Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 978
w www.oriens.uz January 2022 «Tarbiyasi qiyin» bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir.L.S.Vigotskiy
fikricha,
«qiyin» bola hayotining noto’g’ri munosabatlar xarakterining natijasidir.
Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish, ularni
tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Ularning ma’lum bir qismi intizomsiz,
qo‘pol bolalardir. Ularning faolligini maqsadga muvofiq o‘zgartirish, ularga ba’zi
huquqlarni berish yo‘li bilan ularga ta’sir o‘tkazish mumkin. Psixologiyada “
tarbiyasi qiyin” bolalarning bir qancha klassifikatsiyalari mavjud.
Birinchi guruh - ijtimoiy salbiy, mustahkam qarashlarga ega bolalar;
Ikkinchi guruh - qonunbuzarlarga taqlid qiluvchi bolalar;
Uchinchi guruh- ijobiy va salbiy xulq - atvor stereotiplari o‘rtasida
ikkilanuvchi, o‘z xatolarini tushunuvchi bolalar.
To‘rtinchi guruh - irodali bolalarga bo‘ysunuvchi bolalar.
Beshinchi guruh - qonunbuzarlik yo‘liga tasodifan kirib qolganlar.
Shuni aytish lozimki, tarbiyasi og‘ir bolalar uchun, ular yashayotgan
muhit, oila, ular o‘qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.
XULOSA Xulosa qilib aytish mumkinki, oiladagi turli tuman tarbiya usullarini qollash
tarbiyalanuvchining xarakter xususiyatlariga mos kelishi, ya’ni ota-onalar,
tarbiyachilar bolalarning individual psixologik xususiyatlarini e’tiborga olib tarbiya
usullarini va shakillarini qo’llashi maqsadga muvofiqdir. Aks holda, bolaning
xarakter xususiyatlarida tarbiyasi o’g’ishish kabi nomaqbul ko’rinishlarni yuzaga
kelishiga sabab bo’ladi.