Test.
Test-
inglizcha
so`z bo`lib,
sinash,
tekshirish
demakdir.
Shaxsning
aqliy o`sishini, qobiliyatini,
irodaviy
sifatlari
va
boshqa
psixik
xususiyatlarini
tekshirishda qo`llanadigan qisqa standart masala-topshiriq,
misol, masala, jumboqlar, boshqotirmalar ham test deb atalishi
mumkin. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga
yaroqliligi yoki yaroqsizligini, iste’dodli yoki iste’dodli emasligini - aqli zaifligini
aniqlashda, kishilarni saralashda keng qo`llaniladi.
Hozirgi vaqtda bolalarni maktabga olishda, kasb-hunarga yaroqliligini aniqlashda,
ishga qabul qilinganda va boshqalarda test sinovlari keng qo`llanilmoqda.
Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlar Rorshax, Rozensveyg, Kettel.
Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Agastazi, Raven va boshqalar ijodining
namunalarini kiritish mumkin.
Eng ko`p tarqalgan testlar qatoriga yutuqqa erishish harakatlari, intellekt testlari,
shaxs testlari (psixodiagnostika), shaxs «loyihasi» (proyektiv) testlari kiradi.
Dostları ilə paylaş: