1. Kuchli tasviriy va eshitish xotirasiga ega bo’ladi
2. Bir vaqtning o’zida tahliliy va ijodiy qobiliyat rivojlanadi
3. Chet tillarini va maktab dasturlarini oson o’zlashtirish qobiliyati rivojlanadi
4. Xayolda tez hisoblash va matematik bazaga ega bo’ladi
5. O’ziga ishonch hissi kuchayadi
6. E’tiborni jamlay oladi
7. Hamma fanlarni o’zlashtirishga ulgura oladi
8. Chap va o’ng miya yarim sharlar uyg’unlikda rivojlanadi.[2]
Qo’l va yuz mushaklarini nazorat qiluvchi miyamiz bo’limi tana harakatlariga javob beruvchi boshqa bo’limlarga nisbatan ancha katta. Bu yerda miya rivojlanishi mayda motorika bilan qanday bog’liq ekani oydinlashadi.[1,165-bet]. Italiyalik pedagog olim Mariya Montessori xonim ham mayda motorikaga alohida e’tibor qaratgan.
Mayda motorikaning (barmoqlar harakati) ahamiyatini tushungan holda shifokorlar, masalan, barmoqlarning mayda va aniq harakatlari go’dak miyasining rivojlanishini rag’batlantiruvchi origami va ayatori mashg’ulotlarini tavsiya qiladilar. Oddiy bo’lmagan ishni to’g’ri bajarish uchun harakatlar tartibiga rioya etish kerak, bu esa boladan fikrni bir joyga jamlashni talab qiladi. Mayda motorika bo’yicha bunday murakkab mashqlar go’dakda chidamlilikva diqqatni jamlash qobiliyatini rivojlantiradi. [1,166- bet]
Men ona va soha mutaxassisi sifatida ota- onalarga bolani go’dakligidan erkinroq qo’yishga undamoqchiman. Bolani yoshligidan qo’l motorikasini rivojlantirishga ko’maklashishimiz kerak. Qanday deysizmi? Bu juda oddiy bola go’dakligidan turli xil narsalarni ushlashga harakat qiladi, unga imkoniyat yaratib bering hohlaganicha o’ynasin. Keyin bola biroz katta bo’lib, emaklashga harakat qiladi ba’zi ota- onalar bolasini emaklashini istamaydi va majburan yurishga undaydi, bu juda yomon. “Ota- onalarning bunday majburlashlari oqibatida bola bir muhim rivojlanish davridan mahrum bo’ladi va bu bolada turli kamchiliklar keltirib chiqarishi mumkin. Axir emaklash miya rivojlanishiga, bo’yin mushaklarini faollashuviga, nutq qobiliyatini yaxshilashga xizmat qiladi. Bu bosqichni “sakrab” o’tkazib yuborish mumkin emas.”[3, 207- bet]
Zamonaviy tibbiyotda qayd etilishicha, emaklash bosqichini o’tkazib yuborgan yoki tez o’tkazgan bolalar o’z tengqurlaridan nutqning rivojlanish darajasi bo’yicha ancha orqada bo’ladilar.[1,121- bet]
“Bola emaklayotganda uning barmoqlari faol harakatda bo’ladi, bu orqali esa unda mayda motorika yaxshi rivojlanadi, nutqning rivojlanishi mayda matorika bilan uzviy bog’liq, shifokorlarning ta’kidlashicha, barmoq uchi va o’z harakatlarini boshqarish ko’nikmasi miyaning nutq uchun javob beruvchi qismlari bilan bevosita bog’liqdir.
Bu kabi ma’lumotlarni biladigan soha mutaxasisi sifatida men farzandimni ko’proq emaklashi tarafdori bo’ldim. Lekin turmush o’rtog’im farzandimizni tezroq yurishini hohlardi. Ammo bunday hodisalarni shoshiltirib bo’lmasligini tushuntirdim. Ko’p yillik kuzatuvlarim natijasida shuni bildimki, emaklamay yurgan jiyanlarim bilan, emaklash bosqichini yaxshi o’tkazgan jiyanlarim orasidagi farq, ularning nutqida va muvozanat saqlash holatlarida yaxshi bilinardi.
Farzandim bir yoshgacha emakladi, keyin yurishni boshladi. Yurayotganda o’zi uchun xavfli deb bilgan joyga yetganda yurishdan to’xtab, sekin o’tirib so’ngra emaklab shunday to’siqlardan o’tib olardi, bu bilan u qattiq jarohat olishdan saqlanardi. Bu orqali unda mustaqillik ko’nikmalari ham shakllanib bordi. Nutqi ham tengqurlariga nisbatan erta va yaxshi rivojlandi.” [3, 206- 207- betlar]
Emaklash orqali bolada mustaqillik ko’nikmalari yaxshi shakllanadi, boladagi mustaqillik ko’nikmalari ota- ona bolani qancha erkin qo’ysa shuncha yaxshi va tez rivojlanadi, ya’ni bola qoshiqchani ushlab o’zi ovqatlanishni istasa bunga imkon berish kerak. Boshida bola to’kib- sochib ovqat yeydi, bora- bora qoshiqni to’g’ri ushlashni va to’g’ri ovqatlanishni o’rganadi. Tavsiyalarim bola nimani o’zi mustaqil qilishni istasa bunga imkoniyat yaratib berish kerak, masalan, o’zi kiyimlarini kiyishni o’rgansin, oyoq kiyimini bog’ichini o’zi bog’lasin, o’yinchoqlarini yig’ishtirsin, o’zi yuvinsin, onasiga uy ishlarida yordamlashsin, faqat hammasi ota yoki ona nazorati ostida bo’lishi zarur, ya’ni bolani hayotiga xavf soladigan narsalardan uni asrash shart. Agar biz bolani extiyotlab “uni qilma, bunga tegma” deb cheklayversak bolada mustaqillik ko’nikmalari shakllanmay qoladi. Kuzatuvlarim natijasida shunga ayon bo’lganmanki, 4-5 yoshli ba’zi bolalarni onalari yuvintirib, kiyintirib, o’zlari ovqatlantirib qo’yishganini ko’rganman, ularning onalari bilan gaplashganimda ko’pchiligi: “farzandimni juda yaxshi ko’raman, shuning uchun barcha ishlarni o’zim qilaman” deyishardi, mening fikrimcha, farzandni yaxshi ko’rish bunday bo’lmaydi, mening ham farzandim bor, u hozir bir yarim yosh, uni juda yaxshi ko’raman, ammo nimadir qilmoqchi bo’lsa to’xtatmayman, kuzatib turaman, yordam kerak bo’lsa yordamlashaman, bosh va oyoq kiyimlarini o’zi mustaqil kiyadi, o’yinchoqlarini, kiyimlarini yig’ishtiradi, qalamni, qoshiqni to’g’ri ushlaydi, o’zi mustaqil ovqatlanishga harakat qiladi, ammo biroz qiynalanadi, ishonamanki farzandim 2-3 yoshligida bemalol o’zi mustaqil ovqatlanadigan, o’z- o’ziga xizmat ko’rsata oladigan bo’lib ulg’ayadi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, bolaga yoshligidan o’zini namoyon qilishiga yordam berishimiz kerak. Shundagina u mustaqil va yetuk shaxs bo’lib shakllanadi.
Bolani aqliy rivojlantirishda matorika, ayniqsa mayda matorika, jismoniy harakatlar va mental arifmetikaning foydali taraflari juda ham ko’p, faqatgina biz yosh avlodga o’z vaqtida to’g’ri tarbiya berib, ularni to’g’ri rivojlantira olishimiz kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: Masaru Ibuka: “Uchgacha ayni vaqti”. Toshkent “Akademnashr”2021.
www.global-edu.uz.
Ashirova O’g’iloy Abduvali qizi, Mavlonova Sitorabonu Alisher qizi “Ilk yoshdagi bolalarda emaklashning ahamiyati”maqolasi. Uzbekistan, Tashkent. “RESEARCH AND EDUCATION” ilmiy tadqiqotlar markazi 2022.