7. Sim (trostoviye) bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar: po‘lat sim, qo‘g‘irchoqni kiyintirish uchun har xil mato, qaychi, har xil qog‘ozlar, yupqa doka, jilvir qog‘oz, kulollar ishlatadigan loy yoki plastilin, gips, alebastr, vazelin yog‘i, vatman qog‘oz, karton qog‘oz, har xil rangli bo‘yoqlar, yog‘och parchalari, yog‘och ustasining asbob-anjomlari.
1-5 gacha bo‘lgan bosqichlar qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlar kabi bo‘ladi.
8-bosqich. Bezash ishlari.
Pardozdan chiqqan qo‘g‘irchoqning bosh qismini endi tayoqcha (gabit)ga emas, balki, mexanizator usta tayyorlagan moslamaga qotiriladi. Bu moslamada qo‘g‘irchoqning qo‘llarini qatirish yelka qismida bo‘lai. YA’ni qo‘g‘irchoqning panjalari simga o‘rnatilgan moslamaga, moslama esa qo‘g‘irchoqning yelkasiga mahkamlanadi.Agarda zaruriyat tug‘ilsa qo‘g‘irchoqning oyoqlariga ham sim o‘rnatish mumkin. Sim bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoqlarning boshqa qo‘g‘irchoqlardan farqi – uning oyoq va qo‘llari sim bilan boshqariladi.
9. Ip (marionetka) bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar: kosiblar ishlatadigan qora rangli ip, qo‘g‘irchoqni kiyintirish uchun har xil mato, qaychi, har xil qog‘ozlar, yupqa doka, jilvir qog‘oz, loy yoki plastilin, gips, alebastr, vazelin yog‘i, vatman qog‘oz, karton qog‘oz, har xil rangli bo‘yoqlar, yog‘och parchalari, yog‘och ustasining asbob-anjomlari. 1-5 gacha bo‘lgan bosqichlar qo‘lga kiyib o‘ynatiladigan qo‘g‘irchoqlar kabi bo‘ladi.
6-bosqich. Bezash ishlari.
Pardozdan chiqqan qo‘g‘irchoqning bosh qismini mexanizator tayyorlagan qo‘g‘irchoqning gavda qismiga qatiriladi. Qo‘g‘irchoqning qo‘l-oyog‘i, gavdasi va bosh qismidan ip tortib qo‘g‘irchoqni boshqarish uchun tayyorlangan moslamaga qotiriladi. Ip bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, uning harakatlari boshqa qo‘g‘irchoqlar harakatiga nisbatan hayotiyroq yoki qiziqarliroq bo‘ladi. Bu esa tomoshabinni o‘ziga yanada jalb qiladi.
Dostları ilə paylaş: |