Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanidan


-MODUL. SAXNALASHTIRISH FAOLIYATI JARAYONIDA BOLALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANISHI METODLARI



Yüklə 390,89 Kb.
səhifə13/93
tarix27.07.2023
ölçüsü390,89 Kb.
#137659
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanida-fayllar.org

3-MODUL. SAXNALASHTIRISH FAOLIYATI JARAYONIDA BOLALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANISHI METODLARI
5-MAVZU. SAXNALASHTIRISH FAOLIYATI JARAYONIDA BOLALARDA IJODKORLIKNI RIVOJLANISHI METODLARI.

Reja:
  1. Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi mazmuni.


  2. Saxnalashtirish faoliyati jarayonida bolalarda ijodkorlikni rivojlanishi usullari




Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv.
Maktabgacha ta’lim muassasasalarida qo‘g‘irchoq teatrini tashkil etish.
Teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh etish bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir. Maktabgacha ta’lim muassasalarida katta spektakllarni qo‘yish mumkin emas. Kichik sahnali, kichik ertak asosida o‘zlarining o‘yinchoqlari yordamida qo‘yish mumkin. Bu kichik ko‘rinishlarning har biri ham bolalarda katta taassurot uyg‘otadi va bayram ertaklariga ko‘tarinki rux baxsh etadi.
Har qanday badiiy asar qo‘g‘irchoq teatri orqali ko‘rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli bo‘ladi.
Qo‘g‘irchoqlar turlari
1. Qo‘lqopli qo‘g‘irchoq turi.
2. Trossli qo‘g‘irchoq turi (simli).
3. Iplar yordamida (marionetka) boshqaradigan qo‘g‘irchoq turi.
4. Ochiq usulda boshqariladigan (planshetli) qo‘g‘irchoq turi.
5. Soyasi tushirilib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoq turi.
6. Niqob (maska) bilan ishlanadigan qo‘g‘irchoq.
Qo‘g‘irchoqlarni boshqarishda qo‘l harakati. Qo‘g‘irchoq teatri aktyori uchun eng zarur bo‘lgan yo‘nalish bu uning qo‘l harakatchanligidir. Haqiqatdan ham inson xatti-harakatining eng faol ijrochisi bo‘lgan qo‘l qo‘g‘irchoq teatrida o‘zining mo‘jizakorligi, sehrgarlik kuchini yanada yaqqol namoyon qiladi. Dramaturg asaridagi qiyofalar musavvir va qo‘g‘irchoq ustasining ijodiy ko‘magida dunyoga kelgan qahramonlar qo‘g‘irchoq teatri aktyori qo‘li bilan jonlanib, mantiqli, maqsadli xatti-harakatga moyil qilinadi.
Bu o‘z o‘rnida qo‘g‘irchoq teatri aktyoridan qo‘llarining naqadar harakatchan, chiniqqan, chidamli bo‘lishini taqozo etadi. Shuning uchun qo‘g‘irchoqlarni katta mahorat bilan boshqarib, turli mantiqli xatti-harakatlar sodir qilish bilan birga, qo‘l yalang‘och holda, qo‘lqopli holatda yoki dumaloqcha kiygan holatda turli harakatlarni amalga oshirib, turfa obrazlar yaratadi va boy imkoniyatlarini namoyon etadi.
Demak, qo‘g‘irchoq teatri aktyorning qo‘l harakatchanligi cheksiz imkoniyatlarga ega bo‘lishi kerak.
Sahnada bajarilayotgan harakat uch xil holatda bo‘ladi:
Jismoniy harakat bajariladigan ishning tashqi holati (kiyinish, gul taqdim qilish, o‘smaqo‘yish va boshqalar). Bu harakat asosan psixik harakatni amalga oshirish uchun moslama sifatida xizmatqiladi.
2. Psixik harakat insonongiga, ruhiga, holatiga ta’sir qilib, uni o‘zgartirishga olib keladi (tushuntirish, maqtash, rad etish, kulish va h.k.).
3. So‘zli harakat-so‘z bu fikr bayoni. So‘zni sahnada aniq maqsadga erishmoq uchun aytiladi. So‘z inson ruhiyatiga, ya’ni intellektiga, tasavvuriga va his-tuyg‘ulariga har tomonlama ta’sir qilish kuchiga ega. Jismoniy, psixik va so‘zli xatti-harakatlarning barchasi sahnada bir maqsadga erishish uchun yo‘naltiriladi.
Qo‘g‘irchoq teatrida qo‘g‘irchoqboz jonsiz o‘yinchoqqa jon baxsh etadi. Qo‘g‘irchoqboz soatlab oyna oldida mashq qilib, obrazni jonlashtirishga harakat kiladi. Shuning uchun qo‘g‘irchoqboz jismoniy sog‘lom, qo‘l va barmoqlari abjir, epchil bo‘lishi kerak. Chunki, qo‘g‘irchoqbozning har bir qo‘l harakati qahramon fikrini ifodalab berishi kerak.
Qo‘g‘irchoqboz har xil holatda, tizzalab o‘tirgan holatda, yotgan holda to‘siq ortida rol ijro etishi mumkin. Ishtirokchilarning bo‘yiga moslab to‘siq yaratish kerak. To‘siq qanday balandlikda bo‘lishidan qat’iy nazar, uning ustki qismiga biriktirilgan taxta (reyka) qo‘g‘irchoq uchun taxminiy yuradigan maydon hisoblanadi. Aktyor sahnada qanday yursa, qo‘g‘irchoq ham shartli maydonda xuddi shunday yurishi kerak, ya’ni reykadan pastga tushib ham, chiqib ham ketmasligi kerak. To‘siqdan qo‘g‘irchoqni uchdan ikki qismi tomoshabinga aniq ko‘rinishi shart.
Sahna ichkarisiga uzoqlashgani sari qo‘g‘irchoqni balandroq ko‘tarish kerak, chunki to‘siqdan uzoqlashganda qo‘g‘irchoq tomoshabinga kichrayib ko‘rinadi. Qo‘g‘irchoq teatri dekoratsiyalari ixcham bo‘lishi kerak. To‘siqda jihozlar qancha kam bo‘lsa shuncha yaxshi, chunki qo‘g‘irchoqlar harakati va ijrochilari uchun erkinlik va osonlik yaratiladi.
Qo‘g‘irchoq spektaklini musiqasiz tasavvur qilish qiyin, musiqa parda ochilganda, yopilganda, ko‘rinish o‘rtasida, sahna o‘zgarishidagi bo‘shliqlarni to‘ldirib turadi, spektaklni mukammalashtiradi.

Yüklə 390,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin