Profilaktikasi: 1. Silning oldini olishning asosiy usuli BSJ vaksinasi bilan emlashdan iborat. Barcha chaqaloqlar hayotining 2-5 kunida tug‘ruqxonada sil kasalligiga qarshi emlanadilar. Takror emlash (revaksinasiya) bolaning 7 yoshida (1-sinfda) va 14-15 yoshida (8-sinfda) o`tkaziladi.
2.Bolalar poliklinikasida, bog‘cha va maktablarda bolalar muntazam ravishda sil kasalligiga tekshirib turiladiSilning maxsus davosi sifatida hozirgi paytda ikki qator dorilar qo’llanadi:
Bu chora - tadbirlar bolaning kun tartibi va ovqatlanishini to’g’ri tashkil etish, uni chiniqtira borish, qo’shimcha vitaminlar tayinlash bilan birgalikda olib borilishi lozim. Bemorlarda uzoq muddat tana harorati oshgan, qizil qon tanachalarining cho’kishi tezlashgan bo’ladi.Bemor bolalarda kattalashgan limfa tugunlarinng nafas yo’llarini bosishi tufayli, nafas og’irlashib, shovqunli, ko’kyo’talni eslatuvchi qattiq yo’tal paydo bo’lishi mumkin.Bunday bolalar qaytalanuvchi bronxitlarga moyil bo’ladi.
Sil bronxoadenitining kilnik manzarasi organizmning umumiy intoksikasiyasi belgilaridan iborat bo’lib, uzoq davom etuvchi subfebril isitma, behollik , ishtaha yomonligi, ko’p terlash, ayniqsa uyquda bitonal yoki ko’kyo’talsiman yo’tal, espirator entikish kabilardan iborat bo’ladi. Eshitib ko’rilganda nafas chiqishining davomliroq va jarangdorroq ekanligini ko’rish mumkin.
Ko’krakning old qismida, o’ng tarafdagi 1- qovurg’alar oralig’ida perkutor tovushning bo’g’iq bo’lishi ham ana shunday belgi bo’lib , De la Kamp simptomi deyiladi.
Bunday bemorlar rentgenologik tekshirilganda bir yoki ikki tomonlama kattalashgan limfa tugunlaridan paydo bo’lgan qorong’ilashish kuzatiladi.
Bolalarda o’pka silining infiltrativ turi ko’proq uchraydi va ba’zan o’tkir , ba’zan asta-sekin rivojlanishi sekin kechuvchi pnevmoniyani eslatishi ham mumkin.
Yo’tal esa kuchsiz bo’ladi.Bunday bolalarni maxsus tekshirish joizdir. Bulardan tashqari bolalarda silning boshqa turlari; teri,ko’z, suyaklar sili, sil meningiti, periferik limfa tugunlarining sili kablar ham uchrashi mumkin.
Tashxisi: sil kasalligi hamon aholi orasida nisbatan keng tarqalganligi sababli, uni barvaqt aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Tibbiyotning kundalik amaliyotida silni aniqlash uchun quyidagi usullar qo’llanadi: Mantu sinamalarining ijobiy natijalari, sil mikobakteriyalarini ko’rish, kasallanish o’chog’idagi gistologik o’zgarishlarning silga xos ekanligini isbotlash va tegishli rentgenologak tekshirishlar.
Tuberkulin sinamasi keng qo’llanadigan va silga xos belgi bo’lib organizmga sil mikobakteriyalari tushishi tufayli unda yuz beradigan immunologik o’zgarishlarni aks ettiradi. Bunday o’zgarishni kasallik yuqqandan so’ng 4-6 hafta o’tgandayoq, ilgarigi natijasi sinamaning ijobiy bo’lib qolganidan bilib olinadi.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Takomillashtirilgan “Bolajon” tayanch dasturi. T.: 2016. 2.Maktabgacha ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari. T.: 2017 “Bilimdon” dasturi. T.: 2014 3.Amirova. G.A., Sulaymonov A.P., Djurayeva B .R. Maktabgacha ta’lim muassasalarda applikatsiya mashg‘ulotlari. T., 2014. 4.D.T Sabirova. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tasviriy savodxonlik elementlarini shakllantirish. (13.00.01.-Pedagogika nazariyasi va tarixi ixtisosligi bo‘yicha yozilgan dissertatsiyaning avtoreferati). T.2007