Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 977
w www.oriens.uz January 2022 Bu esa bola xarakter xususiyatlariga xos bo’lmagan begonalashishning ayrim
shakllarini yuzaga kelishiga sabab bo’lmoqda.
Ayni vaqtda oilada shakllangan oila a’zolarining begonalashishi bolalarning
boshqa doiralarda ya’ni, turli guruhlar va soatlab axborot vositalari bilan band
bo’lishiga olib kelmoqda. Oila a’zolari o’rtasidagi komunikativ a’loqalarning
cheklanganligi, qondirilmagan shaxslararo munosabatlarnatijasida bolalar o’zining
ehtiyojini, endi norasmiy guruhlarga qo’shilish, noan’anaviy mashg’ulotlar bilan
shug’ullanayotganini kuzatishimiz mumkin.
Bunday bolalar va ota – onalar o’rtasidagi o’zaro ta’sir munosabati jarayonidagi
ayrim negativ holatlarni yuzaga kelishini V.V.Boyko quyidagicha talqin etadi.
Oiladagi o’ta qat’iy chegaralangan oila a’zolarining munosabatlari, bunda, ota
– onalarning o’ta talabchanligi, bolalarda ning xarakter xususiyatlarida nuqsonli
xislatlarini keltirib chiqaradi. Bu o’z navbatida ota – onalarning bolaga nisbatan
munosabatida yanada qat’iy holatlarning xosil bo’lishiga olib keladi. O’zaro
munosabatlarning agressiv holati natijasida esa bir biriga nisbatan bemehrlilik,
qo’pollik va ota – onalarning qo’rsligi bolalarda agressivlik reaktsiyasini uyg’otadi
va o’zaro munosabatlar jarayonida ziddiyatlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lishini
kuchaytiradi.
Munosabatlarning kelishuvchanlik holati. Bu holatda ota-onalar kompleksi
bolalar kompleksini hayotga yo’naltiradi. Masalan, ota-onaning doimiy ravishda
boladan noroziligi, bolasini tanqid qilishi, urishishi, xaqorat qilishi, tahqirlashi
boladada o’z navbatida aybdorlik xissini shakllantirib, uni maktabda, maktabdan
tashqari jamoalarda himoya reaktsiyalarining yetishmasligiga, muloqotda o’zini
chetga tortishiga, o’z-o’zini himoya qila olmaslikga, biror ta’sirga tezda javob
qaytara olmaslik holatiga va o’zini tezda yo’qotib qo’yish holatiga olib keladi.
Bolalarrning bunday xulq atvori ota-onalari va atrofdagilar uni boshqarishiga,
boshqalarga tobe bo’lib qolishga, bog’lanib qolishiga, mustaqil bo’la olmasligiga
sabab bo’ladi. Ketma-ket bo’lmagan munosabatlar. Bunda ota-onalarning bola
tarbiyasidagi ehtiyotsizligi, loqaydligi vabolaga nisbatan talabchan bo’lmasligi bilan
ajralib turadi. Bolalarga nisbatan qo’yilgan noto’g’ri talablar yo o’zini oqlamagan
yoki o’ta yumshoq ko’rinishda bo’lib, muayyan bir harakati uchun bir safar
jazolasalar, keyingi safar e’tiborsiz qoldirishining natijasiadir. Bunday holatlarda
bolalar hulq-atvor normalarida, burch, ma’suliyat hissi kabi tushunchalar haqida
o’ylamaydi va muayyan tasavvurlarga ega bo’lmaydi.
Yuqorida keltirilgan tarbiya usullari,shakllariga bola tarbiyasida quyidagi
xususiyatlarini yuzaga kelishiga sabab bo’ladi: