MAVZU. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASHDA MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH.
Reja: 1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga ruxiy va fiziologik tayyorgarligi. 2.Matetmatik tasavvurlarini shakllantirish. 3.Bolalarni matematik jixatdan maktabga tayyorgarliklarini tashxis etish.
Adabiyotlar: 1. Bikbayeva N.U., Ibroximova 3.I., Qosimova X.I. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlar ni shakllantirish, T., 1995. 2.X. Axmedova va boshka… «Bolangiz maktabga tayyormi?» T.., 2000y. 3. M.Jumayev “Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi” T., 2007 y. 4. S.X.Jalilova, S.M.Aripova. Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi.. 2013y. 5.Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qо‘yiladigan davlat talablari. 2013y. 6.. “Bolajon” dasturi 2010y.
Yetakchi mutaxassislarning fikriga kо‘ra «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yо‘nalishlarini о‘z ichiga oladi: 1.jismoniy, 2.shaxsiy (ruxiy), 3.aqliy 4.maxsus tayyorgarlik
Bolaning maktabda о‘qishga aqliy tayyorligi. Maktabga aqliy tayyorlikning muxim tarkibiy qismi maktabga о‘qishga kirayotgan bolada atrof, dunyo xaqida yetarlicha keng bilish boyligining mavjud bо‘lishidir.
Bolani maktabga aqliy tayyorgarligining tarkibiy qismi: bola bilish faoliyatini muayan darajada rivojlangan bо‘lishidir. Bu о‘rinda Birinchidanbilish jarayonining о‘sib boruvchi ixtiyoriyligi; materialni ma’no jixatdan ixtiyoriy eslab qolish va takror ifodalash, narsa va xodisalarni rejali idrok etish, qо‘yilgan bilish va amaliy masalalarni maqsadga muvofiq xal etish qobiliyati va shu kabilar;
Ikkinchidanbilish jarayonlari sifatini oshirish: sezgilarning aniqligi, idrokning tо‘lik va tabaqalashtirilganligi, eslab qolish va takror ifodalashning tez va aniqligi; Uchinchidanbolada atrof dunyoga bilish munosabatlari, bilimlarni egallash va maktabda о‘qishga intilishning mavjudligi muxim axamiyat kasb etadi.