bog’liq. Masalan, tayanib sakrash vaqtida qo’llar bilan siltanish.
Texnikaning asosiy zvenosibu ma’lum bir harakatdagi asosiy mexanizmning eng muhim va hal qiluvchi qismidan iborat. Masalan, yugurib kelib balandlikka sakrovchilar uchun texnikaning asosiy zvenosi sakrash, oyoqni yuqoriga siltab, tez birlashtirishdan, uloqtirish uchun - yakunlovchi zo’r berishdan, gimnastikada egilib ko’tarilish (istalgan usul uchun) - tos-son bo’g’inlarini o’z vaqtida va tez kerish ( keyinchalik to’xtatish)dan iborat bo’ladi. Sport harakatlarida asosiy zvenoni bajarish nisbatan qisqa vaqt oralig’ida bo’ladi hamda muskullarning ko’p kuch sarflashini talab etadi.
Texnikaning detali-bu harakat tarkibiga kirgan, lekin uning asosiga, zvenolariga ziyon etkazmaydigan qo’shimcha harakatlar yoki shu harakat mexanizmi tarkibidagi eng mayda bo’laklardir. Uni harakat tarkibida bajarsa ham bajarmasa ham bo’ladi. Masalan, uzunlikka sakrashda kimdir tanaga tezlik berishni keskin tezlanish bilan, kimdir tezlanishni asta-sekinlik bilan boshlaydi. Individual xususiyatlardan to’g’ri foydalanish individual texnikani ko’rsatadi. Individual texnika mazkur sportchi uchun eng takomillashgan texnika hisoblanadi.
Asosiy adabiyotlar 1.Tulenova. X., Xo‘jaev.P, Xo‘jaeva. Meliev.H Jismoniy tarbiya nazariyasi va
metodikasi. T; Iqtisod-Moliya 2012y o‘quv qollanma.
2.Makamjonov.K, Salomov.R, Ikromov.I Jismoniy madaniyat nazariyasi va
metdikasi. Darslik T; Iqtisod-Moliya 2008yil
3.Xujaev I-. Raximkulov K.D, Nigmanov B.B «Xarakatli o’yinlar va uni o’qitish
mctodikasi» Cho'lpon nashriyoti Toshkent 2011 y
4.Cтепаненкова Е.Я. Теория и методика физического воспитания и развития ребенка.Учебное пособия.М..Академия 2001г.