Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 975
w www.oriens.uz January 2022 Darhaqiqat, kelajagimiz poydevori bo’lgan yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, avvalo,
oilada shakllanadi. Shaxsga xos bo’lgan xarakter xislatlari, shuningdek, millatimizga
xos bo’lgan etnik xususiyatlarimizdan, kattalarni e’zozlash, kichiklarni izzat qilish,
Vatanni sevish va burch kabi hislatlarning barchasi oilada shakillanadi.
Yuqorida
ta’kidlaganimizdek,
bolalarda
xarakter
xususiyatlarining
shakllanishiga ta’sir etuvchi bir qator komponentlari oilada shakllanib borishi bilan
birgalikda, nosog’lom bo’lgan oila sharoitida tarbiya topayotgan farzandlar xulq-
atvorida o’ziga xos bo’lgan salbiy individual psixologik xususiyatlarning
shakllanishiga sabab bo’lmoqdadir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Bir guruh psixologlarning aniqlashicha, xarakterning yangi sifatlarini yuzaga
kelishi va ularning mustahkamlanishi real vaziyatni taqozo etadi. Shuning uchun ham
xatti-harakat odatni, odat esa xarakterni va xarakter taqdirni yaratadi, degan fikr
mavjud. Xarakter qandaydir turg’un va o’zgarmas xususiyat emas. Jumladan, bolalik
yoshida xarakterning xususiyatlari odatda “jiddiylashish”, “boshqacharoq bo’lib
qolish” tarzida ko’rinadiki, bu hol ijtimoiy omillardan ya’ni, atrofdagilarga nisbatan
munosabatning murakkablashuvi, gormonal yetilish natijasida namoyon bo’la
boshlaydi. Shaxs xarakterdagi o’zgarishlarni yetarlicha hisobga olmaslik ziddiyatli va
nizoli munosabatlarni vujudga keltiradi. Ayni shu davrda bola xarakterida
aktsentuatsiya
xususiyatlari,
jumladan,
emansipatsiya
reaktsiyasi
kattalar
qaramog’idan “ozod” bo’lishlik, tengqurlari bilan guruhlashish reaktsiyasi, ishtiyoq
reaktsiya, xobbi reaktsiyasi kabilar ustivorlik qiladi.
Aynan bolalar o’rtasida sodir etilayotgan deviant (xulqi og’ishgan) xulq-atvor
ko’rinishlari jumladan, jinoyatchilik, giyohvandlik, agressivlik, suitsid kabi turli
jamiyatimiz uchun yot bo’lgan illatlar oilada shaxslararo munosabatlarning to’g’ri
tashkil etilmaganligidan kelib chiqmoqda. Bunda, ota-onalar farzandlari tarbiyasiga
befarq, loqayd munosabatda bo’lishi, oilada sog’lom turmush tarzini to’g’ri yo’lga
qo’yilmaganligi, ota-onalarni farzandlarining yoshiga xos bo’lgan psixologiyasini,
ularga xos bo’lgan shaxslararo munosabatlar to’g’risidagi bilimlarini yetishmasligi
tufayli jamiyatimiz uchun zid bo’lgan xatti-harakatlarning yuzaga kelayotganligi,
natijada, ilmiy asoslangan ota-onalar va farzandlar o’rtasidagi munosabatlarning
psixologik jihatlarini ochib berishligini taqozo etadi.