Болалар ва ўсмирлар спорт мактабларида ёш футболчиларни танлаш


Bolalar va o’smirlarning anatomik-fiziologik xususiyatlari



Yüklə 303 Kb.
səhifə10/15
tarix05.06.2022
ölçüsü303 Kb.
#60700
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Ситора 05.06.2022

2.2. Bolalar va o’smirlarning anatomik-fiziologik xususiyatlari
Bolalar va o’smirlar organizmi katta yoshdagi kishilar organizmidan jiddiy ravishda farq qiladi. Bolalar va o’smirlar zo’r berib o’sib, rivojlanadilar. Bu davrda ularda odatlar shakllanadi, bilim oladilar, sportning biror turi bilan shug’ullanadilar va malaka orttira boshlaydilar. Bola qanchalik yosh bo’lsa, unda o’sish va rivojlanish protsessi shunchalik tez o’tadi. Nerv sistemasining shakllanishi harakat faoliyatining rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi, muskul sistemasi o’sishi esa nerv faoliyatining takomillashishiga yordam beradi.
Har bir bolaning rivojlanish xususiyati o’ziga xos bo’ladi, biroq ko’pchilik bolalar yoshlariga yarasha o’sib, rivojlanadilar. Agar 7 yoshdan 11—12 yoshgacha bo’lgan davrni vazmin bir davr deyish mumkin bo’lsa, 13 yoshdan 16 yoshgacha bo’lgan o’smirlik davri kishi hayotining boshqa barcha davrlaridan tubdan farq qiladi. Bu davrda organizmdagi barcha fiziologik sistemalar zo’r berib o’zgaradi, o’smirning psixikasi va xulqi o’zgara boshlaydi. Bu yoshda ota-onadan o’tgan sifatlar hamda tashqi muhit ta’sirida bolaning o’ziga xos xususiyatlari namoyon bo’la boshlaydi.
Bolalar bilan ishlash tajribasi shuni ko’rsatadiki, o’qish boshlanishidagi sport natijalarining tez o’sishi kelajakdagi yuqori natijalarga kafil bo’la olmaydi. SHunday hodisalar ham bo’ladiki, sport bilan aktiv shug’ullangan bolalar keyinchalik kattaroq bo’lganlarida doim mashg’ulotlarga qatnashyshlari natijasida ularda sport ko’rsatkichlari dinamikasi yaxshi bo’ladi.
Bolalik yoshida natijalarning tez o’sishy aksari «biologik yosh» tushunchasi bilan bog’liqdir. Ma’lum yoshga borib, masalan 14 yoshga etganda bolalarda morfologik va funksional o’sishlari darajasi turlicha bo’lishi mumkin.
Biologik yoshda skeletning ba’zi suyaklari suyaklanishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishi va boshqa jismoniy rivojlanish ko’rsatkichlari ko’zda tutiladi. Bolalarda gavdaning va vaznning o’sishi hayotning birinchi yiliga hamda balog’at davriga (12—14 yosh) to’g’ri keladi. Harakat sifatlarining o’sish darajasi sport faoliyatidagi muvaffaqiyatlarga ta’sir qiladi. SHu sababli, harakat va psixofiziologik funksiyalarning etilish dinamikasi nihoyatda qiziqarlidir.
Bola 8—10 yoshga etgandan so’ng barcha muskulatura zo’r berib rivojlana boshlaydi, 13—14 yoshgacha bo’lgan davr esa muskul sistemasi va aktiv harakat funksiyalarining takomilladgashi davri hisoblanadi.
V. P. Filin fikricha (1974) o’smirlik va yoshlik yillarida, ayniqsa 13—14 yoshgacha, muskul massasi juda tez o’sadi, bu esa kuch sifatlarining oshishiga ijobiy ta’sir qiladi.
7 dan 10 yoshgacha bo’lgan davrda bolalarning harakatlari chaqqon, egiluvchan, juda ham chidamli bo’la boradilar. 11 —12 yoshda bolalar ancha ishchan bo’ladilar.
Psixofiziologik funksiyalar asosan 13—14 yoshlarga borib shakllanib bo’ladi. A. P. Laptevning fikricha, 11—12 yoshda psixofiziologik funksiyalar darajasi uncha yuqori bo’lmaydi, shuning uchun ham yosh sportchilar harakatlarni tez va aniq bajara olmaydilar. 12—13 yoshda o’smir murakkab harakatlarni o’rganadigan bo’lib qoladi, harakat malakalarini egallaydi, shunda ham 14—15 yosh-li bolalardan ko’ra yaxshiroq bajaradigan bo’ladilar.
Bolalar va o’smirlarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, ular bir xilda rivojlanmaydilar, etilishda va harakat funksiyalarida o’ziga xos farq bo’ladi.
Masalan, 16—18 yoshda yigitcha juda baquvvat, chidamli bo’ladi, 13—14 yoshda chaqqon bo’lib, harakatlarni tez bajaradi, yangi va hatto murakkab bo’lgan harakatlarni tez o’rganib oladi, qo’l va oyoq harakatlari uyg’un bo’ladi, xrlbuki, chaqqonlikka va egiluvchanlikka 9—10 yoshgacha o’rganiladi.
Bu masalani maxsus o’rgangan ko’pgina olimlar bolalarga jismoniy tarbiya berishning dastlabki davrlarida ularning uyg’un rivojlanishi uchun turli mashqlardan foydalanishni tavsiya etadilar, muskullarning ma’lum gruppalariga bir tomonlama zo’r keltiradigan mashqlardan voz kechish kerakligini ham aytadilar.
Nerv sistemasi. Bola organizmi markaziy nerv sistemasining doimiy ta’siri, atrof muhit bilan uzluksiz aloqada bo’lib turishi tufayli o’sish va rivojlanishda davom etadi. 8—10 yoshli bolalarda nerv sistemasining anatomik jihatdan o’sishi hali tugallanmagan bo’ladi, shu sababli bu tabiiyki, bolaning o’z fikrlarini bayon qilishiga, xulqiga, psixikasiga ta’sir qiladi. Bunday bolalar nihoyatda ta’sirchan bo’ladilar, ayrim sport elementlarini o’rganishda uzoq vaqt diqqat qilolmaydilar. 8—10 yashar bolalarda nerv protsesslari juda harakatchan bo’ladi. SHunda ham qo’zg’alish protsesslari tormozlanish protsesslaridan ustun bo’ladi. 10—12 yoshga borib, bolalarda tormozlanish protsesslari kuchi ortadi, o’z his-tuyg’ularini nazorat qiladigan bo’lib qoladi, birinchi va ikkinchi signal sistemasining funksional im-koniyatlari kengayadi, differensirovka qobiliyati ortadi: muskulni sezish qobiliyati kuchayadi, harakat malakalari o’z-o’zidan bajariladigan bo’ladi, bola nozik harakatlar qiladigan bo’ladi. Bu yoshga kelib, nerv sistemasi turlari uzil-kesil aniqlanadi va diqqat ortadi.
13—15 yoshda markaziy nerv sistemasining funksional imkoniyatlari . anchagina ortadi. Bular hammasi shu davrda nihoyatda yaxshi rivojlanayotgan harakat qobili-yatlarini takomillashtirishga sharoit yaratadi. Bu yoshga kelib o’smirlar o’zlarini kattalardek tutishga harakat qila boshlaydi.
Balog’atga etish davrida (13—15 yosh) markaziy nerv sistemasining qo’zg’aluvchanligi ortadi, ichki tormozlanishning barcha turlari bo’shashadi. Ug’il bolalarda jismoniy va aqliy mehnatdan so’ng charchash holati ortadi, ular ortiqcha ta’sirlanuvchan bo’lib qoladilar, o’zlarining jismoniy va psixologik imkoniyatlarini hisobga olmagan holda tez harakat qilgilari keladi.

Yüklə 303 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin