Kirish Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni hamda "O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Ushbu tizim oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish hamda moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi1.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda o‘qituvchi turli xil tasviriy va ko‘rgazmali materiallardan foydalanadi: didaktik rasmlar, badiiy rasmlardan reproduktsiyalar, fotosuratlar, transparentlar, maketlar, kino lentalari. Tasviriy va vizual materiallar bolalarning tabiat hodisalarini bevosita idrok etish jarayonida olingan g‘oyalarini birlashtirish va aniqlashtirishga yordam beradi. Uning yordami bilan ma'lum bir vaqtda yoki ma'lum bir hududda kuzatilishi mumkin bo‘lmagan narsalar va tabiat hodisalari haqida bilimlarni shakllantirish mumkin (masalan, siz boshqa iqlim zonalarining yovvoyi hayvonlari yoki uy hayvonlarini faqat rasmda ko‘rsatishingiz mumkin). Tasviriy va vizual materiallar bolalarga tabiatda sodir bo‘ladigan uzoq muddatli hodisalar (masalan, o‘simliklar va hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishi, mavsumiy tabiat hodisalari) haqida tasavvurga ega bo‘lishga imkon beradi.
Kichik guruhda bolalarga sonlargacha bo‘lgan davr o‘rgatiladi. Bunda ularga miqdoriy munosabatlar tushuntiriladi. Bolalarga turli buyumlar to‘plami bilan ishlash, ya’ni ularning har xil belgi-alomatlariga ko‘ra birlashtirish, tenglik va tengsizlikni taqqoslash natijalarini ko‘p, kam, teng so‘zlari bilan belgilashni o‘rgatish ko‘zda tutiladi.
Bolalar buyumlarning uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taqqoslashga o‘rgatiladi; geometrik shakllar: - doira, kvadrat bilan tanishtiriladi; fazoviy yo‘nalishlar bilan tanishtiriladi: «o‘zidan» oldinga, orqaga (orqasidan), o‘ngga (o‘ngdan), chapga (chapdan) so‘zlarini to‘g‘ri qo‘llashga o‘rgatiladi.
Mashg‘ulotlar o‘quv yili boshidan boshlab haftasiga 1 martadan (1 yilda 36 marta) o‘tkaziladi. Sentabr oyida bir mashg‘ulotning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktabr oyidan boshlab mashg‘ulot davomiyligi sekinasta 15minutga yetkaziladi.
Kichik guruhda elementar matematik tasavvurlarga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda o‘qitish ayoniy ta’sir xarakterida bo‘lishi kerak. Bolalar bilimlarni tarbiyachining harakatlarini, uning tushuntirish va ko‘rsatmalarini idrok qilish asosida, shuningdek, didaktik materiallar bilan mustaqil ishlash vositasida o‘zlashtiradilar.