Болалар ва ўсмирлар спорт мактабларида ёш футболчиларни танлаш


Yurak-tomir va nafas olish sistemalari



Yüklə 303 Kb.
səhifə11/15
tarix05.06.2022
ölçüsü303 Kb.
#60700
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Ситора 05.06.2022

Yurak-tomir va nafas olish sistemalari. Ma’lumki, 8—15 yashar bolalarning yuragi vazni 96 dan 200 grammgacha bo’ladi, bu gavda vaznining taxminan 0,44—0,48% iga tengdir. Bolalar va o’smirlar yuragi esa kichkina bo’ladi.
Shunday qilib, bolalarda yurak har tomonlama rivojlanadi, lekin bir tekis o’smaydi, uzunasiga ko’proq tez o’sadi, keyinchalik eniga va qalinlikka qarab o’sadi.
Tinch holatda tomir minutiga 76—90 marta uradi, arterial bosim simob ustunining 100/70 mm da bo’ladi, jismoniy nagruzkalar ta’sirida tomir urishi minutiga 185 gacha ortadi.
7—8 yoshga kelib yurak apparatining innervatsion o’sishi to’xtaydi, lekin yurak muskuli rivojlanishda davom etadi. Bolalar jismoniy mashqlar qilgan paytda tez charchab qoladilar va og’ir hamda uzoq davom etadigan nagruzkalarni uddalay olmaydilar, chunki qonning minutlik hajmi yurak qisqarishi tezlashishi hisobiga ortadi. 10—13 yashar bolalarda yurak faoliyatidagi shartli reflektor o’zgarishlar 14—17 yoshli bolalar va kattalardagi kabi sodir bo’ladi. Yurak muskullari qisqarishi kuchi va qonning zarb hajmi ortadi, nafas olish va tomir urishi ancha siyraklashadi.
Tinch holatda yurak o’rta hisobda o’rtacha 1 minutda 70 marta uradi, arterial bosim simob ustunida 110/70 mm bo’ladi. Mashg’ulotlar paytida tomir urishi minutiga 200 zarbga etadi. Bolalar va o’smirlarda yurak ishi hali uncha takomillashmagan, shartli reflekslarning yurak-tomir sistemasiga ta’siri hali etarli bo’lmaydi.
Upkaning hayotiy sig’imi 17 yoshga borib 4000 ml ga etadi; bu ko’rsatkich 7 yoshda 1400 ml; 12—14 yoshda esa — 2200 ml bo’ladi.
Shunday qilib, 16—17 yashar bolalarda yurak-tomir sistemasi ancha takomillashadi: yurak hajmi va massasi, qonning kislorod hajmi, kislorodga bo’lgan ehtiyoj xuddi katta kishilardagidek bo’ladi. SHu bilan birga harakat va vegetativ funksiyalar o’rtasida muvofiqlik etarli bo’lmaydi. SHuning uchun yosh sportchilarni tayyorlashda nagruzkalarni aniq taqsimlab, ularni asta-sekin oshirib borish zarur.
Suyak-muskul sistemasi. Bolalarning suyaklari katta yoshdagi kishilarnikiga qaraganda yumshoq va salga qiyshayadigan bo’ladi. Suyak sistemasida chuqur o’z-garishlar sodir bo’ladi: umurtqa pog’onasi qayishqoqligi shakllanadi. 7 yoshgacha bo’lgan bolalarda umurtqa suyagi hali mustahkam bo’lmaydi va juda qayishqoq bo’ladi. SHu bilan birga u juda yumshoq bo’lib, noto’g’ri vaziyat natijasida qiyshayib qolishi mumkin. 7 yoshga borib umurtqa suyagining bo’yin va ko’krak sohalaridagi qiyshaymalari turg’un bo’lib qoladi. 12 yoshga etganda bel sohasida ham shunday bo’ladi. Umurtqa pog’onasi 18-25 yoshlarga borib suyaklanib bo’ladi. 14 yoshda esa dumg’aza suyagi o’sishi tugaydi.
SHuni unutmaslik kerakki, yosh ulg’aygan sari muskullar hajmi strukturasi, ximiyaviy tarkibi va funksiyasi o’zgara boradi. 7 yoshda muskullarda katta o’zgarishlar sodir bo’ladi, birinchi navbatda muskul tolalari qalinla-shadi. 8-10 yoshda bolalarda muskul sistemasi hali etarli rivojlanmagan bo’ladi. Muskul massasi vazni gavda vaznining 27,2 % ini tashkil etadi. Bu ko’rsatkich o’smirlarda (15 yosh) 32,6, yoshlarda esa 44,2 ga teng bo’ladi. 7-12 yoshli bolalarda gavda massasining yillik o’sishi 5—7 kg ni tashkil etadi.
7—9 yoshdan to 10—12 yoshgacha qo’llar muskuli kuchi oyoqlarnikiga nisbatan jadalroq o’sadi. Bu davrda muskul sistemasi va harakat funksiyalari takomillashadi. Muskul massasi o’sishi bilan birga harakatlar uyg’unligi ancha yaxshilanadi. 14-yoshga borib muskul va paylar apparati rivojlanishi kattalarnikiga yaqinlashadi. yoshda harakat apparati strukturasi to’la etiladi.

Yüklə 303 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin