1-bob. Umumiy qoidalar 1. Mazkur qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
GSM-shlyuz — mobil aloqa tarmoqlari va telekommunikatsiyalarning boshqa tarmoqlari o‘rtasida trafikni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vosita;
IP-shlyuz — IP tarmoqlar va telekommunikatsiyalarning boshqa tarmoqlari o‘rtasida trafikni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan apparat-dasturiy vosita;
IP-adres — TCP/IP texnologiyalari bilan boshqariladigan ma’lumotlar uzatish tarmog‘ida kompyuterlar yoki uzellarni identifikatsiyalaydigan noyob adres;
IP-televideniye (IPTV) — televideniye, video, audio, matn, grafika va shu kabi, boshqa ma’lumotlar, IP protokoli asosidagi tarmoqlar ta’minlanadigan, sifat, xavfsizlik, interaktivlik va ishonchlilikning talab qilinadigan darajasini ta’minlash maqsadida boshqariladigan multimedia xizmatlari;
IP-telefoniya — IP texnologiyasi asosida paketlar kommutatsiyalanadigan ma’lumotlar uzatish tarmoqlari orqali nutqli axborot, jumladan mahalliy, shaharlararo va xalqaro aloqani ayirboshlash xizmati;
SMS-shlyuz — mobil telefondan foydalanmasdan SMS xabarlar jo‘natish va olish imkonini beradigan apparat-dasturiy vosita;
Wi-Fi xizmati tashkilotchisi — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha o‘zlarining chetki uskunalaridan, mijozlar yoki tashrif buyuruvchilar hisoblanadigan tor doiradagi foydalanuvchilarga uskunadan foydalanishni taqdim etadigan ma’lumotlar uzatish tarmog‘i operatori yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari provayderi yoxud abonent — yuridik shaxs;
Wi-Fi xizmatlari — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlaridan foydalanish uchun Wi-Fi texnologiyasi bo‘yicha chetki uskunalarga foydalanuvchilarning cheklangan doirasiga uskunadan foydalanishni taqdim etish;
abonent — ma’lumotlar uzatish tarmog‘i operatori yoki ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlari provayderi bilan shartnoma tuzgan, ma’lumotlar uzatish tarmog‘i xizmatlarining iste’molchisi hisoblangan yuridik yoki jismoniy shaxs;