Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida
muayyan guruhdagi har bir a’zoning o`zaro munosabatini aniqlash uchun uning
Testlar
qaysi faoliyatlarda kim bilan birga qatnashishi so`raladi. Olingan ma’lumotlar
matritsa, grafik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi.Odatda sinaluvchilardan
quyidagicha savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan birga
borishni xohlaysan?», «Imtihonga kim bilan birga tayyorlanishni istaysan?, «Kim
bilan qo`shni bo`lib yashashni yoqtirasan?», «Partada kim bilan yonma-yon
o`tirishni istar eding?» va hokazo. Har bir savol sotsiometrik mezon (o`lchov)
vazifasini bajaradi va turmush voqeligidan olingan. Sinaluvchi har bir savolning
uchta javobidan bittasini «eng maqbul» deb tanlashi lozim.
Sotsiometrik usul bilan shaxslararo munosabatning darajasi va ko`lami
aniqlanadi Ko`rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar ularning o`ziga xosligi
psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga nazariy
ahamiyatga molik g`oyalar olg`a suriladi, amaliy ko`rsatmalar beriladi, tavsiyalar
bildiriladi.
Har bir shaxs
faoliyatining mahsuli unga
xos bo`lgan psixik
odatlarni
va
individual
sifatlarni aniqlashga yordam beradi. Faoliyat samaradorligini o`rganish yordamida
shaxsning fikr ko`lami, irodaviy sifatlari, qobiliyati, iste’dodi, ko`nikmalari, malaka
va odatlari kabilarni bilish mumkin. M: o`quvchining plastilindan yasalgan turli
buyumlari, chizgan rasmlari, yasagan turli modellari undagi qiziqish, qobiliyat,
tasavvur va tafakkurni bilish uchun xizmat qiladi.
Demak, odamning individual sifatlari ham, psixologik holatlari ham uning
mehnati mahsulida aks etadi.
Psixologik tadqiqiqotlarda yuqorida sanab o`tgan usullarimizdan kuzatish,
anketa, ekspriment, faoliyat mahsulini tahlil qilingan, test, sotsiometriya eng ko`p
qo`llaniladigan metodlar hisoblanadi. Bu metodlar o`z oldiga qo`ygan maqsadlariga
qarab turlicha, turli vaziyatda, turli vositalarni qo`llab, jumladan turli savollarni o`z
oldiga qo`yib o`tkazilishi mumkin.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy metodlaridan bin kuzatish metodidir. Kuzatish
metodi 2 ga bo'linadi:
1) ob'ektiv; 2) sub'ektiv kuzatish metodi.
Bolalar psixologiyasida sub'ektiv, ya'ni o'z-o'zini kuzatishdan foydalanilmaydi.
Bolalar psixologiyasining asosiy metodlaridan biri sub'ektiv, ya'ni bolalami
tashqaridan kuzatib o'rganish metodidir. Ob'ektiv kuzatish metodi har doim ma'lum
Dostları ilə paylaş: