Mashg’ulot-3 Chaqaloqlik davrida rivojlanishning (bilish, shaxsiy, emotsional soha) psixologik xususiyatlari Reja: Chaqaloqlik davrida rivojlanishning psixologik xususiyatlari
Godaklik davrining psixologik xususiyatlari
Asosiy tushuncha: Bolaning chaqaloqlik davri jismoniy jihattan juda tez rivojlanish davridir. Odatda odamning Yoshi tug’ilgan kunidan boshlab hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug’ilmasdan ilgarigi, ya’ni ona qornidagi davridan boshlanadi. Bola onaning qornidaligi davrida, ya’ni to’qqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyot davrini boshidan kechiradi? Uning keyingi rivojlanishi ona qornidagi taraqqiyoti bilan uzviy bog’liqdir.
Chaqaloq bola bir minutda 50-60 marta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14-16 marta nafas oladi. Chaqaloq bolaning yuragi katta odamning yuragiga nisbatan anchagina tez uradi. Masalan, katta odamning yuragi bir minutda o’rtacha 70-75 marta ursa, chaqaloq bolaning yuragi 120 va undan ortiq marta uradi.
Savollar: Chaqaloqlik davrida rivojlanishning psixologik xususiyatlari?
Godaklik davrining psixologik xususiyatlari?
Emaklay boshlagan bolalarning qanday imkoniyatlari mavjud?
IV-semestr 1- mashg’ulot Ilk bolalik davrida rivojlanishning (bilish,shaxsiy,emotsional soxa) psixologik xususiyatlari. Maktabgacha tarbiya davrida rivojlanishning (bilish,shaxsiy,emotsional soha) psixologik xususiyatlari. Reja: 1. Go‘daklik davrida psixik rivojlaiish.
2. Ilk bolalnk davrida psixik taraqqiyot.
3. Ilk bolalik davrida shaxsning rivojlanishi.
Qisqacha tushunchaGo‘daklik davri bolaning tugalganidan bir yoshlarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, bu davrda bola tashqi muhitga moslashishi uchun ma’lum darajada yetilgan nerv tizimi bilan tug’iladi. Go‘daklik davri inson hayotidagi organik ehtiyojlarni (kislorodga, ovqatga, issiq yoki sovuqqa) qondirishga nisbatan yo‘naltirilgan xattiharakatlarning tugma, instinktav shakllari sof holda kuzatiladigan yagona davr hisoblanadi.