8-MAVZU: MAKTABGACHA TA`LIM MUASSASASIDA QO’G’IRCHOQ TEATRI VA JIHOZLARINI YASASH
Reja :
Qo’g’irchoq teatri turlari.
Stol teatr. Soya teatri. Barmoq teatri. Qo’g’irchoq –qo’lqop.
Qo’llaniladigan ta’lim texnologiyasi: T sxemasi, muammoli ta’lim, klastr, diologik yondoshuv.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat talablari” da bolalarni yuksak “ma’naviy”, “axloqiy”, “madaniy”, “estetik” tushunchalarni mazmun va mohiyatini ularning qalbiga, ongiga singdirish davlat siyosatidagi muhim dolzarb muammolardan biridir. Shu jihatdan olib qaralganda O‘zbekiston Respublikasida kechayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-ma’naviy islohotlar, fan-texnika va ishlab chiqarish keskin rivojlanib borayotganligi - jamiyat talablariga javob bera oluvchi shaxsni tarbiyalash masalasini kun tartibiga ko‘ndalang qo‘ymoqda. Darhaqiqat, bugun kelajak poydevori bo‘lgan, har jihatdan mas’uliyatli, jamiyat taraqqiyoti uchun shaxsan tashabbus ko‘rsata oladigan yoshlarni maqsad sari to‘g‘ri yo‘naltirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilarining yoshi va o‘ziga xos psixologik, fiziologik hamda jismoniy imkoniyatlari, qiziqishi, iqtidori hamda ehtiyojlari hisobga olinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida qo‘g‘irchoq teatri vositasida axloqiy-estetik sifatlarini shakllantirishga xizmat qiluvchi ta’limiy mashg‘ulotlar, ertak tamoshalari, qo‘g‘irchoq o‘yinlardan foydalanildi. Sinov ishlariga jalb qilingan tarbiyachilarga qo‘g‘irchoq yasash, qo‘g‘irchoq teatrini tashkil qilish texnologiyalari, qo‘g‘irchoq turlarining tasviri tushurilgan bukletlar tavsiya qilinganligi jarayonning samarali kechishini ta’minlabgina qolmay, belgilangan vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni teatr tomoshalariga oshno qilish, ularning qo‘g‘irchoq o‘yinlarini tashkil qilishdan maqsad:
bolalar uchun ijodkorlik, faollikni ta’minlovchi shart-sharoit yaratish;
teatr ko‘rish odobiga o‘rgatish;
teatr tomoshalri jarayonida bolalarning nutqi va jismoniy rivojlanishidagi uzviylikni ta’minlash;
xalq yaratigan boy merosimizga bo‘lgan muhabbat hissini uyg‘otish;
qo‘g‘irchoq teatrini ota-onalar bilan hamkorlikda tashkil qilish imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
Har bir qo‘g‘irchoq teatri bolaning ruhiyatiga quyidagicha ta’sir ko‘rsatadi:
qo‘g‘irchoq teatri uchun tanlangan ertak bolaning yosh va bilim saviyasiga mos bo‘lsa bolada butun vujudi bilan uni ko‘rish va unga nisbatan qiziqish paydo bo‘ladi;
kuzatishlarimizdan ma’lumki, ayrim bolalarda ertak qahramoniga nisbatan ruhi tetiklik yoki qo‘rqish, nafrat, ko‘ziga yosh olish yoki kulib yuborish kabi emotsional xolatlar namoyon bo‘ladi;
qo‘g‘irchoq teatri yakunida o‘tkazilgan suhbatda bolalar qo‘g‘irchoq teatrida ko‘rganlari haqida qiziqish va xursandchilik bilan qo‘g‘irchoq teatrini doimo ko‘rishga xohish bildiradilar.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida qo‘g‘irchoq teatrlarini tayyorlash va tomoshalar ko‘rsatish mazmunini bosqichma-bosqich amalga oshirish ijobiy imkoniyat beradi:
Dostları ilə paylaş: |