Mashg’ulot mavzusi: Bolalarini predmetlarning oʻlchamni va ularni oʻlchash xaqidagi tasavvurlarini shakllantirish. Oʻlchash xaqidagi tushuncha, oʻlchamning asosiy xususiyatlari, ilk va maktabgacha yoshda predmetlarning o’lchami, idrok qilishning o’ziga xos xususiyatlari Darsning maqsadi:Talabalarning bolalarda predmetlarning o‘lchamni idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlarihaqidagi nazariy bilimlarini, tushunchalarini tekshirish va boyitish borasida amaliy bilimlarni berishdan iborat.
Kerakli jihoz va materiallar:Maktabgacha ta’lim to’g’risida Prezident qarorlari va farmonlari “ Ilk qadam ” davlat o’quv dasturi, Maktabgacha ta’limda Davlat talablari, tarqatma materiallar, daftar, kitoblar, marker, plakatlar
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyalari: Skarabey metodi
Amaliy mashg’ulotning borishi:Talabalar bilan salomlashib olib, kun epigrifi tanlab olinib doskaga yoziladi. So’ngra kun yangiliklari eshitiladi. Berilgan uyga vazifalar tekshiriladi.
Mavzuning mazmuni:Bolalar dastlab narsalaming ikki guruhini taqqoslash asosida miqdoriy nisbatlar: tenglik- tengsizlik bilan tanishtiriladi.
Kichkintoylar diqqati bir guruhdagi narsalarni, boshqa guruhdagi narsalarni, taqqoslanayotgan guruhlaming qaysi birida narsalar ko‘p va qaysisida kamligini yoki har ikkala guruhda ham bab- baravarligini aniqlashga qaratiladi.
Narsalaming ikki yig‘indisini taqqoslash bolalarning «qancha bo‘lsa, shuncha», «bab-baravar», «ortiq», «kam» iboralarining ma’nosini anglab olishlariga yordam beradi. Awal ularga amaliy taqqoslashning eng oddiy usuli—narsalarni namunaviy rasmlari ustiga qo‘yish usuli o‘rgatiladi. Bunday rasmdagi tasvir kichkintoylarga tasviming har bir elementini ajrata olishni va uning chegaralarini ko‘ra bilishni o‘rgatishga yordam beradi.Bolalarni mashq qildirish uchun narsalaming rasmlari bir- biridan baravar uzoqlikda qator qilib terib qo‘yilgan ko‘rgazmalardan foydalaniladi. Bolalarning to‘plamlardagi narsalar sonini idrok etib, tajribalarini oshirib borishlari muhim ahamiyatga ega, shuning uchun ko‘rgazmalarda 3 tadan 5 tagacha narsa tasvirlangan bo‘lishi kerak.
Bu mashg‘ulotlarda har bir bola ikkita ko'rgazma bilan ishlaydi. U har qaysi ko‘rgazmaga o‘yinchoqlarning 2 turini navbatma- navbat joylashtiradi. Kichkintoylarga o‘yinchoqlar qutichada (yoki likopchada) beriladi.
Bu o‘yinchoqlar bolaga kerak bo‘lganidan ortiq bo‘lishi kerak. Masalan, agar ko‘rgazmada 4 ta qo‘ziqorinchaning rasmi bo‘lsa, qutichaga kamida 6-7 dona qo‘ziqorin solib beriladi. Bolalar kartochkada nechta rasm chizilgan bo‘lsa, ularning ustiga shuncha narsa qo‘shishni o‘rganishlari kerak.
Pedagog (tarbiyachi) mashg‘ulotning birinchi qismida yig‘ma tasmalarga asosiy e’tibor bolalarning ustma-ust qo‘yish usulini bilib olishlariga qaratiladi. Bolaga o‘yinchoq yoki rasmlami qanday qo‘yganligini aytib berish ini taklif qilish foydalidir.
Narsalaming teng yoki teng emasligini, qaysi narsalar ko‘p (kam) ekanligini bilish uchun bir narsa ustiga ikkinchisini yoki bir narsa yoniga ikkinchisini qo‘yish, ularni juftlash kerak, deb doimo ta’kidlab turiladi.Bolalar narsalarni o‘ng qo‘l bilan olishga, ularni chapdan o‘ngga tomon harakatlanib bir qator qilib terishga, narsani narsa bilan aniq taqqoslashga, ular orasidagi masofani qat’iy hisobga olishga o‘rgatiladi.
Dam olish daqiqasi:Bundan so’ng “SEHRLI SAVATCHA” o’yini o’tkaziladi (15 daqiqa). Bunda o’qituvchi savatchadagi olma shaklidagi kortochkalarda talabalar ismi va qiziqarli shart yozilgan bo’lib ularni aralashtirib tanlaydi, ismi aytilgan talaba o’rnidan turadi va o’sha shartni bajaradi. Bu o’yin dam olish daqiqasi o’rnida ham o’tkazilishi mumkin
“Zinama-zina” texnologiyasi
Mavzu:
Temperament xususiyatlari
Xolerik
Sangvinik
Melanxolik
Flegmatik
Savol va topshiriqlar: 1. Bolalar bog’chasida matematika bo’yicha predmetlarning o‘lchamni idrok qilishning o‘ziga xos xususiyatlari ahamiyati va sharoiti.
2. Matematika bo’yicha mashg’ulot konspektini tuzishga qo’yilgan talablar.
3. Matematika bo’yicha mashg’ulot rejasini tuzishga qo’yilgantalablar
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. Djanpeisova G.E., Xodjimuratova B.N. . Matematik tasavurlarini shakllantirish. T.: “Innovatsiya-Ziyo”, 2020
2. X.Axmedova va boshqa… «Bolangiz maktabga tayyormi?» T.., 2000y.
3. M.Jumayev “Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish
metodikasi va nazariyasi” T., 2007 y.
4. S.X.Jalilova, S.M.Aripova. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi.. 2013y.