Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanidan



Yüklə 182,54 Kb.
səhifə27/96
tarix27.07.2023
ölçüsü182,54 Kb.
#137673
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96
saxnalastrıw ozbekshe

Birinchi bosqich.
Maktabgacha ta’lim muassasasida qo‘g‘irchoq teatrini tayyorlashda jihozlar ya’ni moddiy ta’minotni amalga oshirishda
manba tanlash (ertak tanlash). Tanlangan ertak bolaning yoshiga mos kelishi;
musiqa tanlash;
qo‘g‘irchoq teatrini qo‘rsatish rejasini tuzish.

Ikkinchi bosqich:
ko‘zlagan maqsadga erishishda ertak mazmuniga ko‘ra qahramonlarni tanlash va so‘zlarini yod oldirish;
qo‘g‘irchoqlarni yasash va kiyintirish;
tarbiyachi bilan hamkorlikda shyerlarni yod olish.


Uchinchi bosqich:
tarbiyachi va bolalar bilan hamkorlikda teatr turiga ko‘ra ertakni sahnalashtirish;
qo‘g‘irchoq teatrini namoyish, bolalarni qiziqishlari va ularga yoqqan qahramonlar haqidagi fikrlarini aniqlash.
Maktabgacha ta’lim muassasalrida qo‘g‘irchoq teatridan samarali foydalanish bolalarda katta zavq bag‘ishlaydi hamda ularning hayotini yanada quvnoq bo‘lishini ta’minlaydi. 

Biz tadqiqot doirasida har bir guruhning yoshi, saviyasi, qiziqishiga ko‘ra quyidagilarga amal qildik.



Kichik yoshdagi bolalar guruhida:
teatr haqidagi dastlabki tasavvurlarni rivojlantirish;
ertak qahramonlarining nomlarini bilish;
teatr ko‘rish odobi, tartib-qoidalari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
teatr qahramonlarining so‘zlarini tarbiyachi hamkorligida yod olish;
soya teatrlariga tayyorlangan andozalarni bo‘yash, tartibli ravishda joylashtirish.

O‘rta yoshdagi bolalar guruhida:
bolalarning qo‘g‘irchoq teatri haqidagi tasavvurlarini shakllantirish;
sahnada hayvonlar va ertak qahramonlarini ko‘rsatib, ularni harakatga keltirish;
aktyor sifatida o‘zlarini erkin tutishlariga imkon yaratish;
teatr ko‘rish odobiga o‘rgatish;
tarbiyachi yordamida dekoratsiyalar tayyorlashda mustaqillik kabi sifatlarga ega bo‘lish.

Katta yoshdagi bolalar guruhida:
teatrda aktyorlarning so‘zlashi, qo‘shiqlar kuylashi haqida tushuncha hosil qilish;
ertakdan ixtiyoriy rol tanlash;
tomoshaga tanlangan ertaklarni mazmunan kengligi hamda rollarni bajarishda hamkor tanlashning ixtiyoriyligiga e’tibor qaratish;
bolalarga qo‘g‘irchoqlarni mustaqil yasashi, kiyim tanlashiga imkon berish.

Yüklə 182,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin