bo’yoqlarni yorqinligini bildiradi. +orishmada kul rang qanchaliku kam bo’lsa, u shunchalik to’yimli va yorqin, aksincha ko’p bo’lsa shunchalik to’yinmagan bo’ladi.
Ranglar spektri
spektr so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, tasavvur ma’nosini anglatadi. Spektrni boshqa turlari kabi optik turi ham bor. Optik spektrda oddiy quyosh nurini linzadan o’tkazilganda oyna uni turli qizil, sariq, zangori, yashil v.b. ranglarga ajratib beradi. Bu xodisani ranglar spektri deb ataladi. Ranglar spektrini tabiatda yomg’idan so’nggi osmonda paydo bo’ladigan ranglar kamalagida ham ko’rish mumkin.
real borliqdagi narsa va xodisalarning kishi ko’zidan uzoqlashgan sari ularning ranglarida ro’y beradigan xodisa o’zgarishidir. Bunda ularning ranglari xavo, chang, tuman ta’sirida o’z tusini yo’qotadilar.
Ranglar garmoniyasi
garmoniya so’zi yunon tilidan olingan bo’lib, bog’lanish, mutanosiblik ma’nosini anglatadi. Rangtasvir suvratlarda ishlatilgan turli ranlar bir
Relьef–
lotin tilidan olingan bo’lib, qabariq, bo’rtma ma’nosini anglatadi. Xaykaltaroshlikda tasvir tekislik yuzasidan qisman bo’rtib chiqqan bo’ladi. Uni birelьf va gorelьf turlari bir.
Restavratsiya
san’at asarlarini ta’mirlash ma’nosini anglatadi.
Reproduktsiya-
lotin tilidan olingan bo’lib, hosil qilish ma’nosini anglatadi. Tasviriy san’atda reproduktsiya deb suvrat, grafik ish va xaykaltaroshlik asarlarini bosmaxonalar sharoitida ko’p nusxalarda qog’ozda ko’paytirilgan tasvirlariga aytiladi.
Retushь
–frantsuz tilidan olingan bo’lib, tasvirni tuzatmoq ma’nosini anglatadi. Retushь qalam shaklida bo’lib, uning tarkibi oddiy qalamdan farq qiladi. Unda turli grafik ishlarni kamchiliklarini tuzatishda foydalaniladi
Ritm
yunon tilidan olingan bo’lib, “oqaman” ma’nosini anglatadi. Tasviriy san’atda asarni ifodalilik vositalaridan biri hisoblanib, u tomoshabinga estetik ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi. Ritmda suvratdagi detallarni, ularni shakllarini, ranglarini o’lchovlarini qaytarilib yoki almashinib kelishi ritmni hosil qiladi.
Sabza
rang nomi, erta bahorda yangi o’sib chiqqan o’t
Sangina–
lotin tilidan olingan bo’lib, qonga o’xshash ma’noni anglatadi. Ular qalam shaklida, yog’ochsiz temir oksidli tuproqsimon moddalardan tayyorlanadi. Ularni qog’ozga yopishqoqlik xususiyatlari kuchli bo’ladi. Rasomlar ulardan xomaki rasm ishlash jarayonlarida keng foydalanadilar.