Eksperiment metodi. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya eksperimenti
turlariga bo’linadi. Bu metod psixik holatni ta’riflashgagina emas, balki ularni
tushuntirib berishga ham imkon beradi.
Kuzatishdan farqli o’laroq, psixologik eksperiment tadqiqotchining sinalayotgan
faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan, psixologik fakt
aniq namoyon bo’lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan yo’nalish bo’yicha
o’zgartirilishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab takrorlanishiga
imkon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Laboratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning laboratoriya
sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar yordamida o’tkazishlarida va
sinaluvchining xatti-harakatalari yo’l-yo’riqqa binoan sodir bo’lishi bilangina emas,
balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi (garchi, odatda, sinalayotgan kishi
eksperimentning mohiyati nimadan iboratligini, qonkret nimani va nima maqsadda
tadqiq qilinayotganligini bilmasa ham) kishining munosabati bilan ham belgilanadi.
Laboratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalarini, idrok, xotira va
boshqalarning o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozirgi paytda
laboratoriya eksperimentini ko’pincha shunday tarzda o’tkazishadiki, unda odam
odatdagi sharoitlarda bajarishi mumkin bo’lgan faoliyatning ba’zi psixologik
jihatlari modellashtirilib qo’yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina hissiy
zo’riqish vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan, kasbi-kori
uchuvchi bo’lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul qilishi mumkin. Yuksak
darajadagi uyg’unlikni taqazo etadigan murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi
ko’rsatkichlarga munosabat bildirishi va hokazolar belgilab qo’yilgan bo’lishi
mumkin.
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910 – yilda A.F. Lazurskiy taklif etgan)
mo’ljallanganiga ko’ra, eksperiment o’tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil
bo’ladigan zo’riqishga yo’l qo’ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga
(dars, suhbat, o’yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko’chirishi lozim.
Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni uzoq vaqt xotirada saqlab
qolish to’g’risidagi ko’rsatmaga bog’liqligini tadqiq qilish tabiiy eksperimentga
misol bo’la oladi. O’quvchilardan bir guruhi o’rganilishi lozim bo’lgan material
bilan tanishtiriladi va ushbu material yuzasidan ertasiga so’ralishini aytadi. Boshqa
bir guruhda esa o’quv materiali xuddi shunday tarzda o’tilib bo’lgach, o’quvchilarga
o’tilgan dars bir haftadan so’ng so’ralishi aytiladi. Haqiqatda esa har ikkala guruhda
ham o’quvchilardan ikki haftadan keyin so’ralgan. Ana shu tabiiy eksperiment
jarayonida materialni uzoq vaqt xotirada saqlab qolishga mo’ljallangan yo’l-
yo’riqning afzalliklari aniqlanadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment
psixologik-pedagogik eksperiment deb ataladi. Har xil yosh bosqichlarida
o’quvchilarning
bilish
imkoniyatlarini
o’rganishda,
o’quvchi
shaxsini
shakllantirishning qonkret yo’llarini aniqlashda uning roli benihoya kattadir.
Psixologik-pedagogik eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi,
shakllantiruvchi,
nazorat
eksperimentlari.
Aniqlovchi
eksperimentda
sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish darajasi aniqlanadi. Masalan,
boladagi xotiraning rivojlanish darajasi “Meyli” testi yordamida aniqlanishi
mumkin. SHakllantiruvchi eksperimentda aniqlangan psixik jarayon me’yordan
orqada bo’lsa, uni rivojlantirish bo’yicha maxsus mashg’ulotlar o’tkaziladi.
Misolga qaytsak, xotirani rivojlantirish bo’yicha mashg’ulotlar o’tkaziladi.
Nazorat tajribalarida shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligini aniqlash uchun
diagnostik metod yana bir marta takroran o’tkaziladi.”Meyli” testi yana bir bora
o’tkazilib, maxsus matematik- statistik metodlar yordamida
shakllantiruvchi ta’sirning samaradorligi aniqlanadi.
Anketa. Savollar yordamida psixologik axborot to’plashning metodik usulidir.
Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog’langan bo’lib, tadqiqotning maqsadiga
mos keladi. Anketa yordamida o’qituvchi o’quvchilar shaxsiy sifatlarini aniqlash
uchun material to’playdi.
Taklif etiladigan savollarga qarab, anketalar mazmun, funktsiyasi, shakli
bo’yicha turli xil bo’lishi mumkin.
Mazmun bo’yicha anketa:
1.Faktlar (“Sening bo’sh vaqtingdagi mashg’uloting”, “Uy joy sharoitingni
ta’rifla”) ;
2.Atrofdagi kishilar, hodisalar xarakteristikasini (“O’quv- ishlab chiqarish
korxonasida ish formasi boshqacha bo’lishi kerak deb hisoblaysanmi?”, “Ko’pchilik
bolalar o’z imkoniyatlarini to’liq ishga solmay o’qishlarining sababi nimada deb
o’ylaysan?”).
3.O’quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin
(“Oliy o’quv yurtiga kirasanmi?”, “Yozgi oromgohga borasanmi?”).
Savollar bajaradigan funktsiyasiga ko’ra anketa o’z ichiga quyidagilarni oladi:
a)Filьtrlovchi-savollar. M.: agar o’qituvchini oliygohga kirishni xohlovchilar
qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif etiladi: “Sening yoqtiradigan
predmeting?”. Bunga faqat oliygoxga kirmoqchi bo’lgan o’quvchilargina javob
beradilar.
b)Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy funktsiyasi –
ma’lumotning to’g’riligini tekshirish.
SHakli bo’yicha anketalar:
a) Ochiq – bunda to’g’ri savollar o’z xohishiga qarab, erkin javob berish mumkin.
b) Yopiq – bunda savollarga tayyor javob berilgan bo’lib, o’quvchi ulardan birini
tanlashi lozim.
Anketa savollariga quyidagi talablar qo’yiladi:
1.Savollar aniq, tushunarli, sodda va qonkret bo’lishi lozim.
2.Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng murakkablari,
nihoyasida yana oson savollar berilishi lozim.
3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qiluvchi savollar berilishi
lozim.
Anketa metodining ijobiy tomoni:
1) ommaviy o’rganish imkoniyati;
2) informatsiya to’plash tezligi;
3)ma’lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng foydalanish
imkoniyati;
4) og’zaki formada javob olish qiyin bo’lgan savollarga javob
olish imkoni;
5) bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imkoni;
6)natijalarni qayd etishning qulay usuli.
SHuni ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xususiyatlarining barcha
sohalarini to’la o’rganish imkonini bermaydi, o’quvchilar turlicha javob berganlari
tufayli ularni klasifikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning
ob’ektivligi yuqori emas, chunki o’quvchilar bunga vijdonan yondoshmasliklari
mumkin.
Quyida
kichik
maktab
yoshidagi
o’quvchilarning
kommunikativ
(muloqatchanlik) xususiyatlarini aniqlash uchun mo’ljallangan anketa tavsiya
qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |