Болалар ва ўсмирлар спорт мактабларида ёш футболчиларни танлаш


Umidli yosh futbolchilarni terma komandalarga tanlab olish



Yüklə 303 Kb.
səhifə13/15
tarix05.06.2022
ölçüsü303 Kb.
#60700
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Ситора 05.06.2022

Umidli yosh futbolchilarni terma komandalarga tanlab olish
O’zbekiston o’smirlar terma komandasiga nomzodlari tayyorlangan 200 ta anketa-xarakteristika kelajagi bor futbolchilarni tanlab olishda yagona tashkiliy sistema va Metodika ishlab chiqish zarurligini ko’rsatdi. Ma’lumki, futbolda sportchilar bosqichma-bosqich tanlab olina boshlaydi. Har bir bosqich uchun iste’dodli va qobiliyatli futbolchilarni avvaldan bilishda, tanlab olishni tashkil etish va uning metodikasida o’ziga xoslik bor: birinchi bosqichda tanlab olish o’larni qabul qilish vaqtida va sport maktabini to’ldirishda o’tkaziladi; ikkinchi bosqichda — maktabda tayyorgarlikdan o’tgan oddiy uquvchilar orasidan qobiliyatli yosh futbolchilarni oldindan aytiladi, uchinchi bosqichda — sport mahoratiga ega bulgan o’yinchilar orasidan futbol bo’yicha o’smirlar, eshlar va milliy terma komandalarga nomzodlar tanlab olinadi.
Kelajagi bor yosh futbolchilarni tanlab olishning ma’lum qiyinchiliklari bor, ulardan biri murabbiyning o’yinchining layoqatiga sub’ektiv baho berishidir (boshqacha baho bermasligidir).
Ma’lumki, 15—16 yashar futbolchi ko’pgina texnik-taktik jahatdan ancha pishiq bo’lib qoladi. Murabbiylar birinchi navbatda raqibni aldab o’tadigan, to’pni aniq oshiradigan, birorta texnik-taktik elementlarni yaxshi bajaradigan futbolchilarga e’tiborlarini qaratadilar. Bunday mahoratga ega bo’lgan futbolchilarni murabbiylar doimo kuzatib turishlari kerak. Murabbiy futbolchini qobiliyatiga qarab tanlab olishi.lozim. Keyinchalik, hatto yaxshi o’ynab turgan futbolchilar ham yuqori klassli sportchilar bo’lib etishmasligi mumkin. O’yinchining kelajagi haqidagi fikrlar xato bo’lishi mumkin. CHunki murabbiy futbolchining kelajagi va imkoniyatlariga oldindan bexato baho bera olmaydi.
Amalda bolalarni tanlab olishning turli usullari bor. Ulardan asosiysi futbolchining o’yiniga qarab baho berishdir, biroq ko’pchilik hollarda bu ma’lum darajada yosh futbolchilarning kelajagini aniqlashda asosiy xatolardan biri bo’lishi mumkin. SHuning uchun ham futbolchilarni testlardan o’tkazish asosiy usullardan biri bo’lishi tasodifiy hol emas.
Testlar roliga etarlicha baho bermaslik shunga olib keladiki, futbolchilarning mashg’ulotlari uncha samara bermaydi. Testlardan olingan natijalar sportchilarning funksional holatiga, harakat sifatlari va texnik-taktik maxoratlaridagi o’zgarishlar dinamikasini kuzatish, shuning’dek yosh futbolchilarni to’g’ri tanlash imkonini beradi.
Kelajagi bor futbolchilar qobiliyatiga har tomonlama o’ylab baho berish lozim. Bunda futbolchilarning jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi darajasi, koordinatsiya qobiliyati, analizator va funksional sistemalari holati, shuningdek psixologik va psixofiziologik imkoniyatlari darajasini hisobga olish shart. Masalan, VNIIFK ilmiy gruppasi O’zbekiston o’smirlar terma komandasida muntazam ravishda yosh futbolchilarda morfologik tadqiqotlar olib borishadi (7-jadval). Bu tadqiqotlar natijalari futbolchilar holati haqidagi eng aniq ma’lumotlardan biri hisoblanadi.
Ma’lumki, har bir kishi organizmida uglevodlarning yonishi protsessi qat’iy individual ravishda sodir bo’ladi.
Ha deb bir xil ovqat eb turgan holda mashg’ulotlar nagruzkalari o’sha bir xil hajmda bo’lsa, ba’zi sportchilar vazni bir xilda turishi mumkin, boshqalari esa semirib ketadi. Bu esa terma komandalarda ilmiy jihatdan asoslangan ovqatlanish ratsioni bilan birga sportchilarning vaznini ham nazorat qilib turish kerakligini ko’rsatadi.
Yosh futbolchilar o’yin faoliyati ma’lumotlarini tanlab olish uchun ham ko’rsatkichlar bo’lishi mumkin. Tadqiqot natijalarini futbolchilarning shaxsny pasportlariga yozib qo’yish kerak, unga avtobiografik ma’lumotlar, meditsina-fiziologiya tadqiqotlari natijalari, testlar bo’yicha sinovlar, kontrol o’yinlar protsessidagi pedagogik kuzatishlar natijalari ham kiritiladi.
Murabbiy o’yinlar protsessidagi va maxsus kontrol mashqdar bajarilishidagi pedagogik kuzatishlar natijalarini analiz qilish yo’li bilan yosh futbolchilar qobiliyati haqida ob’ektiv ma’lumot olishi mumkin.
Yosh futbolchilarning kelajagini hisobga olgan holda gruppalarga ajratib borish futbol maktabida butun o’qish davrida davom etadi, keyinchalik u yuqori malakali koman-dalarda davom ettiriladi. YOsh futbolchilar bilan sport­pedagogik testlarni bir yilda kamida 2—3 marta o’tkazish tavsiya etiladi. Masterlar komandalariga qabul qilingan o’yinchilar esa O’zbekiston Davlat Sportkomiteti futbol Boshqarmasining 1977 yildagi metodik ko’rsatmalarining’ to’la programmasi bo’yicha testlardan o’tadilar.
Kelajagi bor bo’lgan futbolchilarda o’tkazilgan kuzatishlar materiallarini o’smirlar terma komandalari murabbiylariga yil davomida yuborish tavsiya etiladi.
Test sinovlaridan tashqari murabbiy, maktab direktori, ilmiy bo’lim mudiri terma komandaning har bir nomzodiga xulosa yozishlari kerak.
Bu xulosa o’yinchi haqida uning o’yindagi taktik faoliyati haqidagi testlar yordamida ma’lumotlar etarli bo’lmaganida juda muhimdir. Futbolchi haqidagi ma’lumotlarda, birinchi navbatda futbolchi asosiy moyilligi haqida (tashkilotchilik qobiliyati), o’yindagi o’ziga xos xususiyatlari (joyni tanlash, hujum uchun daqiqadan foydalanish) ko’rsatiladi va hokazo.
Kelajagi bor bo’lgan futbolchi terma komandaga kirgach, u bilan terma komanda murabbiylari shug’ullanadi. Murabbiylar sostavi turnirda qatnashishi kerak bo’lgan futbolchilar sonini aniqlaydi, keyin bo’lajak o’yinda qatnashadigan o’yinchilar ham aniqlanadi.
Futbolchilarning tezkorlik va kuchlilik sifatlariga baho berish uchun O’zbekiston Sportkomiteti va VNIIFK laboratoriyasi quyidagi testlarni tavsiya etadi. 15 m masofaga turgan joydan yugurish. Bu kontrol mashqlar natijalari murabbiylar uchun sportchining’ jon-jahdi bilan o’ynashi imkoniyatlari haqida ancha to’liq ma’lumot beradi.
8-jadvalda O’zbekiston o’smirlar terma komandasi futbolchilarining tezkorlik va kuchlilik sifatlarini tekshirish natijalari berilgan. Ma’lumki, tezkorlik va kuchlilik sifati — bu kishining iloji bor kuchi bilan qiladigai harakatidir. Testlar: 15 m ga yugurish, 30 m ga yugurish orqali futbolchilarning tezkorlik va kuchlilik tayyorgarligi haqida aniq ma’lumot olinadi. Tabiiyki, yaxshn sport formasida bo’lgan sportchilarning natijalari boshqalarnikidan yuqoriroq bo’lady. Biroq futbolchilar ko’rsatgan natijalarni o’lchash uchun radiotelemetrik apparatura zarur. Joylarda murabbiylar bunday apparaturalarga ega emaslar, shuning uchun ularga qo’shimcha testdardan foydalanish tavsiya etiladi (qaralsin).
Testlar kompleksi va taxminiy natijalar 9-jadvalda ko’rsatilgan. Jadvaldagidan yaxshiroq natijalarga erishganlar uchun «a’lo», undan pastiga «qoniqarli» baholar qo’yilishi shart. Testlar bo’yicha hamda o’yinlarda yuqori natijalar ko’rsatgan futbolchilar murabbiylarning qo’shimcha ekspert bahosidan so’ng «perspektiv» o’yinchilar qatoriga qo’shilishi va murabbiylar respublika va mamlakat o’smirlar terma komandalariga tavsiya etishlari mumkin.
Futbolchilarni o’smirlar terma komandasiga tanlab» olish uzoq davom etadigan protsessdir. yosh futbolchi yaxshi o’yin ko’rsatib, tanilganidan boshlab, futbol komandalari maktablar, joylardagi futbol federatsiyalari rahbarlari, shuningdek o’smirlar terma komandalari nazoratida bo’ladi. SHu futbolchini tayyorlagan murabbiy uning kelajak taqdiri uchun javobgar bo’ladi. Bu futbolchining mashg’ulotlarini to’g’ri tashkil etish uchun tayyorgarligining barcha davrida u ko’rsatgan sport natijalari chuqur tahlil qilib boriladi.
Murabbiy yosh futbolchiga mehribon bo’lib, to’g’ri yo’l ko’rsatib tursa, uning mahorati kun sayin oshib boradi hamda musobaqalarda yaxshiroq natijalarga erishadigan, bo’ladi.

Yüklə 303 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin