Bolalarga nisbatan qo'pol munosabatda bo'lish kirish



Yüklə 1,51 Mb.
tarix24.04.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#101883
BOLALARGA NISBATAN QO\'POL MUNOSABATDA BO\'LISH

BOLALARGA NISBATAN QO'POL MUNOSABATDA BO'LISH

kIRISH

Bugungi kunda adabiyotlarda sinonimlar sifatida «zulm» va «nomunosib munosabat» so‘zlari ishlatiladigan «bolalarga nisbatan zulm» tushunchasi (ingl. Child Abuse) Butunjahon Sog‘liqni saqlash Tashkiloti tomonidan 1999 yilda taklif etilgan quyidagi ta’rifga tayanadi: «Zulm» yoki «bolalar bilan qo‘pol muomalada bo‘lish» «…bolaning sog‘lig‘iga, yashashiga, rivojlanishi va layoqatiga amaliy zarar keltiradigan yoki zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan barcha turdagi jismoniy yoki emotsional salbiy munosabat, jinsiy zulm, ehtiyotsiz yoki befarq munosabat, kommersiya yoki boshqa maqsadlardagi ekspluatatsiya»ni anglatadi1. Demak, xalqaro amaliyotda qabul qilingan «bolaga nisbatan zulm» atamasi o‘zida «ehtiyotsiz munosabat» hamda «tashlab qo‘yilganlik» (ingl. Neglect) tushunchalarini ham o‘zida mujassam etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

64,4%

  • 40–60%
  • 175 000 ₽
  • Средний годовой доход на врача
  • O‘zbekistonda «bolalarga nisbatan zulm va ehtiyotsiz munosabat» tushunchasi avvalo qonuniy asosga tayanadi. O‘zR qonunchiligiga ko‘ra, zulm deganda ehtiyotsiz va loqayd munosabatda bo‘lish nazarda tutilmaydi. Zulm va loqayd munosabat quyidagicha ta’riflanadi: Bolaga nisbatan zulm – bolaning ixtiyoriga zid ravishda yoki uning ko‘makka muhtoj holatidan foydalanib, uning shaxsiy dahlsizlik huquqini buzuvchi jismoniy, jinsiy va ruhiy ta’sir ko‘rsatishdir. Mazkur ta’rifga binoan, zulmning jismoniy, jinsiy va ruhiy ko‘rinishlari ajratib ko‘rsatiladi.

Bolaga loqayd munosabatda bo‘lish – ota-onalar yoki ularni o‘rnini bosuvchi kishilar, shuningdek boshqa shaxslar tomonidan bolalarni boqish, tarbiyalash, sog‘lom turmush kechirish sharoitlarini yaratish, to‘la ma’lumot olish va shu kabilarni ta’minlashga doir o‘z majburiyatlarini bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmasliklari.

Bolalarga nisbatan noloyiq munosabat turlari

Jismoniy zo‘ravonlik

Emotsional (ruhiy) zo‘ravonlik

Ehtiyotsiz munosabat (befarqlik)

Bolalarga nisbatan noloyiq munosabat turlari

Ekspluatatsiya – boladan o‘z manfaati yo‘lida foydalanish

Bola ehtiyojlariga e’tiborsizlik

Psixologik zo‘ravonlik

Jismoniy zo‘ravonlik


Jismoniy zo‘ravonlik – shafqatsizlik va bolaga og‘riq keltiruvchi hamda uning sog‘lig‘i va rivojlanishiga zarar yetkazuvchi insoniyatga mos bo‘lmagan maqsadga yo‘naltirilgan boshqa xatti-harakatlar:  bolaga yetkazilgan har qanday tana jarohati yoki og‘riq berish (urish, chimchilash, tishlash, kuydirish, bolani bo‘g‘ish yoki cho‘ktirish)  bolaga tana jarohati yetkazilishiga qarshilik qilmaslik  bolani har qanday jismoniy jazolash – tarsaki, kaltaklash, tahqirlash  bolani dori yoki boshqa kimyoviy vositalar yordamida zaharlash  Jinsiy zo‘ravonlik – kattalarning jinsiy ehtiyojlarini qondirish uchun bolalardan foydalanish. Bolani jinsiy faoliyatga jalb qilish uchun tahdid, kuch, ayyorlik va ishonchdan foydalanish.  bola bilan har qanday jinsiy aloqa yoki munosabatlar (kuch ishlatgan holda yoki ishlatmasdan)

Emotsional (ruhiy) zo‘ravonlik


Emotsional (ruhiy) zo‘ravonlik – bolaga lozim darajada e’tibor bermaslik, g‘amxo‘rlik qilmaslik, qo‘llab-quvvatlamaslik, hissiy yaqinlik ko‘rsatmaslik. Bola doimiy ravishda e’tibor va mehrning yetishmasligini his qilib turadi, tahdid va kamsitishlarga duchor bo‘ladi va bu o‘z qadr-qimmatini bilmaslik va o‘ziga ishonchsizlikni oshishiga olib keladi, bularga:  yolg‘on, tahdid, qo‘rqitish, kamsitish, haqorat qilish, so‘kish;  boladan voz kechish, izolyasiya  noijtimoiy xatti-harakatlarga jalb etish va majburlash  bola bajara olmaydigan ishlarni bajarishni asossiz talab qilish  bolaning me’yorida rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi ortiqcha homiylik  kattalarning o‘z va’dalarini bajarmasligi, bolada ishonch tuyg‘usining buzilishi

Ehtiyotsiz munosabat (befarqlik)


Ehtiyotsiz munosabat (befarqlik) – bolaning jismoniy, ruhiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatilishga olib keluvchi hayotiy ehtiyojlarni qondirilmasligi:  e’tiborsiz, qarovsiz qoldirish, xavf ostida qoldirish;  bola ehtiyojlariga nisbatan befarqlik (ovqatlanishga, tibbiy ko‘makka, ta’limga, muloqotga, rivojlanishga bo‘lgan ehtiyojlarining qondirilmasligi);  hissiy yaqinlikning yo‘qligi (undan voz kechish)  mavjud tahdiddan bolani himoya qila olmaslik (istamaslik)

XULOSA

  • Xulosa o’rnida aytish zarurki, tadqiqotchilar xatar omillarini shaxs, oila va jamiyat darajasida aniqlaydilar va bir omil emas, balki ularning o‘zaro ta’siri bolalar ustidan zo‘ravonlik o‘tkazishga olib kelishini isbotlaydilar. Shuningdek, ular u yoki bu xatar omilining mavjudligi zo‘ravonlikni namoyon etish degani emas, balki uning paydo bo‘lish ehtimoli yoki imkoniyati borligini ta’kidlaydilar. Bunda bir necha ijobiy omillarning mavjudligi (ijtimoiy ko‘nikmalar, “Men” ning ijobiy identifikatsiyasi va h.k.) xatar omilining ta’sirini kamaytiradi.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin