Guruh, jamoadagi o’zaro munosabatlar grafik ravishda zanjir, uchburchak yoki
yulduzcha shaklida ifodalanishi mumkin.
Bunday ifodalash a’zosi unchalik ko’p bo’lmagan guruhlarda bo’lishi mumkin.
Agar guruh ko’p sonli bo’lsa, aylana shaklidagi sxemadan foydalanish lozim.
Buning uchun 4 ta aylana chiziladi. Birinchi yoki markaziy aylanaga eng ko’p
tanlangan guruh a’zosining shartli belgisi qo’yiladi. Markazdan keyingi, ya’ni
ikkinchi aylanaga 3 marta tanlangan o’quvchilarning nomeri yoziladi, uchinchi
aylana ichiga 1 – 2 ta tanlash olgan o’quvchi, to’rtinchi aylanaga tanlanmagan
o’quvchilarning shartli belgisi hamda aylanadan tashqariga rad etilgan o’quvchilar
nomeri yoziladi.
Bunda aylana 2 qismga ajratiladi va chap tomonga qizlar, o’ng tomonga o’g’il
bolalarning shartli belgilari joylashtirib chiqiladi. Qizlar doira, o’g’il bolalar esa
uchburchak bilan ifodalanadi. Doira va uchburchaklar kim kimni tanlashiga qarab,
strelkali chiziqlar bilan birlashtiriladi. Bu sxema sotsiogramma deb ataladi.
Agar guruhda 20 dan ortiq a’zo bo’lsa, bunday sxema tuzish qiyinroq bo’ladi.
SHuning uchun bunday hollarda matritsadan foydalanish maqsadga muvofiq
bo’ladi.
Matritsa quyidagicha tuziladi. To’rtburchak yoki kvadrat chizilib, guruh
a’zolarining soniga qarab katakchalarga bo’linadi. CHap tarafdan yuqoridan pastga
va yuqoridan o’ng tarafga guruh a’zolarining shartli belgilari qo’yib chiqiladi. Guruh
a’zolarining shartli belgilari o’quvchilar familiyasi yoki familiya bosh harfi,
tekshiruvchilarning tartib nomerlari ham bo’lishi mumkin. Gorizontal chiziq
bo’yicha qatorlarga tanlanayotgan o’quvchi, vertikaliga esa katakcha ichiga kimni
tanlayotgani haqidagi ma’lumotlar yoziladi. Ijobiy tanlash “+” belgisi bilan, o’zaro
bir-birini tanlash esa “+” belgisi bilan ifodalanadi.
Ma’lumki, kichik guruh yoki jamoalarda birlamchi guruhlar mavjud bo’lishi
mumkin. Bu birlamchi guruhlar esa boshqa matritsada belgilanadi. Buning uchun
yuqorida ko’rsatilganidek, to’rtburchak yoki kvadrat chizilib, matritsaning chap
burchagidan pastdagi o’ng burchagiga qaratib diagonal chizig’i o’tkaziladi. Bu
Dostları ilə paylaş: